13-ma’ruza Gaz konlarini ishga tushirishda quduqlarni joylashtirish Reja


 Quduqlarni joylashtirish sistemasi to’rlarining yaxshi va yomon



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix01.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#86050
1   2   3   4
13-ma\'ruza

13.3. Quduqlarni joylashtirish sistemasi to’rlarining yaxshi va yomon 
tomonlari. 
Quduqlarni joylashtirish sistemalarining ijobiy va salbiy tomonlari, ya’ni 
yaxshi va yomon tomonlari mavjud. 
1. Quduqlarni bir tekis joylashtirish kollektorlik xususiyati bir xil bo’lgan 
qatlamlar ustida qo’llaniladi. Bunday sistemani tabiiy gaz konlari gaz bosimi 
rejimida ishlaganda tavsiya etiladi. Quduqlarni bir tekis joylashtirish sistemasining 
yutuq tomonlari quyidagilar: 
- bosimning bir tekis o’zgarishi va bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o’tganda 
kam farq qilishi; 
- quduqlarning debiti asosan qatlam bosimiga bog’liq; 
- boshqa hamma sharoitlar bir xil bo’lganda quduqlar debiti boshqa 
sistemalarga nisbatan ko’proq; 
- konni ishlatish uchun kamroq quduqlar kerak; 
- quduqlar ustida bosim asta-sekin tushadi, shuning uchun kompressorsiz 
ishlatish davri uzunroq; 
- past haroratli ajratish qurilmasi uzoqroq ishlaydi; 
- nazariya jihatdan hisob kitob ishlari (formulalari) to’liq ishlab chiqilgan; 
- hisoblash ishlari ancha oson. 
Kamchiliklari: 
- gaz yig’uvchi kommunikatsiyalarning uzunligi oshadi; 
- suv bosimi rejimi bo’lsa suv tezroq bostirib kira boshlaydi. 
Nazariy tadqiqotlarga ko’ra quduqlarni bir tekis joylashtirish sistemasi 
qo’llanganda to’rni zichlashtirish a koeffitsiyentining kamayishiga olib keladi, v esa 
o’zgarishsiz qoladi. Bu esa bir vaqtning o’zida kichik depressiya bilan ko’proq gaz 
olish mumkinligini ko’rsatadi. Quduqlar sonining ortishi gaz olish miqdorining 
oshishiga olib keladi va konning tezroq tugashiga olib keladi. 
2. Batareya usulida quduqlarni joylashtirish. Batareya usulida quduqlarni 
joylashtirish usuli gazkondensat konlarida qatlam bosimini ushlab turish vaqtida 
qo’llaniladi. 
Yutuqlari: 
- gaz va kondensatni yig’ish sistemasining soddaligi; 
- konni ishga tushirish vaqtini tezlashishi; 
- jihozlash sistemasiga ketgan kapital harajatlar qisqaradi
- gaz-suv kontaktini boshqarishga imkoniyat ko’proq bo’ladi. 


Kamchiliklari: 
- quduq tubi va quduq usti bosimlarining tez tushishi; 
- qo’shimcha quduqlarni ertaroq qo’shish kerakligi; 
- ishlashning kompressorsiz ishlatish davrining qisqarishi; 
- hisob kitob ishlarining qiyinligi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin