O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

Mustaqil o’qish uchun savollar

Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Landshaft

Mustaqil o’qish uchun savollar: 
1. Zonallikni vujudga keltiruvchi tashqi astronomik omillar. 
2. Quyosh radiasiyasini zonal tarqalishi. 
3. Issiqlik va namlikni zonal tarqalish sabablari. 
4. Namlik koeffisienti va qurg‘oqchillik indeksi. 
5. Azonallikning vujudga kelish sabablari. 

58 
8-mavzu: Landshaft va inson aloqadorligi masalalari Amaliy 
landshaftshunoslik. Landshaftshunoslik va ekologiya. 
Reja
1. Tabiiy-antropogen landshaftlar va ularning hosil bo‘lish omillari.
2. Landshaftlardagi mahlum maqsadlarni ko‘zlab qilingan tahsirlar, ularning 
oqibatida kutilgan va kutilmagan o‘zgarishlar.
3. Antropogen landshaft, madaniy landshaft tushunchalari.
4. Antropogen landshaftlarni tasniflash tajribalari. 
5. Landshaftshunoslikning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ahamiyati. 
6. Landshaftshunoslik va shahar arxitekturasi. 
7. Landshaftshunoslik va tabiiy geografik bashorat. 
 
Tayansh iboralar: landshaftlar arxitekturasi, geografik bashorat, geografik 
rayonlashtirish, landshaft kartasi, landshaftlar arxitekturasi, geografik bashorat, 
geografik rayonlashtirish, landshaft kartasi. 
Landshaftlar 
geografiyasi 
tabiiy 
hududiy 
komplekslarni 
vujudga 
keltiradigan komponentlarning birligi va o‘zaro taqozosi, ularning birlikda 
vujudga keltirgan geografik komplekslarning taraqqiyoti hamda geografik 
joylashishi haqidagi fan ekan, u umumiy ta‘limiy ahamiyatga molik bo‘lishdan 
tashqari, katta xalq xo‘jaligi qurilishlari vazifalari bilan ham uzviy bog‘langandir.
O‘tgan asrning so‘nggi choragida Yer haqidagi tabiiy fanlar erishgan ulkan 
muvaffaqiyatlar tabiatning turli komponentlari o‘rtasida mustahkam aloqalar 
mavjudligini qayd qilish bilan birga hududni xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 
maqsadlarida o‘rganishda komplekslikka, ya‘ni landshaft tamoyiliga amal qilish 
mumkinligini tasdiqladi. Bu har bir o‘rganilayotgan joydagi tabiiy hududiy 
komplekslarda mavjud bo‘lgan tabiiy imkoniyat va resurslarni aniqlash va undan 
xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish degan so‘zdir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida landshaft va tabiiy geografik 
rayonlashtirish kartalari, ayniqsa katta masshtabli kartalari qishloq xo‘jalik 
ekinlarini tabiiy zona ichida joylashtirishda va agroximik tadbiriy-choralarni 
belgilashda katta yordam beradi. Har bir qishloq xo‘jalik mutaxassisi u yoki bu 
hududdagi sharoitlarning bir xilligini yoki uning qandaydir bir yo‘nalishda o‘zgarib 
borishi mumkinligini e‘tiborga oladi. Ilmiy jihatdan asoslangan tabiiy rayonlashtirish 
qishloq xo‘jaligini to‘g‘ri rejalashtirishga, zarur agrotexnik meliorativ choralarni 
ishlab chiqishga imkon beradi. 
Dehqonchilikda ekinlarni zonalar bo‘yisha joylashtirish uchun tuziladigan 
tavsiyanomalarda 
alohida 
zona 
va 
regionlarning 
ishki 
tuproq-iqlimiy, 
geomorfologik tafovutlari hisobga olinishi, shuningdek, yangi sug‘orilayotgan yerlar 
o‘zlashtirilayotganda, tuproqning suv hamda shamol eroziyasining oldini olish 
choralari tanlanayotganda albatta hududning provinsial xususiyatlariga e‘tibor 
berilishi zarur. Masalan, Markaziy Farg‘onaning ba‘zi yerlarida tuproqning sho‘r 
bosichini keltirib chiqaradigan yer osti suvi sathini pasaytirish talab qilinsa, unga 

59 
qo‘shni bo‘lgan bir hududda tuproqdagi namni saqlash, uchinchi bir yerda esa, 
tuproqning shamoldan to‘zib ketishiga qarshi kurash choralarini ishlab 
chiqish talab etiladi va hokazo.
Farg‘ona vodiysining tekislik tog‘
oldi va adir qimlarining har birida o‘ziga 
xos eroziya jarayonlari ro‘y beradi. Har bir landshaftda eroziyaning biror turi 
boshqalariga nisbatan kuchliroqdir. Chunonchi, G‘arbiy va Markaziy 
Farg‘onaning o‘rta qismidagi qumli cho‘l landshaftida shamol eroziyasi va 
akkumulyasiyasi, Shimoliy va Sharqiy Farg‘onaning adirlar landshaftida 
tuproqning yuzlama yuvilishi kuchli ro‘y beradi. Shuning uchun ham bunday 
jarayonlarga qarshi kurash choralari tavsiya etilayotganda joyning mahalliy 
xususiyatlari albatta hisobga olinmog‘i kerak.
Landshaft kartalari va shu landshaft kartalari asosida tuzilgan tabiiy 
geografik rayonlashtirish kartalari har bir joyning mahalliy tabiiy xususiyatlari 
haqida aniq ma‘lumot beradi. Biroq ko‘p hollarda, ayniqsa irrigatsiya ishchi 
nasoslari qurish sohasida, irrigatsiya sistemalari landshaftning tarkibiy qismi 
ekanligi hisobga olinmaydi. Landshaft komponentlari kompleks holda 
o‘rganilmaydi. Deyarli hamma hollarda irrigatsiya sistemalarining loyihasini 
tuzishda tabiiy sharoit kompleksining birgalikdagi roliga ahamiyat bermasdan, 
faqat rel‘ef e‘tiborga olinadi. Shuning uchun ham A.V. Dunin-Barkovskiy turli 
tabiiy sharoitlardagi irrigatsiya sistemasining ishini xarakterlovchi omillarni 
analiz qilib, rayonlashtirishning tabiiy geografik tamoyili sug‘orish sistemalarini 
loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish maqsadlariga to‘liq javob beradi, deb 
ta‘kidlaydi.
Binobarin, sug‘orish kanali kesib o‘tgan trassa landshaftlarining 
xususiyatlari har tomonlama o‘rganilmasa, katta masshtabdagi landshaft 
morfologik strukturalari kartalariga asoslanmasa, bunday sug‘orish kanalnning 
iqtisodiy afzalligi haqida o‘ylash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning 
uchun ham A.V. Dunin-Barkovskiy landshaftshunoslarning ishlariga asoslanib, 
sug‘orish sistemalarining xususiyatlarini geografik zonalar (cho‘l, shala cho‘l va 
dasht) bo‘yisha qarab chiqadi, zonalar ichida esa tipologik komplekslarga 
e‘tibor beradi. Irrigatsiya qurilishlari nuqtai nazaridan cho‘llar zonasini tog‘,
tog‘ etagi tekisliklari, pasttekislik cho‘llari kabi balandlik mintaqalariga bo‘ladi: 
pasttekislik cho‘llarini tiplarga (qayir, yuqori va past terrasalar, konussimon 
yoyilmalar, quruq deltalar, hozirgi allyuvial tekisliklar va h.k.) ajratadi. 
Kelajakda sug‘orishda mo‘ljallangan yerlarni tabiiy geografik rayonlashtirishda 
T.V. Zvonkova irrigatsiya tarmoqlarini loyihalash va foydalanish qilish 
muvaffaqiyatini belgilab beradigan mahalliy etakchi omillarni aniqlab olish 
kerakligini ta‘kidlaydi. Shunday etakchi omidlar qatoriga cho‘l zonasida joyning 
rel‘efi va geologik tuzilishi, geoximik va tabiiy geografik jarayonlarni kiritadi
joyning injener-geografik holatini, uning sho‘r bosganlik va botqoqlashganlik 
darajasiga qarab tiplarga ajratish yoki rayoilashtirish zarur, deb qaraydi. 
Shuningdek, Qoraqum va Qizilqumdagi yaylovlardan foydalanish va ularni suv 
bilan ta‘minlash loyihasini tuzayotganda ham tabiiy komplekslarning hamma 
xususiyatlari har tomonlama e‘tiborga olinmog‘i lozim.

60 
Aniq landshaftlarni o‘rganish, landshaft kartalarini tuzish va tabiiy 
geografik rayonlashtirish natijasi har bir geografik kompleks hududidagi mavjud 
tabiiy imkoniyatlarni aniqlashdan iborat bo‘ladi. Ana shunday tabiiy 
imkoniyatlar miqdoriy ko‘rsatkishlarda ifodalansa va shu hududdan olingan 
hosil miqdori bilan birgalikda olib qaralsa, mazkur joyning iqtisodiy qiymati 
ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun qam tabiiy va iqtisodiy geograflar yerga 
iqtisodiy baho berish ustida hamkorlikda ishlay boshladilar. Yerga iqtisodiy 
baho berishda landshaft komplekslari hududida tabiiy imkoniyatlarni hisobga olib 
qolmasdan, qishloq xo‘jalikda maydon birligi hisobga olingan mahsulot kabi 
iqtisodiy omillar ham hisobga olinadi.
Xo‘jalikni rivojlantirish rejasini tuzishda tabiiy sharoitlar kompleksiga 
etarli darajada baho bermoq lozim. Bu sohadagi rejalashtirish ishlarida tabiiy 
geograf yoki landshaftshunos mutaxassislar ko‘pgina muhim masalalarni hal 
qilishda qatnashishlari lozim. G.V. Chechixinning fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi 
maqsadi uchun yer tuzish ishlarini loyihalashda o‘tkaziladigan kompleks tabiiy 
geografik tekshirishlar asosida tuzilgan yerdan foydalanish kartalarida 
quyidagilarga ahamiyat berish zarur: 1) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini 
tashkil etish uchun erning hosildorligi va xo‘jalik uchun qulayligi; 2) o‘rmon 
xo‘jaligida foydalanishdagi qulayligi; 3) u yoki bu inshoot yoki qurilish uchun 
qulayligi; 4) tog‘-kon va qurilish materiallari uchun yer osti boyliklaridan 
foydalanish imkoniyatlari. 
Shunday ishlarni bajarishga qaratilgan tajribalardan biri kompleks 
geografik 
rayonlashtirish 
asosida 
o‘tkazilgan 
injener-geografik 
rayonlashtirishdir. V.S.Preobrajenskiy va boshqalarning Chita oblasti uchun tuzgan 
«Qurilish maqsadlarida tabiiy rayonlarni murakkablik darajasiga qarab gruppalash 
sxemasi»da rayonga injener-gsografik jihatdan baho berilgan va yirik sanoat 
komplekslari qurish nuktai nazaridan 5 balli shkala ishlab chiqilgan, bu sxemada 
hudud to‘rt kategoriyali rayonga bo‘lingan: 1) qurilish uchun sharoiti o‘rtasha 
murakkab bo‘lgan rayon; 2) qurilish uchun sharoiti murakkab rayon; 3) qurilish 
uchun sharoiti og‘ir rayon; 4) qurilish uchun sharoti juda orir rayon.
Shahar va aholi punktlarining qurilishi tabiiy komplekslar bilan arxitektura 
komplekslarnni bir butun holida uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Odamning xo‘jalik 
faoliyati ta‘siri doirasida bo‘lgan landshaftni uyg‘unlashtirish landshaft 
arxitekturasi fanining vazifasidir. Landshaftshunoslikning bu sohasi so‘nggi 
chorak asrda rivojlana boshladi. Shaharlar va shahardan tashqaridagi punktlarni, 
xiyobon va yo‘llarni shu hudud landshaft komplekslariga moslab qurish, undagi 
rel‘ef, tuproq, o‘simlik, suv injener-arxitektura inshootlarining o‘zaro bog‘langan 
manzarasini barpo etish, ma‘lum sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish kishilarda 
shu bunyod etilganlardan zavq ola bilish hissini uyg‘otadi. Shu sababli shaharlarni 
tabiiy bezashda arxitektorlar bilan birgalikda landshaftshunoslar ish olib 
borishlari kerak. Yo‘l qurilishini shunday loyihalash kerakki, yo‘l tabiiy 
komplekslarga singib ketsin. Bunda V.Reynfeld aytganidek yo‘l o‘tishi kerak 
bo‘lgan joy tabiatini baholay bilish, yo‘lni landshaftlarga singdirib yuborish, 
tabiatdagi ritmiklik bilan yo‘ldagi ritmni moslashtirish, tabiiy landshaftlarga sun‘iy 
qurilish va o‘simliklarni moslab joylashtirish zarur. Landshaft komplekslariga yo‘l 

61 
trassasini singdirib yuborish faqat estetik jihatdan qanoatlanish uchungina emas,
balki shofyorlarning sharshashini kamaytirish va harakat xavfsizligini yaxshilash 
uchun ham zarurdir.
Yangi shahar qurilishlarini loyihalashda mavjud landshaft komplekslarini har 
tomonlama analiz qilish va shunga asoslanish odat bo‘lib bormoqda. Geografik 
landshaftshunoslik bilan shahar qurilishini bir-biriga bog‘lash landshaft arxitekturasi 
fanining vazifasidir. Kurort joylarni loyihalashtirish va yirik shaharlarda dam olish 
zonalarini barpo etishda geograf-landshaftshunoslar va arxitektorlar hamkorligi 
ayniqsa zarur.
Tabiiy geografik komplekslarda ro‘y beradigan tabiiy jarayonlarning rivojlanish 
yo‘nalishini oldindan aytib berish, ya‘ni tabiiy geografik bashorat ham landshaftni 
har tomonlama o‘rganishga, landshaft va tabiiy geografik rayonlashtirish kartalariga 
asoslanadi.
Tabiiy geografik bashorat, ayniqsa yirik rayonlarning (G‘arbiy Sibir, O‘rta 
Osiyo) xo‘jaligini rivojlantirish rejalarini tuzishda katta ahamiyatga egadir. O‘rta 
Osiyo hududida sug‘oriladigan maydonlarning kengayishi, bu erning tabiatida yaqin 
kelajakda qanday o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkinligini oldindan ko‘ra 
bilish va shu yo‘nalishga qarab xo‘jalik ixtisoslanishini rejalashtirish zarur.
Tabiiy geografik bashoratga e‘tibor bermaslik ko‘p hollarda ko‘ngilsiz 
oqibatlarga olib kelishdan tashqari, katta moddiy zarar ham keltiradi. 
G‘arbiy Sibirning janubi va Qozog‘istondagi qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish 
davrida, qora va kashtan tuproqli yerlardan millionlab gektari haydab yuboriladi, 
shu bilan birga shamol eroziyasiga beriluvshan engil mexanik tarkibli tuproqlar 
ham eroziyaga qarshi tadbirlar qo‘llanmay haydaldi. Buning ustiga quruq iqlim ham 
hisobga olinmadi. Oqibatda chang bo`ronlari tez-tez takrorlanib turadigan bo‘lib qoldi. 
1967 yilda G‘arbiy Sibir dashtlarida may oyida 19 kun davomida chang bo‘roni 
bo‘lib turdi, dala ishlari bir necha kunga tuxtab qoldi. Yuz minglab gektar yerdagi 
ekinlar shamol eroziyasi tufayli nobud bo‘ldi, yullarni va suv inshootlarini tuproq 
bosib ketdi. Shundan so‘ng ko‘pgina xo‘jaliklar katta maydondagi yerlarni nuroq 
holisha tashlab qo‘yishga majbur bo‘ldilar. Agar eroziya o‘shoqlari bo‘lgan 
urochishalarni haydalmaganda yoki hududda tuproqni eroziyadan muhofaza qilish 
choralari oldindan ko‘rilganda, shunday hol yuz bermas edi. Xalq xo‘jaligi uchun 
zarar keltiradigan tabiiy geografik jarayonlarni tabiiy geografik hududiy kompleks 
doirasida har tomonlama o‘rganish va shunday jarayonlarning bir yoki bir 
neshtasi keng tarqalgan joylarni aniqlash, uni rayonlashtirish hamda ularga qarshi 
kurash choralarini ishlab chiqish juda katta xalq xo‘jaligi ahamiyatiga egadir. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, P.G‘ulomov Zarafshon vohalariga tutash 
cho‘llardagi qishloq xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan tabiiy geografik 
jarayonlarni o‘rganib, tuzgan tabiiy geografik jarayonlarning tarqalishi kartasi 
diqqatga sazovordir. Bu kartada qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan 
tabiiy geografik jarayonlar hisobga olinib, o‘n bir rayon ajratilgan va har bir rayon 
hududida qanday jarayonlar tarqalganligi, unga qarshi ko‘riladigan choralar 
belgilangan. 
Landshaftlar 
geografiyasi 
tabiiy 
hududiy 
komplekslarni 
vujudga 
keltiradigan komponentlarning birligi va o‘zaro taqozosi, ularning birlikda 

62 

63 
analiz qilib, rayonlashtirishning tabiiy geografik tamoyili sug‘orish sistemalarini 
loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish maqsadlariga to‘liq javob beradi, deb 
ta‘kidlaydi.
Binobarin, sug‘orish kanali kesib o‘tgan trassa landshaftlarining 
xususiyatlari har tomonlama o‘rganilmasa, katta masshtabdagi landshaft 
morfologik strukturalari kartalariga asoslanmasa, bunday sug‘orish kanalnning 
iqtisodiy afzalligi haqida o‘ylash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning 
uchun ham A.V. Dunin-Barkovskiy landshaftshunoslarning ishlariga asoslanib, 
sug‘orish sistemalarining xususiyatlarini geografik zonalar (cho‘l, shala cho‘l va 
dasht) bo‘yisha qarab chiqadi, zonalar ichida esa tipologik komplekslarga 
e‘tibor beradi. Irrigatsiya qurilishlari nuqtai nazaridan cho‘llar zonasini tog‘,
tog‘ etagi tekisliklari, pasttekislik cho‘llari kabi balandlik mintaqalariga bo‘ladi: 
pasttekislik cho‘llarini tiplarga (qayir, yuqori va past terrasalar, konussimon 
yoyilmalar, quruq deltalar, hozirgi allyuvial tekisliklar va h.k.) ajratadi. 
Kelajakda sug‘orishda mo‘ljallangan yerlarni tabiiy geografik rayonlashtirishda 
T.V. Zvonkova irrigatsiya tarmoqlarini loyihalash va foydalanish qilish 
muvaffaqiyatini belgilab beradigan mahalliy etakchi omillarni aniqlab olish 
kerakligini ta‘kidlaydi. Shunday etakchi omidlar qatoriga cho‘l zonasida joyning 
rel‘efi va geologik tuzilishi, geoximik va tabiiy geografik jarayonlarni kiritadi, 
joyning injener-geografik holatini, uning sho‘r bosganlik va botqoqlashganlik 
darajasiga qarab tiplarga ajratish yoki rayoilashtirish zarur, deb qaraydi. 
Shuningdek, Qoraqum va Qizilqumdagi yaylovlardan foydalanish va ularni suv 
bilan ta‘minlash loyihasini tuzayotganda ham tabiiy komplekslarning hamma 
xususiyatlari har tomonlama e‘tiborga olinmog‘i lozim.
Aniq landshaftlarni o‘rganish, landshaft kartalarini tuzish va tabiiy 
geografik rayonlashtirish natijasi har bir geografik kompleks hududidagi mavjud 
tabiiy imkoniyatlarni aniqlashdan iborat bo‘ladi. Ana shunday tabiiy 
imkoniyatlar miqdoriy ko‘rsatkishlarda ifodalansa va shu hududdan olingan 
hosil miqdori bilan birgalikda olib qaralsa, mazkur joyning iqtisodiy qiymati 
ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun qam tabiiy va iqtisodiy geograflar yerga 
iqtisodiy baho berish ustida hamkorlikda ishlay boshladilar. Yerga iqtisodiy 
baho berishda landshaft komplekslari hududida tabiiy imkoniyatlarni hisobga olib 
qolmasdan, qishloq xo‘jalikda maydon birligi hisobga olingan mahsulot kabi 
iqtisodiy omillar ham hisobga olinadi.
Xo‘jalikni rivojlantirish rejasini tuzishda tabiiy sharoitlar kompleksiga 
etarli darajada baho bermoq lozim. Bu sohadagi rejalashtirish ishlarida tabiiy 
geograf yoki landshaftshunos mutaxassislar ko‘pgina muhim masalalarni hal 
qilishda qatnashishlari lozim. G.V. Chechixinning fikriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi 
maqsadi uchun yer tuzish ishlarini loyihalashda o‘tkaziladigan kompleks tabiiy 
geografik tekshirishlar asosida tuzilgan yerdan foydalanish kartalarida 
quyidagilarga ahamiyat berish zarur: 1) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini 
tashkil etish uchun erning hosildorligi va xo‘jalik uchun qulayligi; 2) o‘rmon 
xo‘jaligida foydalanishdagi qulayligi; 3) u yoki bu inshoot yoki qurilish uchun 
qulayligi; 4) tog‘-kon va qurilish materiallari uchun yer osti boyliklaridan 
foydalanish imkoniyatlari. 

64 
Shunday ishlarni bajarishga qaratilgan tajribalardan biri kompleks 
geografik 
rayonlashtirish 
asosida 
o‘tkazilgan 
injener-geografik 
rayonlashtirishdir. V.S.Preobrajenskiy va boshqalarning Chita oblasti uchun tuzgan 
«Qurilish maqsadlarida tabiiy rayonlarni murakkablik darajasiga qarab gruppalash 
sxemasi»da rayonga injener-gsografik jihatdan baho berilgan va yirik sanoat 
komplekslari qurish nuktai nazaridan 5 balli shkala ishlab chiqilgan, bu sxemada 
hudud to‘rt kategoriyali rayonga bo‘lingan: 1) qurilish uchun sharoiti o‘rtasha 
murakkab bo‘lgan rayon; 2) qurilish uchun sharoiti murakkab rayon; 3) qurilish 
uchun sharoiti og‘ir rayon; 4) qurilish uchun sharoti juda orir rayon.
Shahar va aholi punktlarining qurilishi tabiiy komplekslar bilan arxitektura 
komplekslarnni bir butun holida uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Odamning xo‘jalik 
faoliyati ta‘siri doirasida bo‘lgan landshaftni uyg‘unlashtirish landshaft 
arxitekturasi fanining vazifasidir. Landshaftshunoslikning bu sohasi so‘nggi 
chorak asrda rivojlana boshladi. Shaharlar va shahardan tashqaridagi punktlarni, 
xiyobon va yo‘llarni shu hudud landshaft komplekslariga moslab qurish, undagi 
rel‘ef, tuproq, o‘simlik, suv injener-arxitektura inshootlarining o‘zaro bog‘langan 
manzarasini barpo etish, ma‘lum sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish kishilarda 
shu bunyod etilganlardan zavq ola bilish hissini uyg‘otadi. Shu sababli shaharlarni 
tabiiy bezashda arxitektorlar bilan birgalikda landshaftshunoslar ish olib 
borishlari kerak. Yo‘l qurilishini shunday loyihalash kerakki, yo‘l tabiiy 
komplekslarga singib ketsin. Bunda V.Reynfeld aytganidek yo‘l o‘tishi kerak 
bo‘lgan joy tabiatini baholay bilish, yo‘lni landshaftlarga singdirib yuborish, 
tabiatdagi ritmiklik bilan yo‘ldagi ritmni moslashtirish, tabiiy landshaftlarga sun‘iy 
qurilish va o‘simliklarni moslab joylashtirish zarur. Landshaft komplekslariga yo‘l 
trassasini singdirib yuborish faqat estetik jihatdan qanoatlanish uchungina emas,
balki shofyorlarning sharshashini kamaytirish va harakat xavfsizligini yaxshilash 
uchun ham zarurdir.
Yangi shahar qurilishlarini loyihalashda mavjud landshaft komplekslarini har 
tomonlama analiz qilish va shunga asoslanish odat bo‘lib bormoqda. Geografik 
landshaftshunoslik bilan shahar qurilishini bir-biriga bog‘lash landshaft arxitekturasi 
fanining vazifasidir. Kurort joylarni loyihalashtirish va yirik shaharlarda dam olish 
zonalarini barpo etishda geograf-landshaftshunoslar va arxitektorlar hamkorligi 
ayniqsa zarur.
Tabiiy geografik komplekslarda ro‘y beradigan tabiiy jarayonlarning rivojlanish 
yo‘nalishini oldindan aytib berish, ya‘ni tabiiy geografik bashorat ham landshaftni 
har tomonlama o‘rganishga, landshaft va tabiiy geografik rayonlashtirish kartalariga 
asoslanadi.
Tabiiy geografik bashorat, ayniqsa yirik rayonlarning (G‘arbiy Sibir, O‘rta 
Osiyo) xo‘jaligini rivojlantirish rejalarini tuzishda katta ahamiyatga egadir. O‘rta 
Osiyo hududida sug‘oriladigan maydonlarning kengayishi, bu erning tabiatida yaqin 
kelajakda qanday o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkinligini oldindan ko‘ra 
bilish va shu yo‘nalishga qarab xo‘jalik ixtisoslanishini rejalashtirish zarur.
Tabiiy geografik bashoratga e‘tibor bermaslik ko‘p hollarda ko‘ngilsiz 
oqibatlarga olib kelishdan tashqari, katta moddiy zarar ham keltiradi. 

65 
G‘arbiy Sibirning janubi va Qozog‘istondagi qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish 
davrida, qora va kashtan tuproqli yerlardan millionlab gektari haydab yuboriladi, 
shu bilan birga shamol eroziyasiga beriluvshan engil mexanik tarkibli tuproqlar 
ham eroziyaga qarshi tadbirlar qo‘llanmay haydaldi. Buning ustiga quruq iqlim ham 
hisobga olinmadi. Oqibatda chang bo`ronlari tez-tez takrorlanib turadigan bo‘lib qoldi. 
1967 yilda G‘arbiy Sibir dashtlarida may oyida 19 kun davomida chang bo‘roni 
bo‘lib turdi, dala ishlari bir necha kunga tuxtab qoldi. Yuz minglab gektar yerdagi 
ekinlar shamol eroziyasi tufayli nobud bo‘ldi, yullarni va suv inshootlarini tuproq 
bosib ketdi. Shundan so‘ng ko‘pgina xo‘jaliklar katta maydondagi yerlarni nuroq 
holisha tashlab qo‘yishga majbur bo‘ldilar. Agar eroziya o‘shoqlari bo‘lgan 
urochishalarni haydalmaganda yoki hududda tuproqni eroziyadan muhofaza qilish 
choralari oldindan ko‘rilganda, shunday hol yuz bermas edi. Xalq xo‘jaligi uchun 
zarar keltiradigan tabiiy geografik jarayonlarni tabiiy geografik hududiy kompleks 
doirasida har tomonlama o‘rganish va shunday jarayonlarning bir yoki bir 
neshtasi keng tarqalgan joylarni aniqlash, uni rayonlashtirish hamda ularga qarshi 
kurash choralarini ishlab chiqish juda katta xalq xo‘jaligi ahamiyatiga egadir. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, P.G‘ulomov Zarafshon vohalariga tutash 
cho‘llardagi qishloq xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan tabiiy geografik 
jarayonlarni o‘rganib, tuzgan tabiiy geografik jarayonlarning tarqalishi kartasi 
diqqatga sazovordir. Bu kartada qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan 
tabiiy geografik jarayonlar hisobga olinib, o‘n bir rayon ajratilgan va har bir rayon 
hududida qanday jarayonlar tarqalganligi, unga qarshi ko‘riladigan choralar 
belgilangan. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin