16
DAF hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratib olingan
hujjatlar tartibga solindi va ro’yxatlashtirildi. 1924 yilga kelib barcha saqlanayotgan
arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solib bo’lingan edi.
Arxiv
hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda
foydalanish imkonini berdi. Arxiv tashkilotlari hujjatlar ko’rgazmalarini tashkil
etdilar, idoralarga ma’lumotnomalar
berdilar, qiroatxonalar orqali hujjatlardan
foydalanishni yo’lga qo’ydilar.
1924-1925 yillarda O’rta Osiyoda milliy-
davlat chegaralanishi o’tkazildi.
Natijada
O’zbekiston SSR va boshqa ittifoqdosh
hamda muxtor respublika va viloyatlar
tashkil qilindi. Turkiston ASSR ning yagona arxiv fondi yangi tuzilgan respublikalar
o’rtasida quyidagi tartibda tuzildi. O’rta Osiyo va ittifoqdosh ahamiyatga ega bo’lgan
arxiv fondlari O’rta Osiyo Markaziy arxivida – Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har
bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikalarga berildi. Lekin O’rta
Osiyo
Markaziy Arxivi tuzilmaganligi bois O’rta Osiyo ahamiyatiga ega arxiv fondlari ham
O’zbekistn arxiv boshqarmasiga berildi. Shunday qilib, O’zbekiston arxiv fondida
nafaqat respublika tarixiga balki O’rta Osiyo tarixiga doir
materiallar saqlanadigan
bo’ldi.
O’zbekiston SSR MIK va XSKning 1925 yil 22 iyulg’ qarori bilan “O’zSSR
arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga
ko’ra respublikada yagona DAF tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat,
kooperativ, kasaba uyushmalari
tashkilotlari arxivlari, shuningdek diniy va shaxsiy
arxivlar kiritiladi, deb ko’rsatildi.
Viloyatlarda arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg’ona, Samarqand,
Toshkent, Zarafshon viloyat arxiv byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi.
1930 yil 9 aprelda O’zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O’zSSR arxiv ishlari
boshqarmasi “O’zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi” deb o’zgartirildi.
O’zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi (MAB) huzurida O’zSSR
Oktyabrp inqilobi
Markaziy davlat arxivi va O’zSSR Markaziy Tarix arxivi tashkil qilindi. Farg’ona va
Samarqand shaharlarida ularning bo’limlari tashkil etildi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qarorda idoralar davlat arxiviga faqat doimiy
saqlanadigan
hujjatlarnigina topshirishlari
uqtirildi.
Vaqtincha
(3-10
yil)
saqlanadigan hujjatlarni idoralarning o’zlari maxsus komissiya tuzib yo’q
qilishi
ta’kidlandi. Bu qoida davlat arxivlari ishini ancha yengillashtirdi.
1931 yil 20 maydagi hukumat qaroriga asosan ma’muriy jihatdan markaziy
Arxiv boshqarmasi O’zSSR MIKga bo’ysundirildi. Mazkur qarorga binoan kasaba
uyushmalari arxivlari MDA tarkibiga kiritilgan edi. 1933 yilda O’zSSR
Kasaba
uyushmasi harakati markaziy arxivi tashkil qilindi. Bu arxiv 1942 yilgacha faoliyat
ko’rsatdi va yana O’zR MDAga qo’shib yuborildi.
1934 yil iyulda SSR MIK qarori bilan O’zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi.
1945 yil oxirida bu arxiv tugatildi va uning fondlari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya
Markaziy Arxiviga olib ketildi.
Dostları ilə paylaş: