4
aloqalarni yo’lga qo’yish, hujjatlarni saqlash va ularni himoya qilish borasida katta
ishlarni amalga oshirmoqda. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum”
nomli jurnal nashr etmoqda. Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat
ko’rsatmoqda.
Yangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi
tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog’liq ishlar tobora murakkablashib bordi.
Natijada, hujjatlarni hisobga olish, ularni bir tizimga solish va ro’yxatga olishning
yangi-yangi usullari ishlab chiqildi va amalda qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik
fani paydo bo’ldi.
Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni
turkumlash, ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda
foydalanish to’g’risidagi fandir. Mazkur ko’makchi tarix fani arxiv ishining umumiy
qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish
tamoyillarini ishlab chiqadi.
Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlari nihoyatda
ko’pdir. Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni
saralash va saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri
yo’lga qo’yish amri maholdir.
Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo’lajak tarixchi uchun g’oyat
muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar uchun
yo’l ochib beradi, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga yuqori
ilmiy saviyadagi bitiruv-malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash
imkonini beradi.
Mazkur fanni o’rganish arxivshunos kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan ham
zarur. Hozirgi kunda ayrim kasb-hunar kollejlarida “Hujjatshunoslik, arxivshunoslik”
mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashga kirishildi.
Lekin respublikamizning birorta universitet yoki institutida oliy ma’lumotli
arxivshunoslar tayyorlanmaydi. Shu boisdan bu fanni tarix fakulpteti talabalariga
o’rgatish arxivlarni oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ham muhimdir.
Arxivshunoslik kursini o’rganish jarayonida biz O’zbekistonda arxiv
muassasalarining vujudga kelishi, ularning rivojlanish bosqichlari, arxivlarning
hozirgi ahvoli, faoliyatining asosiy yo’nalishlari bilan tanishib boramiz. Shu bilan
birga arxivlarning maqsad va vazifalari, arxivlarga topshiriladigan hujjatlarni tanlash
va saralash, ularni saqlash va turkumlash, hisobga olish, ulardan foydalanish
usullarini o’rganamiz.
Dostları ilə paylaş: