“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.03.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#86248
1   2   3   4   5   6   7   8
56-63

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 

Volume-9, Issue-2, May - 2022
 
59 
sistematik 
nomenklaturadan 
foydalaniladi.ularni, 
polimerizatlar 
yoki 
polikondensatlar deb ham atash mumkin. 
Polimerlar quyi molekulyar birikmalarga o‘xshab aniq temperaturada emas, 
balki malum temperatura oralig‘ida suyuqlanadi.Bazi polimerlar umuman 
suyuqlanmaydi. Polimerlar haydalmaydi, kam eruvchan,.ularning eritmalari katta 
qovushqoqlikka ega. Polimerlar mexanik jihatdan yuqori mustahkamligi bilan 
ajralib turadi. Bularning barchasi polimerlar tuzilishining o‘ziga xosligi bilan 
izohlanadi. 
Moddani suyuqlantirish uchun qizdirib, uning molekulalari orasidagi 
tortishish kuchini engish kerak. YMBlarda makromolekulalar bir-biri bilan ko‘p 
sonli bog‘lar orqali tortilib turadi va bu tortishish kuchlarini engish ko‘p energiya 
sarf qilish kerak bo‘ladi. Polimerlanish darajasi ayni polimer molekulalari uchun 
doimiy kattalik bo‘lmagani bois molekulaning massasi har xil, shuning uchun 
qizdirilganda, avval kichik massali molekulalarning harakatchanligi ortadi, uzoq 
vaqt qizdirishdan so‘ng katta makromolekulalar ham harakatchanlikka ega bo‘lib 
boradi. SHu sababli YMBlar aniq suyuqlanish temperaturasiga ega emas. Haydash 
uchun kuchli qizdirish kerak, shundagina polimer makromolekulalari uchuvchan 
holga kelishi mumkin, lekin kuchli qizdirishda polimer molekulalari parchalanib 
ketadi, haydash esa mumkin bo‘lmay qoladi. 
Ko‘p polimerlarning kam eruvchanligi erituvchining kichik molekulalari 
makromolekulalarni ajrata olmasligi bilan izohlanadi. 
YMBlarni mexanik mustahkamligi malekulalararo kuchning kattaligi bilan 
izohlanadi. 
Hozirgi paytda polimerlardan tayyorlangan buyumlar xalq xo‘jaligining 
deyarli barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Biz tabiiy kauchukdan tayyorlangan 
rezina buyumlarni, paxta tolasidan to‘qilgan kiyim-kechaklarni, sintetik yo‘l bilan 
olingan polietilendan yasalgan har xil buyumlarni juda yaxshi bilamiz. 
Polimerlar ishlatilishi: 
1. Mashinasozlikda



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin