O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Mustaqil o’qish uchun savollar



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Landshaft

Mustaqil o’qish uchun savollar: 
1. Landshaftning morfologik birliklari haqida tushuncha. 
2. Landshaftning morfologik birliklariga bo‘lgan ilmiy qarashlar. 
3. Urochishalar haqida tushuncha. 
4.Landshaftning morfologik birliklari haqida L.G.Ramenskiy, N.A.Sonsev, 
A.G.Isashenko, F.N.Milkovlarning fikrlari. 
5.Fatsiyalarning tarkib topishida rel‘ef elementlarining roli. 
6.Inson xo‘jalik faoliyatining tabiiy fatsiyalarga ta‘siri. 
4-mavzu: LANDSHAFTLAR DINAMIKASI, RIVOJLANISHI VA 
BARQARORLIGI 
 
Reja 
 
1. Landshaftlarda dinamikasi va evolyutsiyasi. 
2. ―Invariant‖ va ―Landshaftning holati‖ tushunchalari.
3. Landshaftlardagi asl holiga qayta oladigan va asl holiga qayta olmaydigan 
o‘zgarishlar.
4. Landshaftlarning o‘zini-o‘zi sozlab turishi va tashqi tahsirlariga nisbatan 
barqarorligi. 
 
Tayansh iboralar: dinamika, xorologik dinamika, evolyusiya, ritmiklik, 
pleystosen, barqarorlik, texnogen, etakchi omil, energiya oqimi, biokimyo, abiatik. 
lanshaft tipi, kichik tip, landshaft sinfi, kichik sinf, landshaft xili. 
 


26 
Landshaftlarning komponentlari orasida muttasil modda va energiya 
almashinib turadi. Har bir landshaft o‘z ichida ro‘y beradigan va tashqi kuchlar, 
jarayonlar ta‘sirida o‘zgarib turadi. Har bir landshaftda o‘zini o‘zi boshqarib, o‘zini 
o‘zi rivojlantirib turish xususiyatlari mavjuddir. Har bir landshaft uchun 
rivojlanishni barqarorlashtirib turuvchi dinamika xosdir.
Landshaftlar dinamikasi tushunchasiga A.A.Krauklis (1979) qisqasha qilib 
quyidagisha ta‘rif beradi: «dinamika - bu ishki va tashqi kuchlar ta‘sirida landshaft 
tabiatining o‘zgarishidir». 
F.N.Milkov 
(1990) 
fikrisha 
dinamika 
landshaftshunoslikning 
nazariy 
masalalaridan biridir. 
Landshaft dinamikasi - bu landshaftning o‘z vazifasini bajarishi, hududi va ishki 
tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishidir. Landshaftdagi dinamik o‘zgarishlar 
turli tuman bo‘lganligi uchun F.N.Milkov ularni turlari va xillarini aniqlashga 
urinib ko‘rdi. Uning fikrisha xorologik dinamika (landshaftlarning o‘zgarishi bilan 
bog‘liq), ishki tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan dinamika (landshaft morfologik 
tuzilishini o‘zgarishi), zamonaviy dinamika (landshaftning vaqt bilan bog‘liq 
bo‘lgan o‘zgarishlari) hamda rivojlanish dinamikasi kabilarni ajratish mumkin. 
Landshaft dinamikasi tushunchasi landshaftshunoslikdagi asosiy tushunchalardan 
biri ekanligini A.G.Isashenko (1991) ham ta‘kidlab o‘tadi. U landshaftning ishki 
tuzilishini qayta shakllanishiga olib kela olmaydigan va tizimning takrorlanish 
xususiyatiga ega bo‘lgan o‘zgarishlarni dinamika deb tushunadi. 
V.B.Soshava geotizimlarning dinamikasi va evolyusion o‘zgarishlari haqida fikr 
yuritar ekan invariant tushunchasidan foydalanishni lozim topdi. Invariant - 
lotinsha so‘z bo‘lib, o‘zgarmaydigan degan ma‘noni bildiradi. Geotizimlarning 
tashqi kuchlar ta‘sirida o‘zgarish jarayonida o‘zgarmay qoladigan xususiyatlari 
invariant hisoblanadi. 
I.I.Mamay (1982) ning ta‘kidlashicha landshaftning holati deb, landshaft ishki 
tuzilishining ozmi-ko‘pmi uzoq vaqt davomida saqlanadigan xususiyatlariga 
aytiladi. Landshaftlarni holati to‘g‘risidagi fikrlar L.S.Bergning ham ishlarida 
uchraydi. U landshaftlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni ikki turga ajratadi. Asliga 
qaytadigan va asliga qaytmaydigan o‘zgarishlar. Asliga qaytadigan o‘zgarishlarga 
landshaftdagi fasliy o‘zgarishlar va vaqt o‘tishi bilan yana «asliga» qaytadigan 
katastrofik o‘zgarishlarni - o‘rmonlarning yonib ketishini, o‘tloqlarni chigirtka 
bosishi, suv toshqinini kiritadi. Asliga qaytadigan o‘zgarishlar - o‘zgarish sikli 
tugagandan keyin dastlabki holatiga to‘liq qaytmaydi. Asliga qaytmaydigan 
o‘zgarishlarga kosmik omillar, iqlimni o‘zgarishi, yer po‘stining ko‘tarilishi yoki 
pasayishi, organizmlar va odam ta‘sirida bo‘ladigan o‘zgarishlar kiradi. 
Landshaftlarda bo‘ladigan o‘zgarishlr natijasida doimiy ravishda yangi elementlar 
paydo bo‘lib boradi va eskilarni siqib chiqaradi. Bu elementlarni B.B.Polinov uch 
turga ajratadi: relekt, konservativ va progressiv. 
1) Relekt elementlar oldingi davrlardan qolgan bo‘lib, landshaftni tarixini 
o‘rganishga yordam beradi. Relekt elementlarga rel‘ef shakllari (muz rel‘efi), 
gidrografik tarmoqlar(cho‘llardagi quruq o‘zanlar, ko‘llar) kiradi. 
2) Konservativ elementlar (lanshaftlarning hozirgi sharoitiga moslashgan va ishki 
tuzilishini belgilovchi). 


27 
3) Progressiv elementlar (landshaftdagi eng yosh elementlar, ular landshaftning 
kelajakdagi rivojlanishini belgilab beradi). Yangi elementlarni ko‘payishi 
landshaftda miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishiga o‘tishiga olib keladi. 
Progressiv elementlarni paydo bo‘lishi tabiiy geografik bashorat uchun asos 
bo‘ladi. 
Landshaftshunoslikning nazariy masalalaridan biri landshaftlarning yoshi 
masalasidir. Landshaftlarni yoshini aniqlash masalasi ansha murakkab masala. 
Ularning yoshini qaysi vaqtdan boshlab hisoblash kerak degan masala hozir ham 
munozaralidir. Ayrim tabiiy geograflar landshaftning geologo-geomorfologik asosi 
qashon shakllangan bo‘lsa, uning yoshini o‘sha davrdan boshlash kerak deyishsa, 
ayrimlar esa geotizim maydoni qashon muz bosishdan yoki dengiz ostidan ozod 
bo‘lgan bo‘lsa o‘sha davrdan boshlab hisoblash lozimligini ta‘kidlashadi. Bunda 
landshaftning yoshi bir necha yuz ming, million yillarni tashkil etib, geologik 
davrlar bilan o‘lshanadi. 
Ko‘pchilik geograflar esa landshaftni yoshini uning hozirgi ishki tuzilishi qashon 
shakllangan bo‘lsa o‘sha davrdan boshlab hisoblash kerakligini ma‘qullaydi. 
Ammo landshaftlarda bir ishki tuzilma o‘rniga yalpi bir tuzilmani vujudga kelishi 
ham uzoq davrni o‘z ichiga oladi. 
Shuning uchun geotizimlarning hosil bo‘lishi vaqtini hozirgi tabiiy geografik 
sharoitining asosiy xususiyatlari shakllana boshlagan vaqtdan boshlab hisoblash 
lozim. Masalan, Turon tabiiy geografik provinsiyasi, hozirgi tabiiy geografik 
sharoitining shakllanishi - oligosen - to‘rtlamchi davr mobaynida davom etgan 
(N.A.Kogay, 1969). Ammo oligosen - to‘rtlamchi davr yoshidagi Turon 
provinsiyasida joylashgan undagi kichikroq bo‘lgan geotizimlar - tabiiy geografik 
okruglar esa turli xil kelib chiqishga va yoshga ega. Bularning ichida eng yoshi 
Quyi Amudaryo okrugi, eng qadimgisi esa Qizilqum tabiiy geografik okrugidir. 
Yanada kichikroq geotizimlar tabiiy geografik rayonlar va landshaftlarning 
yoshiga keladigan bo‘lsak, endi faqat oligosen dengiz qaytib ketishi, quruq issiq 
iqlimning hukmronligi emas, neotektonik harakatlar va ular bilan bog‘liq holda 
rel‘efning, suvlarning ichini o‘zi iqlimning tabaqalanishi kabilarni tahlil qilish 
kerak bo‘ladi. (Sh.I.Zokirov, 1990). 
Landshaftlarni yoshini aniqlash jarayonida ikkita narsaga e‘tibor berish kerak. 
Birinchisi, birlamchi elamentlarning yoshi va ikkinchisi hozirgi elamentlarning 
yoshi. Xullas, landshaftning yoshini aniq qilib 1-2-10 yil farqi bilan aytib berish 
amri maholdir.
Keyingi yillarda tabiatshunos fanlarida barqarorlik atamasi keng qo‘llanilmoqda. 
Landshaftshunoslikda ham landshaftlar barqarorligi atamasi va uni aniqlash 
masalalari geograflarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning 
keskinlashuvidir. Inson ta‘sirida tabiiy landshaftlar o‘rnida yangi antropogen 
landshaftlar barpo bo‘la boshladi. Bunday o‘zgarishlarning qanshalik jadal yoki 
sust bo‘lishi tashqi omilning ta‘sir kuchiga va landshaftning barqarorlik darajasiga 
bog‘liqdir.
Landshaftlarning barqarorligi deganda - tashqi tabiiy yoki antropogen omillar 
ta‘siriga nisbatan o‘z strukturasini, ya‘ni ishki aloqadorliklar xarakterini saqlagan 


28 
holda bardosh bera olish va shu bilan birga tashqi ta‘sirlar natijasida o‘zgargan 
yoki buzilgan bo‘lsa, avvalgi holatini qayta tiklay olish xususiyatlari tushuniladi 
(Zokirov, 1999).
Landshaftlarning barqarorligi haqida adabiyotlarda berilgan izohlarning tahlili 
shuni ko‘rsatadiki, landshaftlar barqarorligi deganda ularning ikki xil xususiyatlari, 
ya‘ni: 1) landshaftlarning tashqi omillar ta‘siriga qaramasdan o‘z faoliyatini davom 
ettirishi. 2) tashqi kuchlar tugagash oldingi holatini tiklash xususiyatlari 
shalkashtirilib yuborilmoqda.
Landshaftlar geokimyosi sohasida taniqli bo‘lgan rus olimasi M.A.Glazovskaya 
(1988) ham barqarorlik deganda tabiiy tizimlarni o‘z funksiyalarini bajarishini 
saqlash imkoniyatidir deb tushunadi. Uning fikrisha, tabiiy tizimlarning texnogen 
omillar ta‘siriga nisbatan barqarorligi birinchidan tashqi omillar ta‘sirining tavsifi 
bilan belgilansa, ikkinchidan tabiiy tizimlarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari 
bilan belgilanadi. Bunda barqarorlik landshaftlarga tashqi omillar ta‘siriga kirib 
qolgan moddalarning erishi, chirishi, tarqalishi va chiqib ketishi kabi sharoitlar 
bilan ham belgilanadi.
Landshaftlarning 
barqarorligini 
o‘rganishda 
komponentlarning 
o‘zidagi 
barqarorlikning, landshaft tashkil etuvchi omillarning barqarorligini bilishning 
ahamiyati kattadir. Komponentlardan birortasini barqarorligi kuchsiz bo‘lsa, 
landshaft ham shunchalik barqaror va tashqi kuchlar ta‘siriga beriluvshan bo‘ladi. 
Ammo, turli komponentlarning turlisha barqarorlikka ega bo‘lishi tabiiydir.
Tog‘ jinslari va rel‘efning ayrim komponentlarga nisbatan kam o‘zgaruvshan va 
eng barqaror ekanligi haqidagi fikrlarni ko‘pgina landshaftshunoslarning ishlarida 
uchratishimiz mumkin. Bunday fikrlar asosan N.A. Solnsev tomonidan ilgari 
surilgan va landshaft komponentlarining o‘zaro teng kuchli emasligi, ularning hosil 
bo‘lishida oldinma-keyinlik mavjudligi g‘oyasiga tayanilgan.
N.A. Solnsev (1984) landshaftlarning barqarorligi muammosiga to‘xtalar ekan, 
komponentlar barqarorliklari jihatidan ham o‘zaro teng emasligini va ularning 
barqarorlik darajasi yer po‘stidan (eng barqarori) hayvonot dunyosiga (eng 
beqarori) tomon pasayib borishini ta‘kidlaydi. 
Landshaft komponentlarining turlisha barqarorlikka ega ekanligi haqida gap 
borganda, barqarorlik landshaftlarning dinamikasi va rivojlanishi bilan bog‘liq 
ekanligini unutmaslik kerak. V.B.Soshavaning landshaftlar dinamikasi va 
evolyusiyasi haqidagi ayrim fikr va mulohazalari e‘tiborga loyiqdir. U landshaftlar 
dinamikasi haqida so‘z yuritar ekan, landshaftlardagi dinamik o‘zgarishlarni 
susaytirib turadigan, landshaftlarni barqarorlashtirib turadigan jarayonlar mavjud 
ekanligini ta‘kidlaydi. Uning fikrisha «jonli» komponentlar faqat «kritik» 
komponentgina bo‘lib qolmay, balki landshaftlarni barqarorlashtirib turadigan eng 
muhim omil ham ekan. Landshaftlarning barqarorligini o‘rganishda ular qaysi 
muhitda shakllanganligi ham albatta e‘tiborda bo‘lishi kerak. Bunda o‘sha 
muhitdagi hal qiluvchi omillardan issiqlik va namlikning optimal nisbatda bo‘lishi 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlarda bo‘ladigan modda almashinuvi tabiatda namning aylanishi bilan 
bog‘liq. Geosistemalarning tashqi aloqalari ham ularga kirib keladigan va ulardan 
chiqib ketadigan suv oqimlari bilan bog‘liq. Namning aylanishi natijasida turli 


29 
eritmalar, kaloidlar hosil bo‘ladi, ximik moddalarni bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chishi sodir bo‘ladi. Landshaftlardagi yillik namlik zahirasi atmosfera 
yog‘inlari va havodagi suv bug‘lari tashkil etadi.
Namlik aylanishining intensivligi va uning tuzilishi turli landshaftlarda o‘ziga xos 
bo‘lib, zonal va azonal qonuniyatlarga bo‘ysunadigan issiqlik bilan taminlanganlik 
darajasiga va yog‘inlar miqdoriga bog‘liq. 
Landshaftlarda namni aylanishi ishki va tashqi bo‘ladi. Tashqi va ishki nam 
aylanishi o‘rtasidagi nisbat oqim koeffisienti yoki unga qo‘shimsha ravishda 
bug‘lanish koeffisienti bilan ifodalanadi.
Yuqori kengliklarda tashqi namlik oqimi ishki aylanishdan katta, nam ekvatorial, 
tropik va subtropik landshaftlarda ikki oqim tipi teng, qurg‘oqchil hududlarda ishki 
nam aylanish hissasi ortadi. Landshaft ichida nam aylanishida botanik, ayniqsa 
o‘rmon daraxtlarini roli kattadir. Daraxtlarning ildizlari yillik yog‘in miqdorini 
20% ini ushlab (qarag‘ay 140-450 mm, ekvatorial o‘rmon daraxtlari 500m) qoladi. 
Biologik nam aylanishining bosh zonasi - transpirasiya hisoblanadi. O‘simliklar 
tomonidan o‘zlashtirilgan tuproqlardagi namlikni asosiy qismi bug‘lanib ketadi. 
Nam ekvatorial o‘rmonlarda transpirasiya fizik bug‘lanishdan katta, mo‘tadil 
mintaqa keng bargli o‘rmonlarida 2 baravar kam, sovuq iqlim sharoitida keskin 
kamayadi.
O‘simlik qoplami kuchli rivojlangan landshaftlarda transpirasiya fizik 
bug‘lanishdan katta bo‘ladi. Malayziyaning ekvatorial o‘rmonlarida transpirasiya 
(bug‘lanish) miqdori 1350 mm, tuproq yuzasidan bug‘lanish esa - 125 mm. 
Ekvatorial tropik o‘rmonlarda atmosferadagi namlikni 62% i transpirasiya 
oqibatida hosil bo‘ladi.
Atmosferadan landshaft yuzasiga tushgan namlikning qanday sarf bo‘lishini 
o‘rganishda o‘simlik tanasida qoladigan namlik ham e‘tiborda bo‘lishi kerak. Bu 
namlik asosan o‘simliklarni o‘rib olib tortib ko‘rish va qurigandan so‘ng yana 
tortib ko‘rish orqali, ya‘ni o‘simlikdan quruq organik modda hosil qilish yo‘li bilan 
aniqlanadi.
O‘rganish ob‘ektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishga urinadigan bironta fan 
bo‘lmasa kerak. O‘rganish ob‘ektini tasniflashning ham ilmiy, ham amaliy 
ahamiyati kattadir. Yer yuzasida geografik landshaftlar haddan tashqari ko‘p 
bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida ta‘riflab o‘tirishning iloji 
bo‘lmay qoldi. Shuning uchun landshaftlarni ma‘lum maqsadlarda guruhlab 
ta‘riflashga va shunga mos holda bir turdpgi tadbirlarni rejalashtirishga to‘g‘ri 
keladi. 
Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko‘p va xilma-xil
ammo o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ob‘ektlar landshaftlarni tasnif qiladi. 
Landshaftlarni tasniflash bilan ko‘pchilik geograflar shug‘ullanishgan. Ulardan 
ayniqsa N.A.Gvozdeskiy, A.G.Isashenko, V.A.Nikolaevlarning xizmati katta. 
Landshaftlarni tasnifini yaratish-nisbatan yangi va murakkab hali to‘liq 
ishlanmagan muammo. Har bir tabiiy tasnif ob‘ektlarning kelib chiqishi, tuzilishi 
va dinamikasiga asoslanadi. Landshaftlardagi o‘xshashlik turli xil bo‘lib, 
taksonomik birliklardan foydalanish ya‘ni tasniflash qatoriga bog‘liq. Yuqori 
taksonomik birliklardan quyi taksonomik birliklarga o‘tishda yangi mezonlar amal 


30 
qila boshlaydi. Shunki yuqori birliklarga qaraganda quyi birliklarda landshaftlar 
ko‘proq bir-biriga o‘xshaydi.
Landshaftlar tasnifini ishlab chiqishda induktiv va deduktiv yondashishlar mavjud. 
Induktiv yondshilganda dastlab tasniflashning muhim vositalaridan biri – landashft 
xaritalaridir. Xaritalashtirish asosida landshaft syomkalaridan olingan materiallar 
qayta ishlanadi, landshaftlar taqqoslanadi. Landshaftlarning o‘xshashligi va farqi 
ko‘pgina sabablarga qarab aniqlanadi, keyinshalik bu sabablar taksonomik 
qatorlarni tuzishda hisobga olinishi kerak.
Landshaftlar faoliyatining muhim jarayonlari nam aylanishi, moddalarning 
biologik aylanishi, tuproq hosil bo‘lishi aniqlanadi. 
Landshaftlar tasnifini ishlab chiqishda turlisha tamoyillarga amal qilinadi. 
Masalan, tarixiy-evolyusion tamoyili, genetik tamoyili, morofologik tamoyil. 
Hozirgi qo‘llanib kelinayotgan tamoyillarni eng asosiylaridan biri tarixiy-
evolyusion tasnif jadvalining o‘zida geografik tizimlardagi juda ko‘p va turli-
tuman moddiy borliqni qamrab olishi mumkin. Qo‘limizda ma‘lum, miqdorda 
paleogeografik ma‘lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda bu tamoyildan foydalanish 
yaxshi natijalar berish mumkin.
Landshaftlar tasinifida tarixiy yondashish landshaftlarning kelib chiqishi va 
rivojlanish tarixi ularning ishki strukturasining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi. 
Shuning uchun landshaftlarni tasniflashda foydalanilayotgan tarixiy-genetik 
tamoyil landashftlarning ishki tuzilishini tahlil qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib 
qoladi. 
Landshaftlar tasnifida landshaftlar ishki tuzilishini tahlil qilish qoidasi asosida bir 
butunni uning qismlari bilan hamda qismlari orasidagi o‘zaro ta‘sir va 
aloqadorliklarni tahlili yotadi. Landshaftlarni ishki tuzilishi haqida gap borganda 
faqat komponentlar orasidagi emas, balki kichik yoki oddiy komplekslar orasidagi 
o‘zaro aloqadorlik ham tushuniladi. M.A. Glazovskiy tomonidan tavsiya etilgan 
geokimyoviy landshaftlar tasnifi ham anna shu tamoyil asosida tuzilgandir. 
Landshaftlar ochiq geotizimlar bo‘lganligi sababli ular o‘z yon atrofidagi 
landshaftlar bilan ham modda va energiya almashinishida aloqador bo‘lib turadi. 
Agar biz tasnif tuzishda landshaftlar o‘z ishki tuzilishiga ega ma‘lum bir tizimdir 
deydigan bo‘lsak, landshaftlarning ishki aloqadorligidan tashqari ularning atrof-
muhit bilan va qo‘shni landshaftlar bilan bo‘ladigan aloqadorliklarini ham hisobga 
olish keark bo‘ladi. Ularni qanday ilmiy tasniflash avvalo tasnif qilinayotgan 
ob‘ektga yoki hodisaga tegishli bo‘lgan ma‘lum bo‘lgan belgilarni tanlab olishga 
taqozo qiladi. Landshaftlarni ayrim guruhlarga tipologik birlashtirilishi yoki 
aksinsha tabaqalanishi turli-tuman sharoitlarga bog‘liq. Masalan, landshaftlarning 
ishki xususiyatlariga, qo‘shni landshaftlarga yondashib kelishiga landshaft takshil 
qiluvchi omillar va hodisalarning majmuiga, ularning rivojlanish xususiyatlari va 
xakozolarga bog‘liqdir. 
Landshaftlar tasinifida ham boshqa ko‘pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, 
turkum, xil kabi tushunchalar ishlatiladi. Dastlabki tasniflash ishlaridan biri taniqli 
geograf N.A.Gvozdeskiyga tegishlidir. U tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: sinf-
tur-kichik tur -guruh-xil ko‘rinishida bo‘lib, ansha ixshamdir. A.G.Isashenko tasnif 


31 
etgan landshaftlar tasnifi tip-kichik-tip-sinf-kichik sinf-xil-kichik xil-variant 
ko‘rinishiga ega. 
Bu ikkala tasnif bir-biridan qisman farq qiladi. N.A.Gvozdeskiy eng katta birlik 
sifatida sinfni qabul qilar ekan, u avvalo tog‘larning va tekisliklarning 
landshaftlarini ikki sinfga bo‘lishni tavsiya etsa, A.G.Isashenko dastlab 
landshaftlarni aniqlab olishni keyin esa sinflarga ajratishni ma‘qul ko‘radi. 
Landshaft tiplarini aniqlab olishda eng asosiy mezon sifatida landshaftlarning 
gidrotermik rejimi, ya‘ni namlik va issiqlik taqsimlanishidagi dunyo miqyosidagi 
farqlarini olishda tavsiya etiladi. 
A.G.Isashenko fikrisha, landshaftlarning bir-biriga o‘xshashligi yoki bir-biridan 
farqi juda ko‘p sabablar bilan belgilanadi va ularning ichidan eng asosiysini 
aniqlab ola bilish tasnif tarixidagi eng katta birlikni tanlashga asos bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda eng mukammal ishlangan landshaftlar tasnifining muallifi 
V.A.Nikolayev ekanligi ko‘pchilik geograflar tomonidan e‘tirof etilmoqda. U 
tavsiya etgan ko‘p pog‘onali tasnif qatori: bo‘lim-qism-kichik qism-sinf-kichik 
sinf-guruh-tur-kichik tur-toifa-kichik toifa-xil-variant ko‘rinishida bo‘lib, yer 
yuzasidagi barsha landshaftlarni ma‘ulm bir tartib bilan o‘rganishga yaxshi ilmiy 
asos bo‘la oladi.
Biz A.G.Isashenkoni landshaft tasnifini ko‘rib chiqamiz. A.G.Isashenko (1991) 
landshaftning eng yuqori tasnif birligi etib landshaft tipini qabul qiladi. Landshaft 
tipini ajratishda bosh mezon issiqlik va namlik o‘rtasidagi nisbat ekanligini 
yuqorida aytib o‘tgan. Radiasiya balansi aktiv harorat yig‘indisi. N.N.Ivanovning 
namlik va qurg‘oqchillik koeffisientlari tasniflash belgilari deb qabul qilingan. Bir 
tipdagi landshaftlarning umumiyligi suv balansi hozirgi geomorfologik va 
geoximik jarayonlar, organik dunyosi, yashash sharoiti, uning tuzilishi, 
mahsuldorligi, biomassalar zahirasi, moddalarning biologik aylanishi va tuproq 
hosil bo‘lish tiplarida namoyon bo‘ladi. Har bir landshaft uchun tabiiy 
jarayonlarning fasliy ritmikligi xarakterlidir. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki 
landshaft tipi tuzilishida zonallik va sektorlikni namoyon bo‘lishi dinamikasi va 
rviojlanishi umumiy bo‘lgan landshaftlar biriligidir. Landshaft tiplarining qator 
ikkita elementdan tashkil topadi: birinchisi issiqlik bilan ta‘minlanganlik darajasi, 
ikkinchisi esa namlik darajasini ko‘rsatadi.
Ko‘pgina landshaft tiplari ikkala yarimsharda turli variantlarda uchraydi. Bunday 
hodisalar bir qit‘aning turli sektorlarida ham uchraydi. Bunda ularning nomiga 
qo‘shimcha ravishda regionning nomi ham qo‘shiladi. Masalan, Sharqiy Yevropa 
mo‘tadil kontinental boreal landshaftlar yoki Shimoliy Amerika mo‘tadil 
kontinental boreal landshaftlar. 
Har bir landshaft uchun xos bo‘lgan xususiyatlar uning markaziy qismida 
uchraydi, chekkalarida esa qo‘shni tiplarga xos bo‘lgan belgilar uchraydi. Bu 
sharoit landshaft tiplarini kichik tiplarga bo‘lishni taqozo etadi. Ko‘pgina 
landashftlarda uchta kichik tip ajratiladi. Bular shimoliy, o‘rta va janubiy landshaft 
tiplaridir. Bu kichik tiplar oraliq landshaft tiplari uchun xos emas. 
Tasniflashning keyingi bosqichini ajratishda gipsometrik omil asos qilib olingan 
bo‘lib, sinf va kichik sinflarni ajratishda hal qiluvchi mezon hisoblanadi. Bular 
landshaftlar yarusligi qonuniyatida namoyon bo‘ladi. Balandlik landshaft 


32 
mintaqalarida ikkita sinf ajratiladi – tekislik va tog‘. Tog‘ landshaftlarining eng 
asosiy farqi balandilk mintaqalarining mavjudligidir. 
Tekislik landshaft sinfida ikkita kichik sinf – pasttekislik va qirlar landshaftlari, 
tog‘li landshaft sinfida – past, o‘rta va baland tog‘ kichik sinflari ajratiladi. 
Landshaft tasniflashning eng quyi birliklarini ajratishda, landshaftning fundamenti
uning petrografik tarkibi, tuzilish xususiyati, rel‘ef shakllari asosiy mezon qilib 
qabul qilingan. Bu mezondan foydalanib landshaft xillari ajratiladi. Bir xildagi 
landshaftlar fundamenti, komponentlararo turalri, tuzilishi va morfologiyasidagi 
umumiyligi bilan xarakterlanadi. Landshaftlarni bitta xilga birlashtirishda ularning 
morfologik tuzilishi etakshi belgilardan biri hisoblanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin