Tabiiy geografiya – 1) geografik qobiq tabiatini o‗rganuvchi fan. Yer
haqidagi fanlardan biri. Geografik qobiqning moddiy tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi,
o‗zgarishi, hududiy bo‗linishini o‗rganadi; 2) tabiiy geografik fanlar sistemasn. Bu
sistemaga umumiy yer bilimi, hududiy tabiiy geografiya, landshaftshunoslik,
geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanografiya, muzshunoslik, muzloqshunoslik,
tuproqlar geografiyasi, biogeografiya, fenologiya va boshqa fanlar kiradi.
Tabiat kompleksi (geografik kompleks) – tabiatning o‗zaro ta‘sir etib va bir-
birini taqozo qilib, yagona sistema hosil qilib turuvchi komponentlarining qonuniy
uyg‗unligi. T. k. ning eng kichigi joy, Mas., kichik botqoqlik, bir soy yoki jar
bo‗lsa, eng kattasi landshaft qobig‗i. Tabiat zonasi ham, geografik mintaqa, ham T.
k. hisoblanadi.
Tektonika (yunoncha tektonikos – binokorlikka oid) – geologiya (Yer
haqidagi fan) ning bir tarmog‗i, Yer po‗stining tuzilishi va uning ichki kuchlar
ta‘sirida, Yerning taraqqiyoti jarayonida ro‗y berayotgan o‗zgarishlarni o‗rganadi.
To‘rtlamchi davr, a n t r o p o g ye n – Yer geologik tarixining so‗nggi
davri (biz yashab turgan davr ham bunga kiradi); kaynozoyning neogen ustidagi
so‗nggi (tugallanmagan) sistemasi. 1,6 mln yil avval boshlangan
Fizik nurash – havo haroratiniig keskin o‗zgarib turishi va tog‗ jinslarinnng
quyosh nuridan turlicha qizishi sababli katta-kichik bolaklarga parchalanishi.
Bunda tog‗ jinslari va minerallarning tarkibi o‗zgarmaydi. Qarang. Nurash.
Ekzogen jarayonlar (latincha yekso – tashqi, genez – tug‗ilgan) – Yer
yuzasida va Yer po‗stining yuza qismida quyosh nurining energiyasi, Yerning
tortish (gravitatsion) kuchi va organizmlar hayot faoliyati natijasida ro‗y beruvchi
jarayonlar. Bu jarayonlar endogen jarayonlarga qarama-qarshi bo‗lib, yer yuzasidagi
notekisliklarni tekislaydi, Bularga nurash, suv va shamol eroziyasi, muzliklar, yer osti
suvlari ishi, dengiz to‗lqinlri va h.k. larni kiritish mumkin.
Ekzogen kuchlar (latincha yekso – tashqi, genez – tug‗ilgan) – Yer yuzasiga
tashqaridan ta‘sir ko‗rsatuvchi kuchlar. Bularga quyosh nuri, shamollar, muzliklar,
oqar suvlar, to‗lqinlar, qalqish jarayoni, o‗simlik va hayvonlar kiradi. Bularning
(qalqish hodisasidan boshqasi) harakat manbai Quyosh radiatsiyasidir.