O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Landshaft

Nurash po‘sti – tog‗ jinslarining havo, suv va organizmlar ta‘sirida 
o‗zgarishidan hosil bo‗lgan g‗ozak jinslar qatlami. Tub tog‗ jinslaridan g‗ovakligi 
va kimyoviy tarkibining o‗zgarganligi bilan farq qiladi. Tabiiy sharoitga qarab N. 
p. ning qalinligi har xil bo‗ladi. Issiq va sernam o‗lkalarda qalin (200 m gacha) 
bo‗ladi. N. p. ning hosil bo‗lishi Yerning barcha geologik davrlarida ro‗y bergan. 
Ob-havo – atmosfera quyi qismining (havoning) muayyan bir qisqa vaqtdagi 
tabiiy holati. Vaqt va masofada tez o‗zgarib turadi. O. ma‘lum bir vaqtning o‗zida 
bir-biri bilan uyg‗un meteorologik elementlar majmui bilan ifodalanadi (havo 
harorati, namligi, shamol, bulutlilik yog‗in, havo bosimi, tiniqligi va h. k.). O. 
o‗zgarishi deganda mana shu elementlarning o‗zgarishi tushuniladi. O. davriy 
(kecha bilan kunduz), fasliy hamda nodavriy (siklon o‗tishi, turli havo 
massalarining kelishi, antisiklon turishi) o‗zgarishlarga ega. 
Pasttekislik – mutloq balandligi dengiz sathidan 200 m gacha bo‗lgan 
tekisliklar. M., Kaspiy bo‗yi pasttekisligi P. lar dengiz sayozligining daryolar 
keltirgan loyqalar bilan to‗lishidan, tog‗ oldi bukilmalarining tog‗lardan tushgan 
nuroq jinslar bilan to‗lishi na-tijasida hosil bo‗ladi. Platformalarning asta pasayishi 
va dengiz sayozligining ko‗tarilishi oqibatida ham P. lar vujudga keladi. 
Peneplen (lot. paene – deyarli va ing. plaintekislik, deyarli tekislik) – 
o‗tgan geologik davrlarda ko‗tarilgan burmali tog‗larning yer yuzasida sodir 
bo‗ladigan jarayonlar ta‘sirida yemirilishi natijasida kelib chiqqan denudatsion 
tekisliklar. 
Plato – yer yuzasi yassi yoki sal to‗lqinlangan, ba‘zan bir oz parchalangan 
baland tekislik. Yonbag‗irlari ko‗pincha kesilgandek tik bo‗ladi. Atrofdagi tekislik 
yerlardan tik jarliklar hosil qilib ko‗tarilib turadi. Mas., Ustyurt platosi Baland 
platolar ko‗pincha yassi tog‗lik deb ataladi. 
Proterozoy (yunoncha proteros – ilk, eng qadimgi, zoye hayot) – Yer 
tarixining kembriy davridan oldin o‗tgan vaqtniig katta qismini o‗z ichiga oladigan 
geologik era va shu erada vujudga kelgan tog‗ jiislari. 2 mlrd. yildan ko‗proq 
vaqtni o‗z ichiga oladi. Ikki davrga – yuqori va quyi. P. ga bo‗linadi. P. tog‗ 
jinslari orasida temir, mis, marganes ma‘danlari, fosforit, grafit, nodir metallar 
uchraydi. 
Relef – (franduzcha «relef» — ko‗taraman) – yer yuzasi shakllari: tog‗lar, 
tekisliklar, pasttekiyeliklar, adirlar, yassi tog‗liklar, tepaliklar, qirlar, vodiylar, 
botiqlar, soyliklar, jarlar va boshqalar majmui. Relef ikki xil kuch – ichki 
(endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlarning birgalikda hamda muntazam o‗zaro 
ta‘siri natijasida vujudga keladi. 
Sinekliza (yunoncha sin – birgalikda va yengilisis – egilish) – yer po‗stining 
platformalarida salgina botiq qismi. Eni bir necha yuz km ga yetadi. Shakli 
ko‗pincha noto‗g‗ri yumaloq bo‗ladi. S. Botig‗i cho‗kindi jinslar to‗ldirib, yer 


76 
yuzasi yassi yoki salgina botiq tekislikka aylangan bo‗lishi mumkin. Mas., Liviya 
S. si Moskva S. si va h. k. 
Sinklinal (yunoncha– sinklit – egilaman) – tog‗ jinslari qatlamlarining qabariq 
tomoni pastga qaragan burmasi. S. antiklinal bilan yonma-yon joylashgan bo‗ladi. 
Suvayirg‘ich – yog‗in suvlarini daryolar yoki ikki dengiz, okean havzasiga 
ajratib (bo‗lib) turgan chegara. S. tog‗li o‗lkalarda tizmalarning qirralaridan o‗tadi. 
Tekisliklarda esa S. yassi yerlardan, botqoqliklardan iborat bo‗lishi mumkin. 
Bunday joylarda S. ni chiziq tarzida ko‗rsatish mumkin emas. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin