O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Landshaft

fatsiyalar (mikrolandshaft yoki elementar landshaft) dan tuzilganligi, ularning 
o‘zaro aloqadorligi, ya‘ni landshaftlarning morfologik tuzilishi haqidagi tushuncha 
shakllana boshlandi.
A.G.Isashenkoni fikrisha (1991) hozirgi zamon geografiyasidagi asosiy g‘oya 
planetamizni tashqi sferalarini hosil qiluvchi tabiiy komponentlarning o‘zaro 
bog‘liqligi va aloqadorligi g‘oyasidir. Bu g‘oyaning ildizlari A.Gumbold va 
V.V.Dokuchaevlarga borib taqaladi. Geografik qobiqning o‘zi ham eng katta tabiiy 
geografik kompleks deb e‘tirof etiladi.
XX asr 40-yillarning ikkinchi yarmida landshaftlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish 
yanada kuchaydi. Bu vaqtga kelib tabiiy geografik komplekslar, landshaftlar ham 
tabiiy komponentlarning o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan tizimi ekanligi va ular 
turli taksonomik qiymatga ega ekanligi haqida tushunchalar mavjud bo‘lib, 
geografik adabiyotda lanshaftshunoslikka oid muammoli ilmiy - nazariy masalalar 
tez-tez muhokama qilina boshlandi. Turli hududlarda turli masshtabdagi landshaft 
izlanishlari o‘tkazila boshlandi va to‘plangan aniq ma‘lumotlar asosida 
landshaftlarni tadqiq qilish uslublari ishlab chiqila boshlandi. Ammo, hali ko‘pgina 
kamchiliklar mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi landshaft haqidagi ta‘limotning 
umumiy nazariyasi ishlab chiqilmagan edi. Landshaft izlanishlarining amaliyot 
bilan bog‘lanishi ham hali sust borayotgan edi. Landshaftshunoslikning nazariy 
asoslarini yaratish va uni xalq xo‘jaligida foydalanishda landshaftlarni xaritaga 
tushirish ishlarining ahamiyati hammaga ayon bo‘lib qolgan edi. 
1948-49 yillarda N.A.Solnsevning bir qator ilmiy mulohazalari e‘lon qilinishi 
ladshaftshunoslikning keyingi taraqqiyotiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. Shunki 
bu vaqtga kelib tabiiy geografik kompleks landshaftning tabiiy komponentlari 
o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan bir butunni tashkil qilishi, uning turlisha 
taksonomik qiymatga ega ekanligi haqidagi fikrlar aytilgan bo‘lsa ham, qaysi 
qiymatdagi tabiiy geografik komplekslarni landshaft deb atash mumkin, bu 
ladnshaft boshqa landshaftlar bilan qanday nisbatda bo‘ladi, landshaftni belgilab 
beruvchi asosiy xususiyatlari qaysilar, ular qanday hosil bo‘ladi va qanday 
rivojlanadi degan savollarga hali javob berilmgan edi. N.A.Solnsevning ilmiy 
maqolalari ana shu masalalarni yoritib berishga qaratilgan edi. U o‘zining «Tabiiy 
geografik landshaftlar morfologiyasi haqida»(1949) nomli maqolasida landshaft 
tushunchasiga yanada to‘laroq ta‘rif berishga harakat qilib «tabiiy geografik 
landshaft deganda shunday bir genetik hudud tushuniladiki, unda hududning 
geologik tuzilishi, rel‘ef shakllari, yer usti va yer osti suvlari, mikro iqlimi, tuproq 
xillari, fito va zoosenozlarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan yig‘indisining qonuniy va 
tipik qaytalanishi kuzatiladi» deb yozadi. Shu bilan birga landshaft boshqa tabiiy 
hosilalar singari, o‘z rivojlanishida dialektik qonuniyatlarga bo‘ysunadi, ya‘ni hosil 
bo‘lgunisha uzluksiz rivojlanadi va o‘zgaradi. Bu rivojlanishni harakatlantiruvchi 
asosiy kuchlar esa uning o‘zida hosil bo‘ladigan kichik qarma-qarshiliklardir deb 
ta‘kidlab o‘tadi. 


10 
1953-yilda A.G.Isashenkoning «Tabiiy geografiyaning asosiy masalalari» nomli 
kitobining bosilib chiqishi landshaftshunoslik va tabiiy geografiyaning taraqqiyoti 
tarixida katta voqea bo‘ldi. Bu kitobda tabiiy geografiya va landshaftshunoslikka 
oid bo‘lgan munozarali muammolar ma‘lum ma‘noda tanqidiy baholandi. Ushbu 
asar o‘z vaqtida dolzarb bo‘lib turgan uchta yirik masala, ya‘ni, 1) lanshaft 
haqidagi ta‘limot, uning rivojlanishi va holati, 2)landshaftning asosiy qonuniyatlari 
hamda 3) geografiyada miqdor ko‘rsatkishlardan foydalanish masalalari 
ko‘rsatilgan hamda ularni ilmiy tahlil qilishga bag‘ishlangan edi. A.G.Isashenko 
landshaft haqidagi ta‘limotning tahliliga yakun yasar ekan, «geografik landshaft 
geografiyaning asosiy birligi, rayonlashtirishning birligidir, ya‘ni elementar tabiiy 
geografik kompleksning o‘zginasi ekanligini e‘tirof etmoqda deb hisoblash kerak. 
Landshaft va geografik rayon mohiyatan sinonimlardir. Undan kattaroq tabiiy 
geografik rayonlar (oblast, provinsiya, o‘lkalar, zonalar va h.k.) landshaft (tabiiy 
geografik) rayonlashtirishning taksonomik birliklari deb qaralmog‘i lozim» deb 
yozadi. 
Lanshaftshunoslik fanining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan taniqli 
olimlardan yana biri F.N.Milkovdir. U, qariyb 40-45 yili mobaynida 
landshaftshunoslikda o‘ziga xos «landshaft-umumiy tushunchadir» degan g‘oyaga 
asoslangan yangi yo‘nalishning shakllanishiga katta hissa qo‘shgan va keng 
targ‘ibot qilgan tabiiy geograflardandir. F.N.Milkovning fikrisha landshaft 
tushunchasi iqlim, tuproq, o‘simlik yoki rel‘ef kabi umumiy tushunchadir va bu 
hududning katta yoki kichikligidan qat‘iy nazar tadbiq qilinishi mumkin. Masalan, 
o‘rmon landshaftlari, tog‘ landshaftlari, qum landshaftlari, botqoqlik landshafti 
kabi. U o‘zining landshaft haqidagi ta‘limot va geografik zonallik masalalariga 
bag‘ishlangan monografiyasida landshaft tushunchasiga shunday ta‘rif beradi, 
ya‘ni «Tabiiy geografik landshaft, tabiiy elementlarning murakkab tabiiy geografik 
jarayoni tufayli o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan majmuidan iboratdir va ko‘z 
o‘ngimizda tarixan shakllangan, uzluksiz rivojlanishda va kishilik jamiyati 
ta‘sirida bo‘lgan u yoki bu qiyofadagi hududiy guruhlashmalar ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi». Uningsha, landshaftshunoslik katta-kichikligi jihatidan 
sheklanmagan va yer yuzasida ob‘ektiv mavjud bo‘lgan barsha landshaftlarni, 
jumladan yerning landshaft sferasini ham o‘rganadigan fandir. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda landshaftshunoslikka bo‘lgan qiziqish, 
landshaftlarni o‘rganishga bo‘lgan e‘tiborni kuchayishi 1960-70 yillarga to‘g‘ri 
keladi. Bu vaqtda landshaftshunoslikka oid ilmiy ishlar, kitoblar, to‘plamlar 
ko‘plab nashrdan chiqarila boshlandi. Landshaftshunoslik masalalari geografiya 
jamiyati anjumanlarida va landshaftshunoslik muammolariga bag‘ishlangan ilmiy 
konferensiyalarda keng muhokama qilina boshlandi. Muhokamalarga olib 
chiqilgan masalalarning aksariyati, landshaftshunoslikning nazariy masalalari
landshaft tadqiqotlar uslublariga va amaliy landshaftshunoslik mavzulariga 
bag‘ishlangan edi.
1960-yillarning o‘rtalaridan boshlab kishilik jamiyatining atrof-muhitga bo‘lgan 
ta‘siri ortib ketganligi tabiiy boyliklardan foydalanishdagi xo‘jasizlik, katta 
maydonlarda o‘rmonlarning qirqilib ketishi, unumli yerlardan, suvdan oqilona 
foydalanmaslik, suv havzalari, tuproq, havoning jadal su‘ratlar bilan ifloslanishi 


11 
orqali tezda sezila boshladi, ba‘zan o‘zining salbiy oqibatlari bilan e‘tiborni jalb 
qila boshladi. Endi u yoki bu hayvon yoki o‘simlik turini saqlab qolishgina emas, 
balki insonning o‘zi yashab turgan muhiti hisoblangan landshaftlarni bir butun 
holida muhofaza qilish, tiklash va yaxshilash muammosi dolzarb bo‘lib qoldi. Ana 
shunday murakkab hamda ko‘p mehnat va mablag‘ talab qiladigan muammoni hal 
etishning ilmiy asoslarini yaratishda landshaftshunoslikning ahamiyati katta 
ekanligi ma‘lum bo‘lib qolgan edi. Natijada landshaftshunoslar oldida faqat 
landshaftlarni aniqlash emas, balki xaritaga tushirish va ularni ta‘riflab berish 
hamda ularni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rifojlantirish nuqtai nazardan 
baholash, landshaftlarni keyingi rivojlanishi insonning xalq xo‘jaligidagi faoliyati 
ta‘sirida qaysi yo‘nalishda borishini va o‘zgarishini oldindan aytib berish 
(bashoratlash) zaruriyati tug‘ildi. Bunday masalalarni ijobiy hal etish uchun 
landshaftshunoslik o‘zining an‘anaviy uslublardan tashqari geokimyoviy, 
geofizikaviy va ekologik usullardan foydalanishga majbur bo‘la boshladi. 
Landshaftshunoslarni landshaftlarda ro‘y beradigan modda va energiya 
almashinuvi landshaftlar imkoniyatlarini o‘rganishni yanada qiziqtira boshladi. 
Bunday masalalarni o‘rganish landshaftlarni bevosita joyida, tabiiy geografik yoki 
landshaft stasionarlari tashkil qilib o‘rganishni taqozo etadi. Shunki 
landshaftlardagi biomassa va uning mahsuldorligi, moddaning biologik aylanishi 
va biogeosiklni, suvning harakati va aylanishini, modda va energiyaning landshaft 
komponentlari orasida, landshaftning morfologik qismlari orasida, hamda bir 
landshaft bilan qo‘shni landshaftlar orasida ko‘chib yurishi va taqsimlanishi kabi 
masalalarni o‘rganish shunday stasionarlar tashkil qilish zaruriyatini keltirib 
chiqaradi.
Tabiiy geografik va landshaft stasionarlarida to‘plangan aniq ma‘lumotlar tahlili 
natijasida anshagina nazariy xulosalar yuzaga keladi. Ulardan eng asosiysi 
landshaft yoki boshqa tabiiy geografik komplekslar, jumladan geografik qobiqni 
ham geotizim deb qarash bo‘ldi. Shu bilan birga landshaftshunoslikda funksional-
dinamik landshaftshunoslik shakllana boshladi.
Landshaftshunoslik 
yoki 
tabiiy 
geografiyaning 
rivojlanish 
tarixi 
bilan 
shug‘ullangan tadqiqotchilarni ko‘pchiligi fanning taraqqiyot tarixini ma‘lum 
bosqichlarga yoki davrlarga bo‘lib o‘rganishga harakat qilganlar. Jumladan, rus 
geografiyasida tabiiy-hududiy komplekslar haqida tushunchalarni rivojlanishi 
Mavzuida maxsus izlanishlar olib borgan N.G.Suxova (1981) to‘rtta davrni 
ajratadi, ya‘ni: 
I. XIX-asrning 80-yillaridan XX-asrning 10-yillarigasha bo‘lgan davr. Bu tabiiy 
geografik kompleks g‘oyasini tug‘ilish davridir. 
II. 20-30 yillar davri. Bu davr landshaft tabiiy geografik kompleks ekanligi 
haqidagi tushunchaning ommalashuv davridir.
III. 40-yillardan 60-yillarning boshigasha bo‘lgan davr. Bu landshaft haqida 
ta‘limotning nazariy asoslari ishlab chiqilgan davr hisoblanadi.
IV. 60-yillar boshidan 80-yillargasha bo‘lgan davr, ya‘ni tabiiy geografik 
komplekslar geotizimlar ekanligi haqida tushunchaning ishlab chiqilishi, tarqalishi 
davri.


12 
1950-yillarnig oxirida Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy 
Universiteti) tabiiy geografiya kafedrasini olimlari L.N.Babushkin va N.A.Kogay 
tomonidan O‘zbekiston xududini qishloq xo‘jaligi maqsadlarida tabiiy geografik 
rayonlashtirish Mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarining boshlab yuborishi ham 
O‘zbekistonda landshaftshunoslikning taraqqiyot tarixidagi muhim voqealardan 
edi. Shunki shu Mavzuda o‘tkazilgan bir qator ilmiy anjumanlarida tabiiy 
geografik rayonlashtirishning asosiy uslubi tipologik birliklarni tahlil qilish 
natijasida tabiiy geografik rayonlarni aniqlash ekanligini ta‘kidlab o‘tilgan edi. 
Natijada, tarixda birinchi marotaba O‘zbekistonning landshaft xaritasi yaratildi va 
1964-yilda nashrdan chiqdi. Xuddi shu yili ushbu mualliflarning «O‘zbekistonning 
tabiiy geografik rayonlashtirish» degan monografiyasi ham bosilib chiqib, unda 
landshaftlarning qisqasha tavsifi ham berilgan edi. Shu yerda yana bir narsani 
ta‘kidlab o‘tmoqchimizki L.N.Babushkin bilan N.A.Kogayning ilmiy hamkorligi 
15 yildan ortiq vaqt davom etib nihoyatda samarali bo‘ldi. Ular mualliflikda juda 
ko‘p ilmiy maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalari yaratdilar. 
O‘zbekistonlik geograflar orasida landshaftshunoslik masalalariga bo‘lgan qiziqish 
1960-70 yillarda yanada avj oldi. Bu vaqtda bir qator yosh hamyurtlarimiz 
Moskva, Sankt-Peterburg, Kiev, Voronej, Lvov, Qozon kabi shaharlarga borib 
aspiranturada tahsil oldilar, dissertasiya yozib himoya qilib qaytdilar. P.G‘ulomov, 
M.Umarov, Yu.Sultonov, A.Saidov, S.Nishonov, A.Abdulqosimov, L.Alibekov, 
T.Allaberganov, T.Jumaboev, A.Rafiqov, M.Qo‘ziboev, Sh.Ergashovlar shular 
jumlasidandir. Ularning ilmiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston landshafshunosligiga 
qo‘shgan xissalari Yu.Sultonovning (1974) kitobidan umumiy tasavvurga ega 
bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotchilarning ko‘pchiligi hududiy landshaftshunoslik 
yo‘nalishida ish olib borganliklarini O‘zbekistondagi geografiya hamda ekologiya 
tarixi bilan shug‘ullangan R.U.Raximbekov (1995) ham ta‘kidlab o‘tgan. 
Qo‘shimsha tarzda shuni eslatib o‘tish mumkinki, yuqorida nomlari sanab o‘tilgan 
tabiiy geograflarimiz landshaft tushunchasini izohlashda yakdil emaslar. Buning 
sababi ularning turli ilmiy maktablar namoyondalari rahbarligida tahsil 
olganliklaridandir. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin