Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
412
Belgilari:
• Traxoma oddiy konyuktivit kabi ko‘zning
qizarishi, yoshlanishi bilan boshlanadi.
• Bir oy yoki ko‘proqdan so‘ng
yuqori qovoq osti-
da follikul deb ataladigan mayda-mayda kul rang
pufakchalar paydo bo‘ladi. Ularni ko‘rish uchun
rasmda ko‘rsatilgandek qilib qovoqni orqaga
ag‘daring.
• Ko‘z oqi biroz qizargan bo‘ladi.
• Bir necha oydan so‘ng,
agar siz sinchiklab yoki
kattalashtiruvchi oynak orqali ko‘zga qarasangiz,
siz muguz parda yuqori burchagining kul rang
tusga kirganini ko‘rishingiz mumkin,
buning
sababi, uning ichida yangi juda kichkina qon
tomirlar(pannus) paydo bo‘lganligidir.
• Follikul va pannus bo‘lsa, buning traxomaligiga
deyarli shubha yo‘q.
• Bir necha yildan so‘ng follikullar o‘zidan so‘ng
oq chandiqlar qoldirib yo‘qola boshlaydi.
Chandiqlar
qovoqni qalinlashti-
radi va ko‘zni ochib, yumishga
xalaqit berishi mumkin.
Chandiqlar kipriklarni ko‘z ichiga tortishi,
natijada, muguz
pardasining shilinishi
va ko‘rlikka olib kelishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: