“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022
56
YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALARNING XOSSALARI VA
AHAMIYATI.
Azizova Dilobar Qudratillaevna
Toshkent viloyati Qibray tumani
25-umumiy o‘rta talim maktabi
Kimyo fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada yuqori molekulyar birikmalarning olinishi,
xosil bo‘lish
mexanizmi, o‘ziga xos xossalari va ishlatilish sohalar va ahamiyati
haqida hamda kimyoviy ishlab chiqarishning ajralmas bir qismi ekanligi haqida so‘z
boradi.
Kalit
so‘zlar:polimer,
monomer,
makromolekula,
sopolimer,
plastmassalar, plastifikator,
sintetik YMB, termoreaktiv va termoplastik
plastmassalar, Sun’iy va sintetik tolalar.
Polimerlanish - bir xil molekulalarning ketma-ket yanada yirik molekula-
lar hosil qilib birikish reaksiyasi. Polimerlanish
natijasida yuqori molekular
moddalar - polimerlar hosil bo‘ladi. Polimer molekulalari makromolekula deb
ataladi.Makromolekulani hosil qiladigan quyi molekular
birikmalar - monomerlar
deb ataladi. Polimer hosil bo‘lishidagi monomerlar soni - polimerlanish darajasidir.
Polimerlarning molekular massasi - doimiy kattalik emas,
balki polimerlanish
darajasi asosidagi o‘rtacha qiymatdir.
Molekulyar massasi bir necha mingdan bir necha o‘n million uglerod birligi
bilan tasniflanuvchi ko‘plab kimyoviy obektlar mavjud.
Bunday kimyoviy
birikmalar yuqori molekulyar birikmalar yoki polimer moddalar deyiladi va ularning
molekulalari makromolekulalar deb ataladi. Aslida yuqori molekulyar birikmalar va
polimer moddalar bir xil emas. Birinchi toifaga molekulyar massasi 5000 u.b. dan
yuqori bo‘lgan kimyoviy birikmalar kiradi. Ikkinchisiga esa bu qiymatdan kichik
molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan malum struktura
fragmentlari muntazam