O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Fakultet kengashi raisi: __________ Jumaboyev T.J



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Landshaft

 
Fakultet kengashi raisi: __________ Jumaboyev T.J. 
 
Fanning ma‘ruzalar matni universitet o‘quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan 
va foydalanishga tavsiya qilingan (2015 yil 29 avgustdagi 1-sonli bayonnoma).
 
O’quv-uslubiy kengash raisi: __________ Eshqobilov N.B. 
1-Mavzu: LANDSHAFTSHUNOSLIKNING NAZARIY MASALALARI. 
LANDSHAFTSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANISH TARIXI 



 
1. Reja 
2. Tabiiy geografiya va landshaftshunoslikning o‘rganish predmeti. 
3. Landshaft sferasining asosiy xususiyatlari. 
4. Landshaft sferasining taraqqiyot bosqichlari. 
5. V.V. Dokuchaevning tabiiy komponentlar aloqadorligi va ular bir butun 
majmua sifatida o‘rganilishi kerakligi haqidagi g‘oyalari. 
6. 1913-1914 yillardagi rus tabiatshunos olimlarning Landshaft haqidagi 
fikrlari.
7. B.B.Polinov, I.V.Larin, A.D.Gojev, L.G.Ramenskiy, L.S.Berg kabilarning 
ishlari va ularning landshaftshunoslikning rivojlanishidagi ahamiyati. 
8. A.G.Isachenko, F.N.Milg‗kov, V.S. Preobrajenskiy, N.A. Gvozdetskiy, 
D.L.Armand, V.B.Sochava va boshqalarning landshaftshunoslikka 
qo‘shgan hissalari. 
Tayansh iboralar: Geografik qobiq, landshaft, landshaft sferasi, yaruslilik, 
abiogen, biogen, antropogen. Jonsiz tabiat, tabiat zonasi, zonallik, amaliy 
geografiya, tabiiy geografik rayon, landshaft, landshaft zonasi. 
 
Tabiiy geografiya - geografik qobiqni, uning tarkibiy tuzilishi, rivojlanish va 
hududiy bo‘linish qonuniyatlarini o‘rganadi. Geografik qobiq sayyoramizning 
moddiy tarkibi va tuzilishiga ko‘ra murakkab qismi bo‘lib, troposferani, litosferani 
ustki qismini butun gidrosfera va biosferani o‘z ichiga oladi.
Geografik qobiq bir butun sistema bo‘lib, Yer sharining boshqa qismlaridan sifat 
jihatidan farq qiladi. Uning bir butunligi alohida tarkibiy qismlari o‘rtasidagi 
uzluksiz modda va energiya almashinib turishida namoyon bo‘ladi. Geografik 
qobiqninng o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, Yer sharining faqat shu 
qismida moddalar bir vaqtning o‘zida uch xil holatda uchraydi. Uning yana bir 
xususiyati shundan iboratki, aynan geografik qobiqda Quyosh energiyasining 
yutilishi va transformasiyalanishi natijasida ko‘p qirrali jarayonlar sodir bo‘ladi.
Tabiiy geografiyaning predmeti yoki tadqiqot ob‘ekti to‘g‘risida quyidagi to‘rtta 
tushunchani ajratish mumkin:
Tabiiy geografiyaning ob‘ekti haqidagi birinchi eng keng tarqalgan tushuncha bu 
«geografik qobiq» tushunchasidir. Bu tushunchani dastlabki namoyondasi 
P.I.Brounov (1910) dir. U bu haqdagi o‘zining dastlabki fikrlarini o‘zining tabiiy 
geografiyada tuzgan dasturida bildirgan. Uning fikrisha, tabiiy geografiya Yerning 
qiyofasini, ya‘ni, Yerning turli hodisalar va organik hayotga makon bo‘lgan tashqi 
qobig‘ini o‘rganadi. Bu qobiq o‘zaro tutashgan va aloqada bo‘lgan qobiqlardan 
tashkil topgan. P.I.Brounov bu sferalarning barshasi bir-biri bilan ta‘sirda bo‘lib, 
Yerning qobig‘ini tashkil qiladi va Yerdagi barsha hodisalarni keltirib chiqaradi. 
Bu o‘zaro ta‘sirni o‘rganish tabiiy geografiyani eng asosiy vazifalaridan birini 
tashkil etadi deb yozgan. Keyinshalik uning fikrlari A.A.Grigorev tomonidan 
rivojlantirildi va geografik qobiq haqidagi ta‘limot vujudga keldi. Geografik 
qobiqning mavjudligi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tabiiy geografiyaning 
ob‘ekti ekanligini ko‘pchilik geograflar tomonidan tan olingan. Ammo uning 



nomi, chegaralari haqida hanuzgasha munozaralar davom etmoqda. Geografik 
qobiq haqidagi ta‘limotning asochisi hisoblangan A.A.Grigorev o‘zi ham uni 
turlisha nom bilan atagan. Masalan, 1930 yilda «geografik muhit», 1937 yilda 
―tabiiy geografik qobiq‖, 1964 yilda esa ―geografik qobiq‖ deb atagan. 
Geografik qobiq haqidagi ta‘limotni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan 
S.V.Kalesnik ham dastlab ―geografik qobiq‖ tushunchasini ishlatgan bo‘lsa, 
keyinshalik 1955, 1970 yillarda u ―landshaft qobig‘i‖ atamasidan foydalana 
boshladi. Yerning tashqi qobig‘ini geografik adabiyotda ―landshaft qobig‘i‖ 
(Yu.K.Efremov, 1950, V.B.Soshava,. 1956), ―landshaft sferasi‖ (Yu.K.Efremov, 
1959, D.L.Armand, 1975), ―epe-geosfera‖ (A.G.Isashenko, 1965, 1991), 
―geosfera‖ (A.M.Ryabulnov, 1978) nomlari bilan uchraydi. 
Tabiiy geografiyaning o‘rganish ob‘ekti to‘g‘risidagi uchinchi tushuncha bu - 
geografik komplekslar haqidagi tushunchadir. Tabiiy geografiyaning tadqiqot 
ob‘ekti aynan ana shu tabiiy geografik bo‘lishi kerakligini A.G.Isashenko (1953), 
N.A.Solnsev (1955), L.E.Setunskaya (1956), K.K.Markov (1970), va boshqalar 
ta‘kidlab o‘tgan. Ammo bunday fikrni birinchi bo‘lib A.N.Krasnov bildirgan 
(1895). Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob‘ekti haqidagi uchinchi tushuncha bu - 
―tabiiy muhit‖ yoki ―geografik muhit‖ tushunchasidir. Bu tushuncha ommabop 
adabiyotlarda, ba‘zi tabiiy va ijtimoiy fanlarda keng ishlatiladi. Geografik muhit 
bilan geografik qobiq atamalarining izohlarida o‘xshashliklar mavjud. Shuning 
uchun ham K.K.Markov (1951), I.I.Zabelin (1952), I.P.Gerasimov (1956) va 
boshqalar ―geografik muxit‖ atamalaridan foydalanganda albatta inson faoliyatini 
va uning ta‘sirini ko‘zda tutganlar. N.A. Gvozdeskiy (1979) esa tabiiy geografiya 
geografik ishlab chiqarish texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida geografik 
muhitning chegaralari geografik qobiqning chegaralariga mos kelib qoldi va 
Shuning uchun tabiiy geografiyaning tadqiqot ob‘ekti bittadir, u ham bo‘lsa 
―geografik muhitdir‖ deb yozadi. 
Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob‘ekti haqidagi to‘rtinchi tushuncha geotizimlar 
tushunchasidir. Tabiiy geografiyaga birinchi bo‘lib ―geotizim‖ tushunchasini 
kiritgan olim V.B.Soshava (1963) hisoblanadi. V.B.Soshavaning fikrisha 
geotizimlar haqidagi ta‘limot tabiiy geografiya fanining ―o‘zagi‖ hisoblanadi. 
A.G. Isashenko ham tabiiy geografiyaning ob‘ekti bo‘lib geotizimlar hisoblanadi 
va bu tabiiy geografiyaning eng qisqa ta‘rifidir degan fikrni bildiradi. 
Geografik qobiqni tuzilishi jihatidan eng murakkab bo‘lgan qismi bu, litosfera, 
gidrosfera va biosferalarning bevosita tutashib va o‘zaro ta‘sir etib turadigan 
qismidir, ya‘ni quruqlik yuzasi, dunyo okeani yuza qatlami va okean tubi. 
Geografik qobiq qismlarining aynan shu tutashib turgan joylarida yirik 
organizmlarning eng ko‘p to‘planganligi kuzatiladi. Geografik qobiqning yuqorida 
ta‘kidlangan uchta tarkibiy qismining o‘ziga xosligi xilma-xil geografik 
komponentlar 
yig‘indisida 
namoyon 
bo‘ladigan 
murakkab 
hududiy 
differensiatsiyalanishidir. 
Tabiiy geografik komponentlar deganda biz - 1) qattiq yer po‘sti massasi, 2) 
gidrosfera massasi, 3) havo massalari, 4) biota-organizmlar yig‘indisi, 5) tuproqni 
tushunamiz. Bundan tashqari rel‘ef va iqlim ham alohida geografik komponent deb 
qaraladi. 



Geografik qobiqning rivojlanish jarayonida uning komponentlari quruqlik yuzasida 
okean va dengizlarda ular ostida qonuniy va hududiy chegaralangan 
geokomplekslarni hosil qiladi.
Geosistemalarni ajratishda ularning o‘zi ham oddiy va murakkab birliklardan 
tashkil topishini hisobga olish kerak. Geosistemalar uchta asosiy darajaga bo‘lib 
o‘rganiladi, ya‘ni, 1.Global; 2.Regional; 3.Kichik(lokal). 
Global darajadagi geosistemaga Yer yuzasida faqatgina geografik qobiq kiradi.
Regional geosistemalarga geografik qobiqning tuzilishi jihatidan murakkab 
qismlari bo‘lgan landshaft zonalari, spektrlar, o‘lkalar, provinsiyalar kiradi.
Kichik yoki mahalliy geosistemalarga regional geosistemalarni hosil qiluvchi, 
nisbatan oddiy geosistemalar urochisha, fatsiya, joy tipi va boshqalar kiradi. 
Regional va mahalliy geosistemalar yoki tabiiy hududiy komplekslar landshaft 
tadqiqotlarining ob‘ekti hisoblanadi.
Shunday qilib, landshaftshunoslik fani geokomplekslarni, ularning tuzilishi, 
rivojlanishi 
va 
joylashishini 
o‘rganadi. 
Boshqasha 
qilib 
aytganda, 
landshaftshunoslik tabiiy geografiyaning ajralmas qismi bo‘lib, geografik 
qobiqning hududiy bo‘laklanishini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Rus olimi Yu.X.Efremov geografik qobiq tushunchasini landshaft qobig‘i 
tushunchasiga almashtirishni taklif etgan bo‘lib, geografiya fani ob‘ekti geografik 
qobiq bo‘ladigan bo‘lsa, bu hamma narsani mohiyatini ochib bera olmaydi deb 
ta‘kidlaydi. Ammo uning bu fikri tan olinmaydi. Shunki landshaft qobig‘i tabiiy 
geografiyadan fan predmetini aniqlashda geografik qobiqqa nisbatan qo‘shimcha 
ma‘lumotlarni talab etadi. Shunday bo‘lsada, geografik qobiq ichida landshaft 
sferasi ajratiladi. Bu sfera atmosfera, litosfera, gidrosferalarning bevosita 
to‘qnashishi va o‘zaro ta‘sirida vujudga keladi. Landshaft sferasida yirik 
organizmlarning 99% i joylashgan. Shuning uchun ham u er geografik qobiqning 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin