O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72
arxivshunoslik (1)

Xonliklar davrida arxivlarning 
ahvoli 



Buxoro amirligi arxivi haqida uzoq vaqt hyech narsa ma’lum emas edi. 
Faqatgina 1931 yilning dekabrida Buxoro arkidagi suvab tashlangan yerto’lada arab 
alifbosida, fors-tojik tilida yozilgan nomalar betartib xolda topildi. Dastlab bu 
materiallar Buxoro muzeyiga keltirilib, chek tarzida saralanadi va tartibga keltiriladi. 
1937-1938 yillarda 77764 ta maktub O’zbekiston SSR Markaziy Davlat arxiviga 
o’tkaziladi va bu majmuaga Buxoro amiri Qushbegiisi fondi deb nom beriladi. 
Buxoro amiri Qushbegisi arxividagi hujjatlar XIX asr oxirlaridan to 1920 
yilgacha bo’lgan davrga taalluqlidir. Ular orasida Buxorodagi Rossiya siyosiy 
agentligi bilan ichki va tashqi siyosiy masalalarga doir diplomatik yozishmalar
mansabdor shaxslarning joylardagi ahvol haqidagi xabarlari, soliqlar, xalq sayillarini 
o’tkazish, jinoyat-qidiruv, dehqonlar qo’zg’olonlari, amirlikka olimlar, harbiylar, chet 
elliklarning kelishi, qo’shinlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi, lavozimga 
tayinlash haqidagi yorliqlar va boshqa hujjatlarni uchratish mumkin. Fond 
majmualari orasida faqatgina Qushbegiga yuborilgan materiallar bo’lmay, qozikalon 
va amir xazinasini yurituvchi devonbegiga oid rasmiy hujjatlar ham mavjud. 
Buxoro amirligi arxivi ustida ishlash amirlikning XIX asr oxiri va XX asr 
boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda 
sharqshunos-olimlarning bir guruhi mazkur hujjatlarni o’rganish, tahlil etish, tarjima 
qilish va ilmiy muomalaga kiritish bo’yicha ish olib bormoqda. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’rta Osiyo hududida arxivlar qadimgi 
zamonlardan mavjud bo’lgan. Ammo turli sabablarga ko’ra bu arxivlarning 
ko’pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Biz hozirgi kunda Xorazm podsholari va So’g’d 
davlati arxivlarining ayrim hujjatlarini, shuningdek XVI-XIX asr vaqf hujjatlari 
hamda qisman XIX asrga tegishli Xiva, Qo’qon xonliklari va Buxoro amirligi 
arxivlariga mansub hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga egamiz. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin