5
Arxiv
– (lotincha «arxivum” – mahkama, muassasa) muhim
ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan
hujjat va
materiallar saqlanadigan idora yoki muassasa.
Metroon ibodatxonasi
qoshidagi arxiv
– Qadimgi Afinadagi mashhur
arxivlardan biri
Senat arxivi
– Rim respublikasining asosiy arxivi
Vatikan arxivi
– V asrda tashkil etilgan va hozirgi kunda ham
faoliyat ko’rsatayotgan yirik arxiv
Fransiya Markaziy
Davlat arxiv ivi
- Konventning 1791 yilgi
dekretiga muvofiq tashkil
etilgan arxiv. Shundan boshlab Fransiya va boshqa
Yevropa davlatlarida
markazlashgan arxiv tizimi
vujudga kela boshladi
Xartiyalar maktabi
– 1821 yilda Fransiyada
ochilgan va arxivshunos
kadrlar tayyorlaydigan ilk oliy o’quv yurti
Xalqaro Arxiv Kengashi – 1948 yilda YuNESKO qoshida
tashkil etilgan va turli
mamlakat arxivlari o’rtasida aloqalar va hamkorlikni
muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilot
“Archivum”
- jurnal, Xalqaro Arxiv Kengashi nashri
Arxivshunoslik
– muhim ijtimoiy ahamiyatga ega hujjat va
materiallarni
turkumlash, bir tizimga solish,
ulardan
ilmiy
va
amaliy
maqsadlarda
foydalanish
to’g’risidagi fan
Nazorat savollari
1. Arxiv nima?
2. Dastlabki arxivlar qachon va qayerda paydo bo’ldi?
3. Qadimgi Yunoniston va Rim arxiv ivlari to’g’risida nimalarni bilasiz?
4. Vatikan arxivi haqida so’z lab bering.
5. Ilk o’rta asrlarda Yevropada arxivlarning ahvoli qanday edi?
6. Markazlashgan davlatlarning tashkil topishi arxiv ishiga qanday ta’sir qildi?
7. Burjua inqiloblari g’alabasidan so’ng arxivlar faoliyatida qanday o’zgarishlar yuz
berdi?
8. Jahondagi eng yirik arxivlar haqida so’zlang.
9. Arxiv ishi sohasidagi xalqaro tashkilot qanday nomlanadi? Bu tashkilot qanday
ishlar bilan shug’ullanadi?
10. Arxivshunoslik fani qachon va nima sababdan paydo bo’ldi?
11. Arxivshunoslik fanining funksiyalari nimalardan iborat?
12. Arxivshunoslik fanini o’rganish qanday amaliy ahamiyatga ega?
Dostları ilə paylaş: