70
Arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash, eng
avvalo, bu yerda bu yerda ishlayotgan
xodimlarning malakasiga va ularning mehnatini
tashkil etishga bog’liqdir. Arxiv xodimlari yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi,
chuqur kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari shart.
Arxiv xodimi hujjatlar bilan ishlash uslublarini mukammal bilishi,
tadqiqotchilik ko’nikmalariga ega bo’lishi, yuqori malakali va ma’lumotli inson
bo’lishi zarur.
Arxivlarda kadrlar bilan ishlash tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim asosan
quyidagilardan iborat:
kadrlarni to’g’ri tanlash, xodimlar malakasini, tajriba va shaxsiy hislatlarini
hisobga olgan holda ulardan arxiv ishining turli bo’g’inlarida foydalanish;
arxiv xodimlari turli guruhlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyatini
ishlab chiqish;
xodimlar malakasini muttasil oshirib borish;
mehnat intizomini mustahkamlash;
xodimlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirishni yo’lga qo’yish;
jamoada yaxshi psixologik muhitni yaratish
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ularning egallab to’rgan
lavozimiga mos kelishini hisobga olish zarur. Shu maqsadda arxiv direktorlaridan
bo’lim boshlig’igacha bo’lgan rahbar xodimlar uchun tegishli malakaviy tavsiyalar
ishlab chiqiladi. Bundan tashqari har bir xodimning ishchanligi va professional
sifatlarini e’tiborga olish zarur. Shuni ham hisbga olish kerakki, rahbariy
lavozimdagi xodimdan faqat chuqur bilim va ishchanlikgina emas, amaliy ish
sohasida boy tajribasi bo’lishi ham talab qilinadi. Hamma sohada bo’lgani kabi
arxiv xodimlarining barcha guruhlari uchun mansab instruksiyalari ishlab
chiqilgan.
Kadrlar bilan ishlashning muhim yo’nalishi ularning malakasini oshirishdir.
Arxiv xodimlari malakalarini oshirish jamoaviy va yakka tarzda quyidagi
shakllarda amalga oshiriladi:
Oliy o’quv yurtlari va aspiranturada tahsil olish;
Rahbar va ilmiy xodimlarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlarini
o’tkazish. Bunday anjumanlarda xodimlar arxivshunoslik, hujjatshunoslik,
arxeografiya, manbashunoslik fanlarining dolzarb nazariy va uslubiy
muammolariga doir ma’ruzalar eshitadilar
Dostları ilə paylaş: