O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Муаммоли савол: Шахсий таркиб хужжатлари



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
arxivshunoslik (1)

Муаммоли савол: Шахсий таркиб хужжатлари 
доимий сақлов учун қандай танланади? 


83 
yuritish bilan birgalikda tuzilgani uchun ham hujjatlarning bu turida muassasa 
tarixi, uning tuzilmasi, vazifalari, faoliyati, shuningdek alohida shaxslarning 
tarjimayi holini tadqiq qilish uchun ma’lumotlar jamlangan. Bunday hollarda 
davlat saqlovi uchun shaxsiy tarkibga oid buyruq va farmoyishlarning hammasi 
ajratib olinishi maqsadga muvofiqdir. 
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq va farmoyishlar u yoki bu shaxsning ishga 
tayinlanishi, ishdan ishga ko’chirilishi, ishdan bo’shatilishi hamda lavozimi 
xaqidagi, uning ishdan ishga o’tkazilishi va bo’shatilishi sabablari xaqidagi 
axborotlarni beradi. Bunday axborotlar shaxs anketalarida, shaxsiy tarkib hisobi 
varaqalaridagi tarjimayi hollarda va boshqa hujjatlarda ham mavjuddirki, shaxsiy 
yig’majildlar asosan shunday hujjatlardan tarkib topadi. Ayni paytda shaxsiy 
yig’majildlarda buyruq va farmoyishlar (ulardan olingan nusxa va ko’chirmalar) 
bo’lmasligi ham mumin. Shuning uchun ham agar shaxsiy yig’majilddar 
saqlanmagan bo’lsa, shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq va farmoyishlar davlat 
saqloviga olinishi kerak. 
Ayrim hollarda shaxsiy tarkib hisobi bo’yicha mufassal kitoblar (jurnallar, 
ro’yxat daftari) tuzilgan. Ularda ishchi (xizmatchi) ning familiyasi, ismi, otasining 
ismi, uyi va tug’ilgan joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma’lumoti, partiyaviyligi, ish 
staji, lavozimi va bu lavozimga tayinlangan sana ko’rsatiladi. Bunday kitob (jurnal, 
ro’yxat daftar) lardan ijtimoiy-demografik tadqiqotlarda, shuningdek u yoki bu 
shaxsning tarjimai holini o’rganishda foydalanish mumkin. Shuning uchun ham 
hujjatlarning bu turlari davlat saqloviga qabul qilinishi kerak. 
Qator korxonalarda ishga qabul qilish va bo’shatish haqidagi xatlar 
konvertlarda - shaxsiy yig’majildlarda to’planadi. Bunday hollarda ularni davlat 
saqloviga ajratish shaxsiy yig’majildlar bilan bir xil o’tkaziladi. 
Agar ishga olish va ishdan bo’shatish haqidagi «xatcha» lar alohida 
yig’majildlarda to’plansa, ularni davlat saqloviga qabul qilish masalasi ishchi va 
xizmatchilar hisob varaqalarining nechog’li saqlangani va ularning davlat 
saqloviga qay darajada qabul qilinishiga bog’liq. Chunki bu varaqalarda 
«xatcha»lardagi axborot to’la takrorlanadi. 
Agar arxivlarda talab qilib olinmagan mehnat daftarchalari mavjud bo’lsa, 
davlat saqloviga ularning tarixiy-biografik tadqiqotchilar uchun ahamiyatli bo’lgan 
qismigina ajratib olinishi mumkin. Bunda shaxsiy yig’majildlar uchun o’rnatilgan 
mezonlar nuqtai nazaridan yondashiladi. Shaxsiy jamg’arma tarkibiga kiradigan 
mehnat daftarchalaridan boshqa mehnat daftarchalarini davlat saqloviga qabul 
qilish ma’qul emas. 
Shaxsiy yig’majildlar va odatdagidek ularning tarkibiga kiradigan hujjatlar 
(formulyar, xizmatni o’tash va mehnat ro’yxatlari, rag’batlantirish, bildirishlar, 
ta’til berish haqdagi buyruqlar, obuna, tarjimayi hol, tavsifnoma, kafolatnoma va 
h.) quyidaggi hollarda davlat saqloviga qoldirilishi mumkin: 
agar ular hyech bir tomondan o’zini ko’rsatmagan shaxsga tegishli bo’lgani 
holda bu shaxsiy jildda boshqa mashhur kishilar haqida ma’lumot bo’lsa; 
agar shaxsiy yig’majildda o’sha davr voqyealarini sharhlaydigan, boshqa 
muassasalar ishini ko’rsatadigan faktik axborotlar bo’lsa. 
Shaxsiy yig’majildlarni davlat saqloviga ajratayotganda, yuqorida qayd qilib 


84 
o’tilganidek, ular birma-bir ekspertiza qilinadi, ya’ni varaqma-varaq o’qib 
o’rganiladi. Shaxsiy yig’majildlarda ikkinchi darajali, qaytariq va yaroqsiz 
hujjatlarning ko’plab uchrashi o’z-o’zidan ularni «ichki ekspertiza» natijasi bilan 
yoqib yuborish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. 
Mehnat ro’yxatlaridagi axborot bilan shaxsiy yig’majildlarda to’plangan 
hujjatlardagi ma’lumotlar bir-birini kaytarayotganga o’xshaydi. Shuning uchun 
ham mehnat ro’yxatlarining davlat saqloviga olinishi masalasi mehnat ro’yxatlari 
va shaxsiy yig’majildlarning qay darajada saqlanganligiga qarab hal etiladi. 
Oylik ish haqi miqdorini tasdiqlaydigan hujjatli materiallar (hisob-kitob, 
to’lov, talab vedomostlari) faqat muassasa jamg’armasida kasblar bo’yicha 
o’rtacha ish haqi, ishchilarning yoshi, jinsiga qarab bo’linishi haqida statistik 
materiallar bo’lmagan taqdirdagina davlat saqloviga qoldirilishi mumkin. 
Tarixiy-biografik va ijtimoiy tadqiqotlarda foydalanish mumkin bo’lgani 
uchun shaxsiy mukofotlash yig’majildlari va mukofotlash kog’ozlari davlat 
saqloviga qabul qilinishi lozim. 
Mukofotlash uchun taqdim etilgan shaxslar ro’yxati ularni mukofotlayotgan 
idora tasdig’i bilan davlat saqloviga ro’yxat tasdiqlangan joydan qabul qilinadi. 
«Mukofotlanganlarning shaxsiy hisob varaqlari» nomli kataloglarga solish 
va ilmiy-ma’lumotnoma apparata sifatida foydalanish uchun davlat arxivlariga 
qabul qilinishi mumkin. Mukofotlanganlarning shaxsiy hisob varaqlari ijtimoiy va 
boshqa ilmiy tadqiqotlar uchun katta ilmiy qimmatga ega bo’lgani tufayli ham 
ularni doimiy saqlash tavsiya etiladi. 
Davlat saqloviga birinchi navbatda shaxsiy nafaqaxo’rlarning pensiya 
yig’majildlari ajratib olinishi kerak. Ular o’zida jamiyat va davlat oldida alohida 
xizmat qilgan shaxslar haqida qimmatli ma’lumotlar mujassam etgani bilan ham 
tarixiy-biografik tadqiqotlar uchun foydalidir. Ulardan davlat va jamoat arboblari, 
madaniyat va san’at xodimlari, ko’plab tarixiy voqyealarning bevosita 
ishtirokchilari xaqida bebaho ma’lumot olish mumkin. Shaxsiy nafaqaxo’rlar oila 
a’zolarining pensiya yig’majildlari ham doimiy saqlashga molik. 
Shunday qilib, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni tanlab olish va davlat 
arxivlarida saqlash arxiv xodimlarining muhim ishi bo’lib, bu hujjatlar turkumi 
jamiyat taraqqiyoti jarayonini o’rganishda o’ziga xos betakror manba hisoblanadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin