80
sanasi, turi, nomi, muallifi, kimga qarata yoki kimga nisbatan yozilgani (adresati),
mazmuni ko’rsatiladi.
Hujjatning oxirida «legenda», ya’ni nazorat-ma’lumotnoma yoziladi. Bu
kismda
arxivning nomi, shifri, ya’ni fond nomi,
tartib raqami, ro’yxat raqami,
yig’majild tartib raqami,
jild varaklari, shuningdek hujjatning asl nusxa yoki
ko’chirma ekanligi ko’rsatiladi. Hujjatning «legenda»si quyidagicha ko’rinishga
ega bo’ladi: O’zR MDA, 837-fond, 2-ro’yxat, 24-yig’majild, 10-12-varaqlar. Asl
nusxa.
Hujjatlar to’plam ichida xronologik, mavzular bo’yicha yoki boshqa belgilar
asosida joylashtiriladi.
Odatda to’plam mavzularga bo’lingan bo’ladi.
Hujjatlar mavzular ichida
xronologik tartibda joylashtiriladi.
To’plam ilmiy-ma’lumotnoma apparatida kirish, izohlar,
har xil
ko’rsatkichlar – ismlar, geografik, predmet va boshqalar, mundarija bo’ladi.
Tayanch iboralar
Hujjatlar to’plami
biron-bir mavzuga doir hujjatlarning alohida kitob
shaklida nashr etilishi
Bibliografiya
– (yunoncha «biblio» - kitob, «grafos» - yozaman)
biron-bir
mavzuga doir kitoblar, adabiyotlar
ro’yxati
Legenda
– hujjatning aniq manzili, ya’ni arxiv shifri hamda
uning asl nusxa yoki ko’chirma
nusxa ekanligi
haqidagi qaydnoma
To’plamning ilmiy-ma’lu-
motnoma apparati
– to’plam uchun yoziladigan kirish, izohlar, ismlar
va geografik ko’rsatkichlar, mundarija
Nazorat savollari
1. Hujjatlar to’plami asosan qanday materiallar asosida tuziladi?
2. Nega arxeografik to’plamni tuzishdan oldin adabiyotlar bilan tanishish lozim?
3. Bibliografiya nima?
4. Arxeografik to’plam tuzishda davriy matbuot materiallaridan foydalansa
bo’ladimi? Fikringizni asoslab bering.
5. Arxiv hujjatlarini yig’ishga, tanlab olishga qachon kirishish kerak?
6. Kokret bir mavzu bo’yicha arxiv hujjatlarini qanday qilib topish mumkin?
7. Arxiv hujjatlarini nashrga tayyorlash jarayonida
qanday ishlar amalga
oshiriladi?
8. Hujjatlarni arxeografik jihatdan rasmiylashtirish deganda nimani tushunasiz?
9. To’plamning ichida hujjatlar qanday joylashtiriladi?
10. Hujjatlar to’plamining ilmiy-ma’lumotnoma apparati haqida so’zlab bering.
Dostları ilə paylaş: