“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022 57 takrorlanuvchi moddalar kiradi. Odatda molekulyar massasi 5000 u.b. gacha bo‘lgan
polimerlar oligopolimerlar deb ham ataladi.
Polimerlarning
makromolekulalari
zanjirli
tuzilishga ega bo‘lib,
takrorlanuvchi struktura birliklaridan, yani struktura zvenolaridan tashkil topgan.
Agar makromolekulaning struktura zveno bitta monomerdan hosil bo‘lgan bo‘lsa
monomerli (elementar) zvenoga ega polimer hisoblanadi. Masalan, polietilen (-CH
2
-
) zvenodan tashkil topgan bo‘lib, elementar zvenoga (-CH
2
-CH
2
-) struktura muofiq
keladi. Elementar zvenoning o‘zaro bog‘lanishi natijasida polimer makromolekula
zanjiri (asosiy zanjir) hosil bo‘ladi, bu zanjirda joylashgan o‘rinbosarlar esa yon
zanjir hisoblanadi. Elementar zvenolarning bir xilda takrorlanishidan hosil bo‘lgan
polimerlar –regulyar polimerlar deb ataladi. Polimerlarning makromolekulalari
orasidagi tasir natijasida blok va payvand polimerlar hosil qilinadi.Blok polimerlar
makromolekulalar zanjirining boshi va oxirgi qismlarining o‘zaro bog‘lanishidan
hosil qilinadi. Payvand polimerlarda esa birinchi polimer makromolekulasining yon
qismiga ikkinchi polimer makromolekulasi birikishi (tikilishi)dan hosil bo‘ladi.
Yuqori molekulyar birikmalar va polimerlar kimyoviy tabiatiga ko‘ra
organik va anorganik guruhlarga bo‘linadi. YUqori molekulyar birikmalar tarkibida
(ugleroddan va N, O, S va galogenlardan tashqari) boshqa atomlar va atomlar guruhi
bo‘lsa, ular elementorganik polimerlar deb ataladi.
Yuqori molekulyar birikmalarda asosiy kimyoviy bog‘lanish kovalent
bog‘lanish hisoblanadi. Uning hosil bo‘lishi almashinish yoki donor – akseptor
mexanizmida sodir bo‘ladi. donor akseptorli mexanizmda koordinatsion polimerlar
hosil bo‘ladi.
Kelib chiqishiga ko‘ra yuqori molekulyar birikmalar yana ikkita katta
guruhga bo‘linadi. Bular tabiiy yoki biopolimerlar (oqsillar, polisaxaridlar, nuklein
kislotalar) va sintetik polimerlarga (polietilen, polixlorvinil, fenolformaldegid va b).
Makromolekulasida tuzilish fragmentlarining joylashishiga ko‘ra yuqori
molekulyar birikmalarni uch turga bo‘lish mumkin.