O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Landshaft

Atropogen - bu bosqich kaynazoy erasining to‘rtlamchi davriga to‘g‘ri keladi. Bu 
davr yerning geografik qobig‘i insonning yashash makoniga, uning xo‘jalik 
yuritish arenasiga aylanadi. Bu qisqa davr ichida geografik qobiq inson faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar landshaft sferasining tuzilishi va tarkibiga katta 
ta‘sir ko‘rsatdi.
Landshaftshunoslikka oid dastlabki fikrlar rus olimi V.V.Dokuchaev (1846-
1903) va uning ilmiy maktabiga mansub bo‘lgan tabiatshunos olimlarning 
izlanishlariga borib taqaladi. Tuproqshunos va geograf olim, geografik zonallik 
qonuniyatini birinchi bor ilmiy asoslab bergan V.V.Dokuchaev o‘zining 1883 yilda 
nashrdan chiqqan «Russkiy chernozem» (Rus qora tuprog‘i) nomli asarida yangi 
tabiiy jism, ya‘ni tuproqni kashf qildi. Uning bu kashfiyoti yangi fanning, 
tuproqshunoslik 
fanining 
tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. V.V.Dokuchaevning 
ta‘kidlashicha, tabiatda bir jism, kuch yoki hodisa ikkinchisi bilan doimo 
murakkab aloqada bo‘ladi va bu aloqadorlik vaqt o‘itishi bilan o‘zgarib turishi 
mumkin. U tabiatni bir butun deb, qaysiki uning ayrim qismlari doimiy o‘zaro 
ta‘sirda va rivojlanishda deb qaraydi. Uning fikrisha tabiiy komponentlar va tabiiy 
hodisalar alohida-alohida holda emas, balki bir butun majmua sifatida o‘rganilishi 
kerak. Tabiat zonalari, iqlim, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy 
omillar o‘zaro ta‘sir va aloqada bo‘lgan murakkab tabiiy komplekslardir. Bu 
hozirgi zamon tabiiy geografiyasining fundamental tushunchalaridan biri bo‘lgan 
tabiiy geografik komplekslar haqidagi g‘oyaning yuzaga kelishi edi. 
V.V.Dokuchaev tabiatning barsha jonli va jonsiz komponentlari orasidagi o‘zaro 
nisbatlar va aloqadorliklarni hamda ularning birgalikda rivojlanish qonuniyatlarini 
tabiatshunoslik fanlari ishida o‘ziga xos, yangi bir fan o‘rganilishi kerak degan 
xulosaga keladi. Bu fanning o‘rganish predmeti, V.V.Dokuchaevning (1899) 
yozishicha: «kuchlar, jismlar va hodisalar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat 
orasidagi, bir tomondan o‘simlik, hayvonot va minerallar olami, ikkinchi 
tomondan inson, uning turmushi va hatto, ruhiy olami orasidagi abadiy va hamisha 
qonuniy aloqalardir». Ana shu qonuniy aloqadoliklar va o‘zaro ta‘sirni o‘rganishni
u «tabiatni bilishning mohiyati, haqiqiy naturfilosofiyaning yadrosi,
tabiatshunoslikning eng a‘lo va oliy jozibasidir» deb hisoblagan. U landashft, 
landshaftshunoslik yoki geografiya so‘zlarini ishlatmagan bo‘lsa ham o‘z fikrlari 
bilan tabiiy geografik komplekslar haqidagi «yangi geografiyaning» dunyoga 
kelishiga sababchi bo‘ldi. Shu ma‘noda mulohaza yuritgan L.S.Berg 



V.V.Dokuchaevni landshaft haqidagi ta‘limotning yaratuvchisi va hozirgi zamon 
geografiyasining asoschisi deb atagan bo‘lsa, landashftshunos N.A.Solnsev (1948) 
V.V.Dokuchaev landshaftshunoslikning tub asoslarini, ya‘ni poydevorini yaratdi 
deb ta‘kidlaydi.
XX asr 20-yillarining o‘rtalariga kelib, birin-ketin landshaft izlanishlari natijalari 
va ular tufayli yuzaga kelgan fikrlar e‘lon qilina boshlandi. Ana shunday ishlardan 
biri B.B.Polinovga tegishlidir. Uning 1925-yilda ―Priroda‖ jurnalida bosilib 
chiqqan ―Landshaftlar va tuproq‖ nomli maqolasida landshaftshunoslikning bir 
qator umumiy masalalari ko‘rilgan va shu jumladan, landshaft tushunchasini 
aniqlashtirishga ham harakat qilingan. B.B.Polinovning yozichisha, landshaft deb 
yer yuzasining shunday qismiga aytiladiki, uning hududida iqlim, tog‘ jinslari, 
rel‘ef, suv havzalari, o‘simlik, tuproq va hayvonot dunyosining ma‘lum tarkibi va 
xususiyatlari, ular orasidagi o‘zaro ta‘sir jarayonlarning bir butunligiga sabab 
bo‘ladigan darajada saqlanadi.
B.B.Polinov landshaftlarning dinamik holatiga e‘tibor berib, landshaftlarning 
tarkibiy qismlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni muvozanat holatda emas, balki u 
doimo harakatda bo‘ladi hamda landshaftning evolyusiyasini, ya‘ni asta-sekin 
muttasil rivojlanib borishini, hamda uning oqibatida bir lanshaft o‘rnida boshqasi 
hosil bo‘lishini ta‘kidlab o‘tadi.
1926-1927 yillarda I.V.Larin (1889-1972) ham o‘zining landshaftlarni o‘rganishga 
bag‘ishlangan ilmiy maqolalarini e‘lon qildi. Uning Ural guberniyasi hamda 
Kaspiybo‘yi pasttekisliklaridagi Shiji yoyilmalari landshaflariga tegishli ishlarida 
o‘simlik qoplami bilan landshaft o‘rtasida juda katta bog‘liqlik mavjudligi va shu 
bilan birga landshaflarni o‘simliklarga qarab aniqlash uslubikasi yoritib berilgan. 
Ushbu ilmiy ishlarda aniq landshaft xaritalari va ularga bog‘liq holda 
landshaftlarning batafsil tahlili ham keltirilgan. Undan tashqari tabiiy geografik 
komplekslarning eng kishigi, boshqa bo‘linmaydigan mikrolandshaft haqidagi 
g‘oya ham ilgari surilgan.
Landshaftshunoslik sohasidagi nazariy izlanishlar va qizg‘in munozaralarga 
L.S.Bergning (1931) landshaft-geografik zonalar haqidagi kitobining bosilib 
chiqishi asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Bu yirik ilmiy asarning kirish qismida 
landshaft haqidagi ta‘limot asoslari qisqasha bayon etilgan. Unda L.S.Berg 
landshaft tushunchasining izohini to‘ldirishga va aniqlashtirishga harakat qilgan. 
Shu bilan birga landshaftlarning vaqt mobaynida o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarning 
shakllari va sabablari haqida bir qator muhim fikrlarni bildirgan. Ushbu kitobda 
yozilishicha, geografik landshaft shunday bir hodisa va jarayonlarning 
guruhlashganiki, landshaft iqlim, suvlar, tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot 
dunyosi hamda ma‘lum darajada insonning xo‘jalikdagi faoliyati ham uyg‘unlashib 
ketgan garmonik bir butunni tashkil qiladi. Shu bilan birga, u yerning ma‘lum 
tabiat zonasi ichida tipik qaytalanib turadi. Landshaft tushunchasiga berilgan ushbu 
ta‘rif L.S.Bergning 1936, 1938, 1939-yillarda nashr qilingan ishlarida ham 
qaytalanadi. Ammo, u keyinshalik 1945 va 1948 yillarda ―Landshaft‖ atamasi 
o‘rniga ―geografik aspekt‖ atamasini ishlatishni lozim topadi.
Tabiiy geografiyada Dokuchaevsha genetik bo‘linishni va uni L.S.Berg asarlarida 
rivojlantirilishini tahlil qilgan A.G.Isashenko (1955) L.S.Bergning ilmiy 



faoliyatidagi 3 ta asosiy yo‘nalishni ajratadi. Bular: 1) geografik zonalar haqidagi 
ta‘limot, 2) geografik landshaft haqidagi ta‘limot va 3) yer yuzasi tabiati (geografik 
muhit) ning rivojlanishi haqidagi ta‘limotdir. 
Landshaftshunoslikning 
taraqqiyot 
tarixi 
haqida so‘z yuritilar ekan, 
L.G.Ramenskiy (1984-1953) bildirgan fikrlar haqida ham to‘xtalib o‘tmasak 
bo‘lmaydi. Shunki landshaft morfologik tuzilishi haqidagi dastlabki fikrlar va 
landshaftshunoslikdagi butun boshlik bir yo‘nalishga asos bo‘lgan tushuncha, ya‘ni 
―Landshaftlar regional birliklardir‖ degan tushunchani ilgari surgan kishi 
L.G.Ramenskiydir. U o‘zining 1935 yilda e‘lon qilingan maqolasida 
landshaftshunoslik uchun dastlabki, eng kichik birlik bo‘lib tabiiy sharoiti jihatidan 
bir xil bo‘lgan eng oddiy kompleks - epifatsiyalar hisoblanadi deb yozgan edi.
Keyinshalik L.G.Ramenskiy (1938) mezokomplekslarni urochishalar deb ataydi va 
epifatsiyalarning ma‘lum bir guruhi, ya‘ni o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lganlari 
birgalikda urochishalarni tashkil qilishini ta‘kidlab o‘tadi. Uning fikriga qaraganda 
landshaftlarni tashkil qiluvchi urochishalar namlik, issiqlik va turli moddalar 
almashinuvi orqali o‘zaro bog‘liq va aloqadordir hamda bir butun moddiy tizimdir. 
Uning bu mulohazalari landshaftning morfologik strukturasini oshib berishga 
qaratilgan dastlabki qadam edi. 
Landshaft regional birliklar degan tushunchaning tarafdorlaridan yana biri, tabiiy 
geografiyaning nazariyasi, yerning geografik qonuniyatlari va geografik landshaft 
haqidagi ta‘limot bo‘yisha bir qator ilmiy asarlar yaratgan olim S.V.Kalesnik 
(1901-1977) hisoblanadi. Uning fikrisha, har bir landshaft tabiiy geografiyaning 
asosiy birligidir, ya‘ni tabiiy geografik rayon bilan landshaft ikkalasi bir narsadir. 
Landshaftdan kichik bo‘lgan tabiiy geografik komplekslarni o‘rganish boshqa 
fanning vazifasidir. 
Landshaft va ularning turli taksonomik qiymatga ega bo‘lgan guruhlari regional 
tabiiy geografiyaning asl ob‘ektidir deb hisoblagan S.V.Kalesnik (1952), tabiiy 
geografiya landshaftlarni, ularning tarkibi, tashqi ko‘rinishi, strukturasi va 
rivojlanish qonuniyatlari jihatidan o‘rganadi deb yozadi. Uningsha, landshaft yer 
yuzasining shunday bir qismiki, u boshqa qismlaridan sifat jihatidan farq qiladi, 
tabiiy chegaralar bilan chegaralangan bo‘ladi. Landshaft predmet va xodisalarning 
o‘zaro bog‘langan bir butun yig‘indisi bo‘lib, anshagina katta hududda tipik 
namoyon bo‘lib turadi va har tomonlama yerning landshaft qobig‘i bilan uzluksiz 
bog‘liqdir.
Agar V.V.Dokuchaev izlanishlaridan boshlab to 40-yillarning boshlariga qadar 
bo‘lgan davrdagi landshaftshunoslikning rivojlanish tarixaga qisqasha yakun 
yasaydigan bo‘lsak, quyidagilarni ta‘kidlab o‘tish lozim bo‘ladi:
1) yangi tabiiy geografiyaning, shu jumladan landshaftshunoslikning vujudga 
kelishiga asosan V.V.Dokuchaevning (1893-1899) jonli va jonsiz tabiat orasidagi 
aloqalar haqidagi g‘oyasi sabab bo‘ldi. 20-asrning boshlariga kelib tabiiy geografik 
komplekslar haqidagi yangi bir fanning yuzaga kelishi muqarrar bo‘lib qolgan edi;
2) 
A.A.Borzov, 
G.F.Morozov, 
L.S.Berg, 
R.N.Abolin, 
B.B.Polinov, 
L.G.Ramenskiy va boshqalarning ilmiy izlanishlari natijasida landshaft haqidagi 
ta‘limot shakllana boshladi. Yirik va o‘rta masshtabli landshaft xaritalarini yaratish 
jarayonida kattami-kichikmi tabiiy geografik komplekslar mavjud ekanligi va 



ularni hosil qiluvchi komponentlari haqiqatdan ham bir-biri bilan shambarshas 
bog‘liq va uzviy aloqador ekanligi ma‘lum bo‘ldi; 
3) landshaftlar o‘zidan kichik bo‘lgan tabiiy geografik komplekslar - urochisha va 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin