O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72
arxivshunoslik (1)

Chorizm hukmronligi davrida 
Turkistondagi arxivlarning ahvoli 


13 
to’lg’azayotganini qayd etgan edi. 
Turkiston o’lkasi dagi boshqa yirik muassasalarning arxivlari xaroba xolda edi. 
1907 yilda Sirdaryo viloyatining arxivi joylashgan xona yaroqsiz va buzishga loyiq, 
deb topildi. Bu arxivdagi 2 mingdan ortiq hujjatlarning aksar qismi viloyat 
amaldorlari hamda hujjatlarni saralash va yo’qotish uchun tuzilgan maxsus 
“komissiya” tomonidan nobud qilinadi. 
Qolgan viloyatlarda ham arxiv ishlari o’lda-jo’lda edi. Viloyat boshqarmalari 
mahkamalarida, garchi materiallar soni va salmog’i ancha bo’lsa-da, arxivlar uchun 
maxsus odamlar ajratilmagan edi. Fa-qat, 1881 yilda Kaufmanning “ojizona hisobot 
loyiha”sida viloyat boshqarmalari mahkamalarida jurnalist-arxivchi lavozimini ta’sis 
etish masalasida qo’yiladi. 
Graf K. Palen 1908-1909 yillarda Turkiston o’lkasini taftish etib, o’z 
hisobotida uyezd idoralarida ham arxiv ishlari yomon ahvolda ekanligini qayd qiladi. 
Jumladan, Andijon uyezd boshqarmasida arxiv hujjatlari pastak, tomi loysuvoq, zax 
saroyda joylashtirilgan ekan. Bu binoning omonatligi bois 1902 yilning dekabrida 
sodir bo’lgan zilzila paytida tomi ag’anab tushib, hujjatlar loy va tuproqqa qorishib 
qoladiki, ularni yoqib yuborishdan boshqa chora qolmaydi. 
Taftish bo’yicha hisobotda ayrim hujjatlar, xatto ba’zi uyezd boshqarma 
mahkamalarida butun-butun ishlar yo’qolayotgani aytiladi. Taftishchilar Samarqand, 
Farg’ona va boshqa viloyatlarda ko’pgina volost mahkamalari mirzolari mahkamaviy 
tartib haqida hyech qanday tasavvurga ega emas, degan xulosaga keldi. Kelgan va 
ketgan xatlar ro’yxat qilib borilmagan, tugallangan ishlarga qayd-yozuvlar 
qo’yilmagan edi. 
Mahalliy tashkilotlar – qozilar, boylar, oqsoqollar hujjatlari joylarda 1917 yilga 
qadar saqlanib qoldi. Lekin bundan keyingi voqyealar, ya’ni inqilob, fuqarolar urushi 
va istiqlolchilik harakati davrida ularning ko’pi yo’q bo’lib ketdi. 
Shunday qilib chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida hujjatlarni saqlash ishi 
yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi. Lekin bundan qat’i nazar, bizgacha yetib kelgan 
hujjatli materiallarda Turkiston o’lkasi gubernatorlik siyosiy-iqtisodiy va madaniy 
hayotining barcha tomonlarini qamrab olgan ma’lumotlar mavjud. Bu haqda 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining inqilobdan oldingi fondlari 
guvohlik beradi. Ular XIX asrning ikkinchi yarmidan to 1917 yilgacha bo’lgan O’rta 
Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda bebaho manba bo’lib xizmat qiladi. Mazkur 
fondlar o’lkaning o’sha davrdagi ma’muriy tuzilishi, Rossiyaning Afg’oniston, Eron, 
Buxoro va Xiva bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarini, o’lkada tog’-qazilma 
boyliklari va paxtani qayta ishlash sanoatining vujudga kelishi va xalq maorifi 
ahvolini teran o’rganishga imkoniyat beradi. Arxiv fondlarining katta qismi o’lkada 
inqilobiy harakatning o’sishi, 1905-1907 yilgi voqyealar, 1912 yilgi sapyorlar 
qo’zg’oloni, 1917 yil fevralg’ inqilobi, Toshkentdagi sentyabrg’ voqyealari haqida 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin