52
o‗zgarishi va xatto hosildorligida ham o‗z aksini topgan. Gidromorf landshaftlarda
esa qo‗shimcha grunt suvlari hisobiga to‗yinish holati yuz berganligi uchun zonal
farqlar anchagina o‗z izini yo‗qotgan va ular botqoq landshaftlari, o‗tloq
landshaftlar, sho‗rxok landshaftlar, to‗qay landshaftlari va voxa landshaftlari
ko‗rinishida alohida turlarni hosil qiladi.
Landshaftlar
toifasi landshaft turlari ichida aniqlanib, asosan geologik-
geomorfologik
shart-sharoitlarga qarab, ya‘ni landshaftni hosil qiluvchi relefning
genetik turiga va geologik tuzilishiga asoslanib ajratiladi. Masalan, ushbu hududda
allyuvial tekisliklar landshaftlari, dengiz tekisliklari landshaftlari, prolyuvial
tekisliklar landshaftlari va h.k.
Landshaft toifalari o‗z navbatida landshaft
xillariga bo‗linadi. Ular individual
landshaftlarning tipologik umumiyligi asosida aniqlanadi.
Landshaft xillariga
misol tariqasida qumli cho‗l tuproqli oq saksovulzor landshafti, qumli cho‗l
tuproqli efemerlar aralashgan psammofit butazorlar landshaftini aytib o‗tsa bo‗ladi.
Biz qisqacha ta‘riflab ko‗rmoqchi bo‗lgan landshaftlar tasnifi (O‗rta Osiyo),
jumladan O‗zbekiston Respublikasi landshaftlar haritasini tuzishda aniq va puxta
asos bo‗lib xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: