8
turli
tabiiy ofatlar, istilolar hamda to’xtovsiz o’zaro urushlar oqibatida arxivlar va
ularda saqlangan hujjatlar nobud bo’ldi, bizgacha yetib kelmadi. Hozirgi kunda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida
saqlanayotgan eng qadimiy
hujjatlar XIII va undan keyingi asrlarga doir vaqfnomalar hisoblanadi.
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining XIX
asrgacha bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi
bizgacha
yetib
kelmagan.
Xonliklar
hukmronligining so’nggi davri (asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlari)
ga oid
hujjatlar qisman saqlanib qolgan.
1873 yilda chor qo’shinlarining Xivaga qilgan yurishida qatnashgan
sharqshunos A. Kun xon saroyini tintuv qilish chog’ida 300 ga yaqin kitob (sharq
qo’lyozmalari) va har xil hujjatlarni yig’ib oladi. Hujjatlar asosan xonning kirim va
chiqimlari haqida ma’lumot beruvchi materiallar, diplomatik
yozishmalar va bir
qancha vaqfnoma hamda mulkiy yorliqlardan iborat edi. Xiva xoni arxivini o’rgangan
A. Kun o’z vaqtida uning to’liq emasligini va hujjatlar asosan xonlik tarixining
so’nggi davriga oid ekanligini qayd qilgan edi.
Xiva xoni arxivi va kutubxonasini shoshilinch tarzda ko’rib chiqqan A. Kun
ayrim hujjatlarni Rossiya Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyiga topshirish uchun
tanlab oladi, qolganini esa general fon Kaufman imperatorning Sankt-Peterburgdagi
Xalq kutubxonasiga (hozirgi Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasi) ga
sovg’a qilib yuboradi. Shundan so’ng Xiva xonining arxivi hammaning esidan chiqdi.
Ularni 1936 yilda eslatib o’tilgan kutubxonada tadqiqot
ishlarini olib borgan
sharqshunos olim P. Ivanov topdi. Ayni paytda P. Ivanov kutubxonaning
qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan hujjatlarning bir qismi Qo’qon xonligiga tegishli
ekanligini ham aniqladi. P. Ivanov tomonidan hammasi bo’lib turli kattalik va
hajmdagi 120 ta daftar topildi. Hujjatlar 1822-1872 yillarga tegishli edi.
Qo’qon xonligi arxivining taqdiri ham shunga o’xshashdir. Xudoyorxonning
1875 yilda Qo’qondan qochishi, yo’lda
uning karvonini talanishi, Qo’qondagi xon
saroyini qo’zg’olonchilar tomonidan talon-taroj qilinishi natijasida arxiv
hujjatlarining asosiy qismi nobud bo’ldi. Uning saqlanib qolgan qismi esa Qo’qonni
zabt etgan ruslar qo’liga o’tadi. General fon Kaufman Qo’qon xoni arxivining
saqlanib qolgan hujjatlarini nomi yuqoriida zikr
etilgan Sankt-Peterburgdagi
kutubxonaga va qisman Toshkentdagi Xalq kutubxonasiga taqdim etadi. Keyinchalik
Toshkent Xalq kutubxonasi ( hozirgi A. Navoiy nomli O’zbekiston milliy
kutubxonasi) dagi barcha sharq qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi
Sharqshunoslik instituti fondiga topshirilgan. Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin
kutubxonasining qo’lyozmalar fondidagi Qo’qon va Xiva
xonliklariga tegishli arxiv
hujjatlari 1962 yilda Toshkentga qaytarilgan va hozirgi kunda O’zbekiston
Respublikasi Markaziy arxivi fondlarida saqlanmoqda. Qo’qon xoni arxivi haqida
tarixchi olima A. L. Troiskaya 1968 yilda “Katalog arxiva kokandskix xanov XIX v.”
nomli kitobini e’lon qildi. Mazkur kitobda mingdan ko’proq hujjatlarning tavsifi
keltirilgan.
Qo’qon xonligi arxivi hujjatlarini o’rganish borasida t.f.d., prof. A.
Nabiyevning xizmatlari kattadir.
Dostları ilə paylaş: