3. Quduqlarni uyum markazida joylashtirish (3.6-rasm).
4. Quduqlarni shoxsimon ko’rinishda joylashtirish (3.7-rasm).
5. Gazlilik maydon ustiga quduqlarni notekis joylashtirish (3.8-rasm).
3.3-rasm Quduqlarni bir tekis
to’rtburchak
yoki uchburchak
to’r bo’yicha joylashtirish .
3.4-rasm.Quduqlarni
halqasimon to’r shaklida
joylashtirish
3.5-rasm. Quduqlarni zanjirli
to’r
shaklida joylashtirish
3.6-rasm. Quduqlarni uyum
markazida joylashtirish
3.7-rasm. Quduqlarni
shoxsimon ko’rinishda
joylashtirish
3.8-rasm. Gazlilik maydon
ustiga quduqlarni notekis
joylashtirish
Gaz konlarini ishlash va loyihalashtirish
amaliyoti nuqtai nazaridan
quduqlarni bir tekis joylashtirish deganda shunday quduqlarni gazli maydonga
joylashtirish sistemasi tushuniladiki, bunda ishlash jarayonida umumiy depressiya
voronkasi hosil bo’lmaydi, ya’ni har bir quduq atrofida qatlam bosimi deyarli bir xil
va o’rtacha qatlam bosimiga juda yaqin bo’ladi.
Quduqlarni bir tekis joylashtirish kollektorlik xususiyati bir xil bo’lgan
qatlamlar ustida qo’llaniladi. Bunday sistemani tabiiy
gaz konlari gaz bosimi
rejimida ishlaganda tavsiya etiladi.
Quduqlarni bir tekis joylashtirish ikki xil bo’lishi mumkin: to’rtburchakli yoki
uchburchakli usul.
To’r bir tekis hisoblanishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:
;
~
const
q
i
i
const
Q
i
i
~
Bir xil sifatli qatlamlar uchun geometrik tekis to’rni qo’llash mumkin.
To’rning formasiga avval burg’ilangan razvedka quduqlari va yer yuzasidagi shart-
sharoit ta’sir qiladi. To’rning formasiga turli faktorlar ta’sir qiladi. Bulardan
quyidagilarni ko’rsatib o’tsa bo’ladi: konning o’lchamlari
va formasi, ishlatish
ob’ektlari soni, kon tuzilishining geologik xususiyatlari, kollektorlik xossalarining
maydon bo’ylab taqsimlanishi, kon rejimi, ishlashning texnik iqtisodiy sharoitlari,
geografik va
iqlimiy sharoitlar, razvedka quduqlarining soni.
Gaz va gazkondensat konlarini geologik tuzilishini o’rganish uchun razvedka
quduqlari burg’ilanadi. Konni ishga tushirish bilan ko’pgina razvedka quduqlari
qazib chiqaruvchi quduqlarga aylantiriladi. Shunga ko’ra
razvedka quduqlarining
joylashishi qazib chiqaruvchi quduqlarni joylashtirish sistemasiga ta’sir etadi.
Shuning uchun amaliyotda gazli maydonda quduqlarni notekis joylashtirish
sistemasi qo’llaniladi.
Konlarda quduqlarni joylashtirish ularning geometrik shakliga ham bog’liq.
Har bir kon turlicha geometrik shaklda bo’lishi mumkin.
Bu shakldagi konlarda
quduqlar zanjirli yoki halqasimon usullarda joylashtirilishi mumkin.
Ba’zi bir konlar borki, ularda quduqlarni
faqat uyumlarning markazida
joylashtirish mumkin.
Tabiiy gaz konlarining zaxiralari katta bo’lsa va geometrik shakli turlicha
bo’lsa, quduqlar shoxsimon ko’rinishda joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: