56
4. Arxiv ro’yxatlari qanday qismlardan iborat?
5. Ro’yxatning yakuniy yozuvida nimalar aks ettiriladi?
6. Ro’yxatning ko’makchi ma’lumotnoma apparitiga nimalar kiradi?
7. Arxiv ro’yxatlari tuzish usullari to’g’risida nimalarni bilasiz?
8. Alohida ro’yxatlar qanday materiallar uchun tuziladi?
9. Ro’yxat tuzishning varaq shakli xususida so’zlab bering.
10. Ro’yxatlarning tavsifiy qismida qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?
11. Bir necha jilddan iborat yig’majildlarga qay tarzda tartib ra-qami qo’yiladi?
12. Arxiv ro’yxatlarining «Izoh» deb nomlangan ustunida nimalar qayd etilishi
lozim?
13. «Arxiv ro’yxatlarini tuzishda differensial yondashuv»
degan iborani izohlab
bering.
Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR. Moskva, 1980.
13- Mavzu: Arxiv kataloglari
Reja
1. Kataloglar haqidagi tushuncha
2. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish
3. Kataloglarning turlari
4. Kataloglashtirish uchun hujjatlarni tanlab olish va axborotni bayoni
qilish usuli
Katalog arxiv ma’lumotnomalarining bir turidir.
Unda hujjatlar haqidagi (kartochkalarga yozilgan)
axborotlar
mavzular,
tarmoqlar
bo’yicha
guruhlashtirilgan bo’ladi. Kataloglar alohida bir fondga, arxivning barcha fondiga,
bir necha arxivlarga va xatto respublika davlat arxiv fondiga tuzilishi mumkin.
Katalog fondlararo, arxivlararo ma’lumotnoma hisoblanadi.
U arxiv
ma’lumotnomalari orasida muhim o’rin tutadi.
Kataloglar bir arxivning fondlari to’risida, shuningdek bir necha arxivlarda
saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida to’la ma’lumotlar olish
imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv ilmiy ma’lumotnoma
apparatining
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xar bir davlat arxivida hujjatlarni kataloglashtirish
ishlari
amalga
oshiriladi.
Arxiv
hujjatlarini
kataloglashtirish
deganda
kataloglar
tuzish
Dostları ilə paylaş: