MA’RUZA№3
Mavzu: Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari.
Reja:
1.
Foydali qazilmalar shakllari.
2.
Qatlamlar, Er tomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega
bo’lgan foydali qazilma konlari.
3.
Ruda konlarining xarakteristikasi.
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar: Foydali qazilmalar shakllari, qatlamlar, er tomir,
shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo’lgan
foydali qazilma
konlari, ruda konlarining xarakteristikasi.
Qattiq foydali qazilma konlari Yer qobig‘ida joylashish bo‘yicha to‘g‘ri va
noto‘g‘ri shaklli konlarga ajratiladi.
To‘g‘ri shaklli konlarni qatlamli va qatlamsimon ko‘rinishga ega bo‘lgan
konlar tashkil qiladi
Yer qobig‘ida keng tarqalgan, plitasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan,
har ikki
tomonidan bir-biriga deyarli parallel tekisliklar bilan chegaralangan foydali qazilma
yotqizig‘i ―qatlam‖ deb ataladi. Ikki jins qatlamini bir- biri bilan ustma-ust tutashish
tekisligi qatlamlanish tekisligi deyiladi.
Foydali qazilma qatlami tepasiga
joylashgan jins
qatlami qatlamning shifti
yoki ―osilma‖ yoni deyiladi.
Qatlam ostidagi jinslar esa – qatlam
asosi (zamini) yoki ―yotish‖ yoni deyiladi.
Qatlamlar oddiy (bir tarkibli) va
murakkab (ko‘p tarkibli) bo‘lishi mumkin.
Ch
o‘kindi
jinslar
tarkibida
hosil
bo‘lgan
foydali qazilma konlari, asosan,
to‘g‘ri shaklli konlar hisoblanadi (ko‘mir,
yonuvchi slanetslar,
mineral tuzlar, gips,
marganets va boshqa foydali qazilma
konlari).
Bir necha qatlamlar Yer qobig‘ida
o‘zaro parallel va bir-biriga yaqin
joylashgan bo‘lsa, ularni qatlamlar
dastasi
(svitasi) deb ataladi.
4.1-rasm. Qatlam tuzilishi:
a-sodda; b-murakkab
Yer tomir, shtok, linza va shu kabi nogeometrik shaklga ega bo‘lgan foydali
qazilma konlari noto‘g‘ri shaklli
konlar hisoblanadi Odatda, ruda konlari noto‘g‘ri
shaklli konlardir.
14