12
ahamiyatga ega hujjatlar bozorlar va rastalarda ko’zga tashlanib qolgan edi.
1884 yilda taniqli arxivshunos N. Kalachov
loyihasiga binoan Rossiya
imperiyasi chekka o’lkalarida hujjatlarning ommaviy yo’qotilishiga qarshi arxiv
komissiyasi tuzildi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish va to’plash, arxivlarni ayovsiz
talon-taroj qilish va yo’qotishdan himoya qilish, har xil idoralarda yo’qotishga
ajratilgan hujjatlarni qaytadan ko’rib
chiqish va saralab olish, ularning ilmiy
qimmatini aniqlash bu komissiyaning asosiy maqsadi edi. Biroq komissiya oldiga
yo’gan vazifalar bajarilmay qoldi. Uning idoraviy arxivlarga kirish huquqi yo’q edi.
Komissiya faqat tarixiy arxivlardagi yo’q qilish uchun ajratilgan materiallarni saqlab
qolish huquqiga ega edi, xolos.
Turkiston o’lkasida arxiv ishlarini tashkil etish va tartibga solish bo’yicha
yakkayu yagona harakat K. Kaufman tomonidan qilingan edi. U 1873 yilning oktyabr
oyida mahkamaviy ishlar boshlig’iga Toshkent shahrida Markaziy arxiv uchun imorat
qurish haqida ko’rsatma beradi. Markaziy arxivni to’rt bo’limga ajratish ko’zda
tutilgan edi. Birinchi bo’limga Turkiston general-gubernatorligi idorasining hujjatlari,
ikkinchisiga – viloyat
va shahar boshqarmalari, sud va Toshkent yarmarka
kompleksining hujjatlarini, uchinchisiga – Turkiston harbiy okrugi shtabi,
harbiy
okrug kengashi, okrugdagi barcha topografiya va harbiy qismlarning ishlari qabul
qilinishi kerak edi. To’rtinchisiga esa Sirdaryo viloyati shtabi, komendantlik
boshqarmalari, o’qchi
brigadalari boshqarmasi, gospitallar va boshqa idoralarning
hujjatlari yig’ilishi lozim edi. Markaziy arxivga yiliga 5 ming hujjat to’plash
mo’ljallangan edi.
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Kaufman loyihasida faqat Toshkent
shahridagi va Sirdaryo viloyatidagi hujjatlarni to’plash nazarda tutilgan edi. Qolgan
viloyatlardagi muassasa va tashkilotlar hujjatlarining taqdiri mutlaqo e’tibordan
chetda qolgan.
Lekin, K. Kaufmanning rejasi amalga oshmadi. Shuning uchun ham
mustamlaka Turkistonda hujjatli materiallar tarqoq holda saqlanib qolaverdi.
Turkiston o’lkasidagi bosh muassasa 1867
yilda
tuzilgan
general-gubernatorlik
mahkamasi edi. 1870 yilga qadar mahkamada
hujjatlarni
qayerda va qay tarzda saqlash,
umuman saqlashga zarurat bormi, degan
masala bilan hyech kim qiziqmagan. Faqat, 1870 yili mahkamada shtatlarning oshishi
bilan “jurnalist” (ham arxivshunos, ham ekzekutor) lavozimini ta’sis
etish taklif
etildi. Xudi shu yili 1867-1869 yillarga tegishli bir qism hujjatlarni arxivga topshirish
mo’ljallanadi. Ammo hujjatlar topshirilmasdan qoladi, chunki buning uchun maxsus
xona yo’q edi. Hujjatlar yetti yil mobaynida bosmaxona binosida qayd-yozuvlarsiz
yotadi, foydalanishga esa yo’l qo’yilmaydi. 1877 yil mahkamada qo’shimcha binolar
qurilishi bilanoq ikkita xona arxiv uchun ajratiladi. 1882 yili mahkama
amaldorlaridan tuzilgan maxsus komissiya 1867-1882 yillarda to’lg’azilgan 9968 ta
hujjatni bo’limlardan olib arxivga topshiradi. Arxivga qonun-qoidalarga binoan har
yili tugallangan hujjatlar qabul qilinishi lozim edi. 1904
yilda maxsus komissiya
general-gubernatorlik idorasining arxivini tekshirib chiqib, hujjatlar bo’limlardan
betartib
keltirilgani,
muqovalari
yirtiq
ekani,
qayd-yozuvlar
noto’g’ri
Dostları ilə paylaş: