80
Masala savoliga birdaniga javob bersa bo‘ladimi?
-Yo‘q.
-Nima uchun?
-
Chunki ikkala poezd 6 soat ichida qancha masofani o‘tganligi noma'lum.
-
Uni topsa bo‘ladimi?
-
Yo‘q.
-Nima uchun?
-Chunki har bir poezd 6 soat ichida qanchadan masofani bosib o‘tganligi
noma'lum.
-Har bir poezd 6 soatda qancha masofani bosib o‘tganligini topsa bo‘ladimi?
-Ha, -qanday qilib?
-Har bir poezd tezligini sarflangan 6 soatga ko‘paytirib.
-Har bir poezd qancha masofani o‘tganligi aniq bo‘lsa, ikkala poezd Shu 6 soat
ichida qancha masofani bosib o‘tganligini topsa bo‘ladimi?
-Ha.
-qaysi amal bilan?
-qo‘shish amali bilan .Birinchi poezd bosib o‘tgan masofani
ikkinchi poezd bosib
o‘tgan masofaga qo‘shib.
-E'ndi masala savoliga javob bersa bo‘ladimi?
-Ha.
- qanday qilib?
-Ikki poezd bosib o‘tgan masofaga 175 km.ni qo‘shib.
-Demak masalamiz nechta ish bilan echilar 'ekan?
-4 ish bilan .Birinchi va ikkinchi ishlar ko‘paytirish va 3-4-ishlar qo‘shish
amallaridir.
IV. Masalani birin-ketin amallarni bajarish va har bir amaldan so‘ng izoh berish
formasida yechamiz.
1) 50*6=300 (km) -birinchi poyezdning 6 soatga bosgan masofasi
2) 60*6=360(km) - ikkinchi poyezdning 6 soatga bosgan masofasi
3) 300+360=660(km)- ikkila poyezdning 6 soatga bosgan masofasi.
4) 660+175=835(km)- harakat boshlanishidan 6 soat keyin poezdlarning bir-
biridan uzoqlikda bulgan masofasi.
Javob: 835 km.
Masala muhokamasining ikkinchi usuli.
-Birinchi poyezd soatiga 50 km tezlik bilan yurib 6
soat ichida qancha masofani
bosib o‘tganligini topsa bo‘ladimi?
-Ha tezlikni vaqtga ko‘paytirib (50,6)
-Ikkinchi poezdning Shuncha vaqt ichida qancha yo‘l yurishini-chi?
-Ha soatiga 60 km.dan yurib 6 soatda (60,6)km yo‘l yuradi.
81
Birinchi va ikkinchi poyezdlarning har birining 6 soatda qancha yurganliklaridan
nimani bilish mumkin?
-Ikkala poezd 6 soatda necha km. yo‘l yurganligini.
-Uni qanday bilish mumkin?
-(50*6) ga (60*6) ni qo‘shib
-Ikkala poyezd 6 soatda yurgan yo‘li ma'lum bo‘lganda nimani aniqlash mumkin?
-Masala savoliga javobni aniqlash mumkin.
-qanday qilib?
-Ikkala poyezd bosib o‘tgan masofaga 175.km.ni qo‘shib.
Demak masala 4 ish bilan echiladi.
Masalani savol qo‘yib echamiz:
1.Birinchi poyezd 6 soatda necha km yo‘l yurgan?
50*6= 300(km)
2.Ikkinchi poezd 6 soat ichida necha km yo‘l yurgan ?
60*6=360(km)
3.Ikkala poezd 6 soat ichida necha km yo‘l yurgan?
300+360=660(km)
4.Harakat boshlangandan 6 soat keyin bu poezdlar bir-biridan qanday masofada
bo‘ladi?
660+175=835(km) Javob: 835 km.
V. Yechilgan masala ustida ishlashning bir necha yo‘llari bor.
Ulardan biri
berilgan masalaga teskari masala tuzish,uni yechish.Ikkinchisi esa masalani turli
usullarda yechish, yana biri masala yechilish chegaralarini aniqlash va hokazo.
Yuqoridagi masala uchun masalani boshqa usul bilan yechish yo‘li bilan tekshirib
ko‘ramiz.
Masalani boshqa
usul bilan yechar ekanmiz, Shu yechish usuliga ko‘ra masala
muhokamasini o‘tkazamiz.
-Birinchi poyezd soatiga 50 km. ikkinchi poyezd soatiga 60 km tezlik bilan yurgan
bo‘lsa, ular bir soatda bir-biridan necha kilometrga uzoqlashishganini topsa
bo‘ladimi?
-Ha.
-qanday qilib?
-50 ga 60ni qo‘shib.
-Dastlabki oraliq masofa (175 km)ni hisobga olmaganda 6 soatda ular
bir-biridan
uzoqlashganini topsa bo‘ladimi?
-Ha, 50 va 60 yig‘indini 6 ga ko‘paytirib.
-E'ndi masala savoliga javob bersa bo‘ladimi?
-Ha ikkala poezdning 6 soatlik uzoqlashgan yo‘liga 175 ni qo‘shib.
-Demak masala necha ish bilan echiladi.
82
-3 ish bilan. Birinchi ish qo‘shish , ikkinchi ko‘paytirish va uchinchi qo‘shish
amallari bilan .
Masalan, echishda birin-ketin amallarni bajarish va izoh bermasdan yozish
formasidan foydalansak:
1.50+60=110(km)
2.110x6=660(km)
3. 660+175=835(km)
Javob: Harakat boshlanganidan 6soat keyin bu poezdlar bir-biridan 835 km
masofada bo‘ladi.
Demak yuqorida masalani to‘g‘ri echgan 'ekanmiz.Shuni qayd qilish lozimki,
oxirgi yechish usuli ( uch ish bilan yechish) dastlabki usul (4 ish bilan yechish) ga
qaraganda qulaydir. Masala yechimini bunday ikki usulda
berishimizning asosida
ko‘paytirish amalining yig‘indiga nisbatan tarqatish xossasidan foydalanish yotadi.
Dostları ilə paylaş: