O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


LANDSHAFT HARITALARI VA ULARNING TURLARI



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Landshaft

LANDSHAFT HARITALARI VA ULARNING TURLARI
Reja
1. Mayda masshtabli landshaft haritalarini tuzishning asosiy xususiyatlari 
2. o‗rta masshtabli landshaft haritalarini tuzishning asosiy xususiyatlari va 
metodlari. 
3. yirik masshtabli landshaft haritalarini tuzishning asosiy xususiyatlari va 
metodlari.. 
 
 
Tayansh iboralar: taksanomik, dinamik, geotizim, landshft profillari
stasionar, geografik landshaft, regional. 
Landshaft kartalari turli toifa va taksanomik qiymatdagi tabiiy hududiy 
majmualar- landshaftlarni grafikli tasvirlash natijasi hisoblanadi. Tabiiy hududiy 
majmualar deganda, majmuaning turli qisimlari va atrof muhit bilan ko‘plab to‘g‘ri 
va teskari aloqadorliklarga ega bo‘lgan murakkab dinamik tizimlarni tushunamiz. 
Landshaft kartalarini o‘rganish tabiiy muhit tabaqalanishining omillari va 
qonuniyatlari, tabiiy hududiy majmuadagi turli ginetik va dinamik aloqalar haqida 
tushunchaga ega bo;lishga imkon beradi. Landshaft kartalari fan va ishlab 
chiqarishning ko‘p masalalarini ishlab chiqarish uchun ham zarurdir. Ular hududni 


66 
majmuali o‘rganish, sog‘liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish ishlarida keng 
foydalaniladi. Hozirgi paytda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan baholash va 
bashoratlash landshaft kartalari tuzilmoqda. Ular soha kartalarini tuzishda 
muofiqlash ishlariga ham jalb qilinmoqda. Kartalarni tizishning mazkur metodikasi 
landshaftni geotizim ekanligi, uning barcha tarkibiy qisimlari bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘liq va aloqalodorligiga asoslanadi. 
Landshaft kartalarni turli masshtablarda yaratiladi: yirik, o;rta va mayda. 
Mayda masshtabli kartaga olish ishlari kameral sharoitda olib boriladi. O‘rta va 
yirik mashtabli kartani yaratish esa, to‘liq dala siyomka kuzatish ishlari , landshft 
profillari va stasionar kuzatishlar natijasida bajariladi. Mayday masshtabli 
tatqiqotlarda regional ko‘lamdagi tabiiy hududiy majmualarning landshaft tuzulishi 
, jumladan, ularni ichki tuzulishi, landshaftning tashqi hududiy , genetik, dinamik 
xususiyatlari, zamondagi bog‘liqliklari va boshqalar o‘rganiladi. Yirik masshtabli 
tatqiqotlarda elimentlar tabiiy majmularning rivojlanish qonuniyatlari, bog‘liqligi, 
dinamikasi va boshqa jihatlarini o‘rganadi. 
Landshaft kartalarni mazmuni bo‘yicha umumilmiy va mavzuli kartalarga 
bo‘linadi. Birinchisi o‘rganilayotgan hududning morfologik tabaqalanishi, 
ajratilgan birliklarning miqdor ko‘rsatkichlari va farqlari haqida malumot beradi. 
Ikkinchisi- mavjudlikni aks ettirish, baholash va bashoratlash kartalarni tuzush 
hamda amaliy masalalarni yechishga qaratiladi. 
Geografik landshaft deganda, tarkibida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kichikroq 
geotizimlarning o‘ziga xos yig‘ndisi bo‘lgan ginetik jihatdan bir butun geotizim 
tushuniladi. Landshaftlarga majmualik, vertikal, gorizontal va dinamik tuzulmalar 
xos. 
Mayda masshtabli landshaft kartalari, asosan, lanshaftga oid makumotlari 
ko‘p bo‘lgan o‘rta masshtabli umumgeografik kartalar asosida tuziladi. Shu bilan 
bir qatorda, landshaft tarkibiy qisimlari haqida boy malumotga ega soha mavzuli 
kartalari, iqlim, metoorologik, gedrogeologik malumotnomalar, landshafd tarkibiy 
qisimlarini o‘rganishga oid abiyotlar va boshqa kartogirafik manbalar, kosmik 
suratlar, dala va soha kuzatish tatqiqotlari natijalardan ham foydalaniladi. 
Landshaft siyomkasi asosiy tabiiy hududiy majalarning fazoviy joylashishi va 
xususiyatlarini o‘rganish maqsadida yirik masshtabda bajiriladi. Tabiiy hududiy 
majmualar faqat yirik masshtabda o‘rganilganda, tariflanganda va kartaga 
olinganda muhitda tabiat va inson ta‘sirida kechayotgan o‘zgarishlarni 
bashoratlash uchun aniq va miqdor ko‘rsatkichlari olinishi mumkin. Dala landshat 
tatqiqotlari abyekti sifatida turli tabaqali hududiy majmualar va har xil tabiiy 
omillar ta‘sirida paydo bo‘lgan tizimli hududiy majmualar va har xil tabiiy omillar 
uyushmalar qabul qilinadi.
Yirik taksanomik birliklarning (lanshaftlarning ) hududiy shakillanishida 
asosiy rol geologic- geomorfologik omillarga taaluqlidir, chunki ular lanshaft 
bo‘limlarining iqlim, o‘simliklar va tuproqlar omillarning tarqalishini belgilaydi. 
Dala tatqiqot ishlarida hududning morfologik tarkibi o‘rganiladi, uning tabiiy 
muhit komponentlari bilan bog‘liqligi geografik jihatdan talqin qilinadi, 
dinamikasi ko‘rsatiladi va boshqa turli tabaqali tabiiy hududiy majmualar 


67 
kartalashtiriladi. Landshaft majmualari orasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish ishlari 
dala malumotlari asosida bajariladi. 
Dalada kartaga olishning asosiy metodlari landshaft morfologik birliklari 
chegarasini ajratish usuli bilan muvaqqat bog‘langan hamda bunday chegaralar 
sifat ko‘rsatkichlari bir-birini almashtiradigan bitta ko‘plik ajratishga qaratilgan. 
Bu chegaralar, tabiiy sharoit keskin farqlanishiga qaramasdan hamma vaqt 
chiziqlidir. Tabiiy hududiy majmualar keskin farqlanishi darajasi ularning 
genezislari orasidagi farqga, inson xo‘jalik faolyati ta‘sirida kechayotgan tabiiy 
o‘zgarishlarga bog‘liq. Landshaft morfologik birlashmalari qanchalik yosh bo‘lsa, 
ularning tashqi ko‘rinishi shunchalik umumiy qabul qilingan ko‘rsatmalar asosida 
ajratish qiyin.
Siyomka ishlarida qo‘llaniladigan landshaftli profillash metodi tabiiy hududiy 
majmualrning ichki tuzulishi, tabiati va ularning komponentlari orasidagi 
bog‘liqlikni ifodalaydi. Majmuali va unuprofillarda landshaftlar tarkibi, 
morfologiyasini hosil etuvchi fatsiya va urocheshalar qatorlari ochib beriladi, 
dinamik va to‘ldiruvchi landshaftlar belgilari, ularning relief shakillari, tog‘ 
jinislari tarkibi, yer osti suvlari joylashishi bilan murakkab bo‘lgan tabiiy hududiy 
majmualarni qonuniyatlari aniqlandi. 
Dala siyomkasi natijasida tuzulgan landshaft kartalarida, metodikaga binoan, 
tabiiy hududiy majmualar abyiktiv tasvirlanadi. Kartalarda tabiiy omillar o‘zaro 
ta‘sirining turli asosiy qonuniyatlari joydan- joyga va vaqt miqyosida kechayotgan 
quyuqlashgan qiyofasi tasvirladi. Kartalarda yer uchastkalari tabiiy xususiyatlari 
tasvirlanishi sababli,ular soha kartalarini muofiqlash uchun jalib qilinadi. Lekin 
shuni nazarda tutish kerakki, har tabiiy komponet o‘ziga xos kelib chiqishga, 
tuzulishga, rivojlanishga va hududga tarqalish xususiyatiga ega. Shuning uchun, 
masalan. Tuproq kontiriga landshaftni joylashtirish yo‘li bilan kartani tuzish 
mumkin emas. 
Landshaftlarni tatqiq qilishda statsionar sharoitda o‘tkaziladigan tatqiqotlar 
muhim rol o‘ynaydi. Bu tatqiqotlar natijasida tabiiy hududiy majmualar tarkibi 
funksional landshaftli o‘rganilishi sabali, unga qiziqish ortmoqda. Tabiiy hududiy 
majmualarni mavjudligi ko‘plab bog‘liqlar, ularning alohida tarkibiy qisimlari 
orasidagi yaxlit turg‘unlik hamda component va uni o‘rab turgan atrof muhit bilan 
o‘zaro harakatga qarab bo‘linadi. Bu bog‘liqliklar va o‘zaro jarayonlarda kuzatildi. 
Bunday jarayonlar har xil uzunlikda, tezlikda, shu bilan bir qatorda, yetarli 
darajada fazoviy o‘zgarishlar bilan vaqt mobaynida qaytariladi.
Jarayonlarni 
tahlil 
qilish 
uchun 
statsionor 
kuzatish 
metodlaridan 
foydalaniladi, ular katta bo‘lmagan maydonlarda, sharoitiga ko‘ra hududga tipik 
bo‘lgan uchastkalarda olib boriladi. Statsionarda evalutsion va fasilli kuzatish olib 
boriladi. Uzoq, muntazam olib borilgan kuzatishlar landshaft o‘zgarishlarning 
nafaqat xususisyati va intinsivligini, balki ular miqdori turli bog‘liqlari va omillari 
nisbiylik mohiyatini, murakkab va ko‘plab o‘zaro harakatini, majmuanung biron 
tomonga o‘zgarishi va rivojlanishi tezligini, tabiiy hududiy majmualarning 
dcinamikasini aniqlash imkonini yaratadi. Geotizimlar faolyati asosida tabiiy-
mexanik, kimyoviy va bialogik jarayonlar yotadi. Tatqiqotlarda turli metodlarni 


68 
qo‘llash tabiiy komponentlar faolyati jarayono tarkibini, tabiiy hudiy majmualar 
fasilli dinamikasi asosiy qonuniyatlarini, tuyg‘unligi va rejimini ochib beradi.
Oxirgi malumotlar mazmunini geografik talqin qilish geografik-taqqoslash 
metodi orqali bajariladi. O‘tkazilgan dala va statsionar landshaft tatqiqotlari 
matereallari mayday masshtabli landshaft kartalarni tuzishda asosiy manba bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Landshaft kartalari mazmunini ishlab chiqishda va yangilashda kosmik 
suratlar muafaqiyatli qo‘llanilmoqda, chunki ular landshftlar fazoviy joylashish 
qonuniyatlarini, ularni bir-biriga bog‘liqligini, tabiiy majmualar morfologiyasini 
kuzatish va o‘rganishga imkon yaratadi. Kosmik suratlar orqali turli induvidial 
landshaftlar lokalizatsiya qilinadi, ularning ichki tuzilishi o‘rganiladi va bining 
asosida landshaft tipologiyasi tadqiq qilinadi.
Suratlar bilan ishlashda ikkita tadqiqot metodi qo‘llaniladi: umumiydan 
alohidaga va alohidadan umumiyga o‘tish. Mayda masshtabli kartalarni tuzishda 
suratlar abyektiv va detallashgan malumotlar manbai bo‘lib, dalada kichik 
maydonlarda o‘tkaziladigan yirk masshtabli tadqiqotlar mohiyatini ancha 
kengaytiradi. Suratlardan foydalanish generalizatsiya jarayonini ham bir muncha 
osonlashtiradi, chunki landshaft tarkibining suratlarda aftomatik ravishda 
birlashtirib tasvirlanishi kartalar aniqligini oshiradi, kartalarda tabiiy tuzumlar 
holatini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Suratlarda to‘ri va aniq o‘tkazilgan lanshft fazoviy o‘zgaruvchanligining 
o‘rganilishi natijasida, ularning vaqtinchalik dinamikasini ko‘rsatish imkoniyati 
ham tug‘uladi 
Yirik masshtabli landshaft kartalari asosida yaratilayotgan mayday masshtabli 
kartalar mazmuni va legendasini ishlab chiqishda, dastlab kartalarni masshtabiga 
va maqsadiga mos keladigan, optimal darajadagi to‘liqlik va detallik geotizimlar 
olinadi.kartalashtirishning asosiy birligi –landshaft- kartada nafaqat yetarli darajali 
mukammal yaxlit birlashma sifatida, balki katta yoki kichik darajadagi tarkib 
elemenlari bilan beriladi. 
Kartada landshaftlar uyushmasi va morfologoyasidan tashqari, ularning 
shunga mos geotizimlari bilan aloqasi ham ko‘rsatiladi. Bular karta legendasida 
landshaftlar tasnifi orqali beriladi. Yirik hududlar uchun tuzulgan landshaft 
kartalarda legeda jadval shaklida tuzuladi, bu esa landshaft tasnifi toifalarini katta 
aniqlikda va ko‘rgazmali tarzda tasniflash imkonini beradi. 
Jadval vertikalida geotizimlar oliy taksanomik tabaqalari, gorizantalida –
landshaftlar tipi va kichik tiplari ko‘rsatiladi. Bunday legendada landshaftlarning 
matinli qismi ancha qisqartiriladi va kartani jihozlashda ishlatilgan prisipni 
osonlashtiradi.
Mayday masshtabli kartalar obzor-topografik va mavzuli kartalar yordamida 
tuzuladi. Bunday kartalar turli tabaqali geotizimlar va ularning yordamida esa 
getizimlarning geografik mohiyati haqida ko‘plab malumot beradi. Relif tasviriga 
qarab, morfometik xususiyatlari bo‘yicha farqlanadigan uchastkalar ajratiladi, 
gedrografik tarmoq malumotlari hududning suv bilan taminlangani, landshaftlar 
tiplari va kichik tiplaridagi superakval landshaftlar defrensatsiyasi va lokalizatsiysi 
haqida fakir yurutishni taminlaydi: introzonal tuproq o‘simlik chegaralari landshaft 


69 
kartalarida o‘zgarishsiz keltiriladi. Shunda qilib, obzor-topografik kartalar 
landshaft tahlilini har tomonlama taminlaydi. Tabiiy majmualarning asosiy genetic 
xususiyatlari va tarkibini oshirishga ko‘maklashadi. 
Kartalarni yaratishda foydalanilgan mavzuli kartalarning malumotliligi ham 
juda yuqori saviyada bop‘lisihi kerak. Geologic kartalar bilan yer qobig‘I tarkibi 
tahli qilinadi: gedrotermal jarayonlar rivojlanishining tarkibi chuqur yorriqliklar 
tog‘ jinslari formatsialar va fatsiyalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, regional 
tarkibli o‘lchamli geotizimlar uyushmasini o‘rganishda muhm rol o‘ynaydi; 
to‘rtlamchi davir yotqiziqlari, tiproq hosil qiluvchi jinslar hamma yerda mavjud 
bo‘lib, ularning tarkibi tuproq tiplari shakillanishi va tarkibi xusuyatiga ta‘sir 
ko‘rsatadi
Geografik kartalar asosida olib borilgan relyif tasviri tahlili, tabiiy majmular 
tarkibini, ularing chegarasi va o‘lchamini aniqlashga, morfo tarkibli ko‘rsatkichli- 
hududning landsgaftli xususiyatlarni ajratishga imkon yaratadi. Bu kartalada 
ko‘rsatilgan relyefni alohida olingan shakillari turli o‘lchamli topologic mustaqil 
cheralaridir. Ularning chegaralari maxsus elemenlar landshaftlar tarqalganligini 
bildiradi. 
Ancha to`liq hududiy kandshaftlaruyushmasini geobotanik va tuproq 
kaartalari tariflaydi . Ular geotizimlarning ko‘plab dinamik xususiyatlarni ochib 
beradi, bir qator egzogen jarayonlarning tezligi haqida tushunchaga ega bo‘lishni 
taminlaydi, kartalarda antiropogen ta‘sir natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlarni 
ham ko‘rsatadi.
Tuproq va landshaft kartalari asosida tabiiy majmualar konturlari chegaralari 
va landshaft kartalari asosida tabiiy majmualar konturlari chegaralari 
aniqlashtiriladi, ular ichida kechayotgan landshaft hosil qiluvchi jarayonlar ochib 
beriladi. 
Shu yo‘l bilan landshaft kartasini tuzish umumgeografik va mavzuli 
kartalardan olingan malumotlarni birgalikda va bir-biri bilan bog‘lab tahlil qilishga 
asoslanadi. 
Landshaft haqidagi bilimlar taraqqiyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u 
hamma vaqt xalq xo‘jaligi bilan bog‘langanligini ko‘rish mumkin. 
Landshaftshunoslar tomonidan Qatar dala va cameral ishlar u yoki bu ishlab 
chiqarish korxonalari buyurtmasi asosida bajarilgan, maqsadli mavzuli kartalar 
tuzulgan. Ularda hudud iqtisodiy hisob kitoblar asosida tavsiyalar berilgan, bundan 
tashqari u yoki bu xo‘jalik faolyati natijasida geotizimlarning tabiiy-geografik 
sharoiti o‘zgarishi oqibatida bahosi keltirilgan. 
Amaliy landshaft tatqiqotlari ikki yo‘nalishda olib boriladi; 
1) 
tabiiy majmualar to‘g‘risidagi malumotlar bilan xo‘jaliklar va boshqa 
foydalanuvchilarning taminlash uchun. 
2) 
O‘zlashtirishning 
ilmiy asoslarini ishlab chiqishda, tabiiy 
majmualardan foydalanishda va ularni qayta tiklashda.
Amaliy landshaftshunoslikni birinchi qadami – tabiiy muhitning inson 
faolyati uchun rolini aniq tasavvur etish, insonning geotizimlarga ta‘siri 
xususiyatlari va mexanizimini bilishdan iboratdir.barcha amaliy landshaft-
geografik ishlar asosida geotizimlarning obyektiv tahlili yotadi. Boshqacha qilib 


70 
aytganda, amaliy ishlar fundamental landshaft tadqiqotlari natijalari tayanilishi, 
yani nazariy bilimlarini geotizimlardan unumli foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
amaliy masalalarini yechishda qo‘llash zarur. 
Amalyotda landshaft kartalarni tuzish, uning umumiqtisodiy tipidagi ishdan 
farq qilmaydi va shunday metodlar hamda usullarni qo‘llash orqali tuzuladi. Lekin 
tuzilayotgan kartalarning mazmuni oldindan qo‘yilgan maqsadlarga qarab muhim 
bo‘lgan tavsifnomalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, amaliy landshaftlarda landshaft 
kartalari teng qiyaliklar guruntlarning injenerlik- geologic xususiyati, hudud 
gidrogealogik xususiyati va alomatlari haqida malumot beradi. 
Amaliy landshaft kartalarni yaratishda geotizimlarni sifat jihatidan har 
tomonlama u yoki bu maqsadda baholash qaraladi. Bu prinsip subyekt va tabiiy 
komponentlar o‘rtasidagi asoslarini o‘rgatishdan iborat bo‘lib, buning uchun 
subyektga qanday ta‘sir o‘tkazilishi talab etiladi. Bugungi kunda geotizimlarni 
sifatli baholash asosiy yo‘nalishlari quydagilar: muhandislik ko‘plab 
modifikatsiyalar va toifalarni baholash, qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun 
o‘zlashtirish bo‘yicha baholash, tibiiy geografik , aholi yashash sharoiti, rekratsion 
va boshqalar. 
Geotizimlaeni sifatli baholash metodikasi bo‘yicha ish baholash 
ko‘rsatkichlarni tanlashdan boshlanadi. Tabiiy sharoitni landshaftli baholash 
metodi umumilmiy karta mazmunini subyekt tomonidan baholashga olib keladi. 
Bunday vaqtda alohida olingan tabiiy hududiy majmualar, yoki ularning ta‘siri 
toifalariga muofiq, baholash toifalariga guruhlanadi, subyektning tabiiy omillar 
xususiyatiga ega bo‘lgan rekratsiyasi, tabiiy komponentlarning tashqi ta‘sirga 
tuyg‘unligi aniqlanadi. Sifatli baholash asosiy landshaft kartalari legendasida-
yaxshi, yomon qoniqarli, qoniqarsiz sharoitlar, yo u, yo bu hudud va hodisalar 
uchun maxsus ishlab chiqilgan so‘zli shakilda beriladi. Amaliy landshaftshunosli 
tatqiqotlar quydagi ketma-ketlikda kartalarni tuzish bilan yakunlanadi; ro‘yxatga 
olish baholash, bashoratlash va tavsiya berish kartalari. Birinchi bosqichda asosiy 
metod bu landshaftni kartaga olishdir. Bu ishni landshaftshunos-mutaxasis 
bajaradi. Ikkinchi bosqich-tabiiy komponentlarni amaliy maqsadlar uchun 
baholash. Bu ishni landshaftshunos va xo‘jalik, yoki fan sohasi 
mutaxasisilaritomonidan bajariladi. Bashoratlash va tavsiya berish kartalarni tuzish 
turli soxa mutaxasislarini ishga jalb qilishni talab etiladi. Kartaga olish masshtabi 
amaliy izlanishlar maqsadi bilan belgilanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin