O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Landshaft

Bir butunlik qonuniyati – tabiatda barcha komponentlar va hodisalarning 
o‗zaro bir-birlari bilan bog‗lanib ketib, bir butun tabiiy muhitni hosil qilganligi. 
Tabiatda uning barcha qismlari, hamma elementlari, hodisalar o‗zaro bog‗lanib 
ketgan hamda muayyan muvozanatda turadi. Tabiatdagi biror komponent, element 
o‗zgarsa, bu o‗zgarish boshqa komponentlarga ham ta‘sir etib, butun tabiiy muhitni 
o‗zgarishga olib keladi. Tabiatga puxta o‗ylanmay ko‗rsatilgan ta‘sir ko‗pincha 
salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Botqoqlik – doimo yoki uzoq vaqt zax bo‗lib yotadigan joy. Botqoqlikda 
ba‘zan 0,2-0,3 m qalinlikda torf qatlami bo‗ladi. O‗simliklarning ildizlari torf 
ostidagi qatlamga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa bo‗lsa botqoqlashgan yerlar 
deb ataladi. Botqoqlik o‗rmonn kesilib ketgan yoki kuyib ketgan joylarda va 
o‗tloqlarni uzoq vaqt suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o‗t qoplashi 
natijasida hosil bo‗ladi.
Buloq, ch a sh m a – yer osti suvlarining yer yuzasiga tabiiy holda chiqishi. 
B. suvli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolgan joylar – vodiylar, soylar jarlar, tog‗ 
yonbag‗irlari, tog‗ etaklarida bo‗ladi. B. lar bosimli va bosimsiz bo‗ladi.
Burmalanish – Yer po‗stida yon tomondan bo‗ladigan kuchli tektonik bosim 
ta‘sirida qatlamlarning bukilib, burmalar hosil qilishi. B. natijasida burmali tog‗lar, 
ular orasida botiqlar – tektonik vodiylar paydo bo‗ladi.
Burmali tog‘lar – tektonik harakatlar ta‘sirida tog‗ jinslari qatlamlari 
burmalangan va tevarak atrofdan baland ko‗tarilib qolgan tog‗lar. Masalan, 
Kavkaz, Himolay, And, Kordil‘era tog‗lari va boshqalar. 
Vodiy – relefning uzun cho‗zilgan botiq shakli. Hosil bo‗lishiga ko‗ra, erozion 
va tektonik bo‗ladi. Har ikkala sababning birgalikda ta‘siridan ham vujudga keladi.


73 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin