“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022 62 • Plastmassalarga ishlov berish va ulardan foydalanishda xossalarini
saqlashga yordam beravchi - stabilizatorlar (antioksidant, nur stabilizatorlari).
•
Plastmassaga dekorativ rang lar berish uchun - bo‘yoqlar va boshqa moddalar.
Plastmassa tarkibiga kiruvchi polimer (smola) barcha komponentlami bog‘lab
turadi. Plastmassalaming xossalari ularni tashkil etadigan polimerlarga ham
bog‘liq. Buyum tayyorlashda polimer bilan bog‘liq o‘zgarishlarga qarab,
plastmassalar ikkiga: termoreaktiv va termoplastik plastmassalarga bo‘linadi:
• Termoplastik plastmassalar - chiziqli polimerlar (polietilen, polipropilen,
polivinilxlorid, polistirol va b.) asosida olinadi, ular yuqori harorat va bosimda
plastiklik va oquvchanlik xususiyatiga, sovuganda yana qattiq holatga ega
bo‘lib qoladi.
• Termoreaktiv plastmassalar - quyi molekular polimerlardan olinadi. Ular
buyum shakllantirilayotganda kimyoviy reaksiyalar natijasida fazoviy-
tikilgan (to‘r strukturasi) suyuqlanmaydigan va erimaydigan materiallardir
(fenolformaldegid plastmassalar).
Polietilen olish misolida mahsulotga olinish usullari qanday ta’sir etishini ko‘rib
chiqamiz. Polietilenni ikki usulda: yuqori bosimda (150-300 mPa, 200- 280°C) va
quyi bosimda (0,2-2,5 mPa, 80-100°C) olish mumkin. 1-jadvalda bu ikki usulda
olingan polietilenning ba’zi xossalari keltirilgan.
1-jadval
Xossalar
Polietilen
Yuqori bosimda
Quyi bosimda
Molekular massa
60000-500000
80000-800000
Kristallanish darajasi, % 50-65
75-90
Zichligi, kg/m
910-930
950-970
Suyuqlanish darajasi, °C 105-108
120-130
Yuqori bosimda olingan polietilen qat’iy chiziqli tuzilishga ega emas. Uning
molekulalarida tarmoqlanishlar yuzaga keladi va kristallik darajasi quyi bosim
polietilennikidan kichikroq.