Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/59
tarix06.03.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#86823
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
majmua SIRTQI MO\'M-22

3- topshiriq 
Berilgan masala qaysi sinfda echiladi? Bu masalani quyidagi bosqichlarga rioya 
qilgan holda bajaring. 
1. Masala matnini o‘zlashtirish. 
2. Masala qisqa shartini tasvirlash. 
3. Masalani muhokama qilish.Echish rejasini tuzish. 
4. Masalani echish va echimni yozish. 
5. Echilgan masala ustida ishlash. 
3-topshiriq.Masalalari. 
(Masalalar boshlang‘ich sinf matematika darsliklaridan olingan) 
1. O‘quvchilar har qatorda 12 tupdan 4 qator olma ko‘chati va har qatorda 20 
tupdan 2 qator olho‘ri ko‘chati o‘tkazishdi. O‘quvchilar hammasi bo‘lib, necha tup 
ko‘chat o‘tqazishgan? 
2. Bir kitob 36 betli, ikkinchi kitob 48 betli. Agar har kuni 12 betdan o‘qilsa Shu 
ikki kitobni necha kunda o‘qib chiqish mumkin? 
3. Zalda har qatorda 12 tadan 8 qator stul bor. Zalga 30 ta o‘quvchisi bo‘lgan 3- 
sinf o‘quvchilari keldi. Stullar hamma o‘quvchilarga etadimi? 
4. Sut sog‘uvchi ayol 6 sigirning har biridan 12 l. dan sut sog‘di. Shu sut har biriga 
32 l. sut ketadigan 2 ta bidonga sig‘adimi? 
5. Usta 8 soatda 96 ta mashina qismiga ishlov berdi. Uning shogirdi 6 soatda 54 
ta Shunday mashina qismiga ishlov berdi. Usta bir soatda shogirdiga qaraganda 
nechta ko‘p mashina qismiga ishlov bergan? 
6. 5 metr shoyi uchun 1350 so‘m, 4 metr jun gazlama uchun 2480 so‘m to‘lanadi. 
1m. jun gazlama 1 m. shoyidan necha so‘m qimmat? 


73 
7. Ishchilar 6 kunda 72 ta mashina yig‘ish topshirig‘ini olishdi, ular bu ishni 4 
kunda bajarishdi. Ishchilar har kuni topshiriqni qancha oshirib bajargan? 
8. Magazinda uch kunda 1 t. qand sotildi. Birinchi kuni 300 kg. Ikkinchi kuni 
birinchi kunidagidan 2 marta ortiq qand sotildi. Uchinchi kuni necha kilogramm 
qand sotilgan? 
9. Uch daladan 2t . lavlagi olindi: birinchi daladan 1000 kg. ikkinchi daladan unga 
qaraganda 2 marta kam lavlagi olindi. Uchinchi daladan qancha lavlagi olingan? 
10. 
Tegirmonga birinchi kuni 8976 ts. bug‘doy, ikkinchi kuni birinchi kunga
qaraganda 1350 ts. ortiq, uchinchi kuni ikkinchi kundagidan 768 ts. kam bug‘doy
keltirildi. Uchinchi kuni tegirmonga necha tsentner bug‘doy keltirigan? 
11. 
5 kg pahtadan 40 metr gazlama chiqadi. Agar har bitta kuylakka 2 m
gazlama ketsa, 40 ta kuylakka necha kilogramm pahta kerak bo‘ladi? 
12. 
Tomoni 10 metr bo‘lgan kvadrat shaklidagi er maydoniga sabzi 'ekildi. Agar 
har 10 m2 maydonga 12 g urug‘ sepilsa, hammasi bo‘lib necha gramm sabzi 
urug‘i sepilgan? 
13. 
Ikki brigada yo‘lga asfal't yotqizishdi. Bir brigada 5 km yo‘lni, ikkinchi 
brigada undan 2 km 200 m ortiq yo‘lni asfal't qildi. Shundan keyin asfal't 
qilinadigan yana 800 m yo‘l qoldi. _qanday uzunlikdagi yo‘lga asfal't yotqizish 
kerak bo‘lgan? 
14. 
Maktab mehnat darslari uchun ip, gazlama va kaychilar olindi. Ip uchun 700 
so‘m, gazlama uchun undan 950 so‘m ortiq, qaychilar uchun gazlama bilan ipga 
qancha to‘langan bo‘lsa, Shuncha pul to‘landi. Maktab necha so‘mlik harid 
qilgan? 
15. 
Ikki humda 78 l. suv bor 'edi. Bir humdan 12 litr suv olingandan keyin 
ikkala humda teng suv qoldi. Dastlab har humda qancha suv bo‘lgan? 
16. 
Ikki humda 88 litr suv bor 'edi, bir humga 12 litr suv qo‘yilgandan keyin 
ikkla humda baravardan suv bo‘ldi. Dastlab har qaysi humda qancha suv bo‘lgan? 
17. 
Sayohat uchun o‘quvchilar 96 ta non oldilar. Har kuni ular 8 ta nonni 
eyishdi. 10 kundan keyin ularda nechta non qoldi?(Masalani turli usullar bilan 
eching). 
20. 
Tikuvchilik ustahonasi 300 m. jun gazlama oldi. Undan 100 ta bir hil 
kostyum tikish mumkin. 120 m. gazlama ishlatildi. Yana nechta kostyum tikilishi 
kerak? (Masala turli usullar bilan echilsin). 
19. Avtomashinada bir hil bidonlarda 448 l. sut keltirildi. Mashinadan 10 ta 
bidon tushirilgandan keyin unda 128 l. sut qoldi. Har bir bidonda necha litr sut 
bo‘lgan? 
20.Jamoa ho‘jaligi davlatga 3350 t. pahta topshirish majburiyatini oldi. Lekin u 
avval 4200 t. so‘ngra Shu miqdorning 1/10 qismiga qo‘shimcha pahta topshirdi.
Jamoa ho‘jaligi majburiyatini necha tonna oshirib bajargan?


74 
21. Po‘lat va Lolada baravardan pul bor 'edi. Po‘lat sotib olgan narsa lariga 28 
so‘m to‘langandan keyin unda 14 so‘m qoldi. Lolada 'esa sotib olgan narsalariga 
to‘lagandan keyin 9 so‘m qoldi. Lola sotib olgan narsalariga necha so‘m 
to‘langan? 
22. Tikuvchilik ustahonasida 240 metr chit bor 'edi. Har biriga 3 metr chit sarflab 
bir nechta kuylak tikilgandan keyin ustahonada 90 m chit qoldi. Nechta ko‘ylak 
tikilgan? 
23. Magazinga mashinada 200 kg. apel'sin keltirildi. Mashinadan har birida 6 
kg.dan apl'sin bo‘lgan bir nechta yahik tushirilgandan keyin mashinada yana 60 kg. 
apel'sin qoldi. Necha yahik apel'sin tushirilgan? 
24. O‘quvchilar pohodga jo‘nashdi. Ular avval 60 km/soat tezlik bilan 2 soat 
poezdda, keyin 4 km/soat tezlik bilan 3 soat piyoda yurdilar. O‘quvchilarning 
o‘tgan butun yo‘li necha kilometr? 
25. Tikuvchilik ustahonasida dastlabki 6 kunda kuniga 485 tadan ko‘ylak tikildi, 
keyingi 9 kunda kuniga 528 tadan ko‘ylak tikildi. Ustahonada Shu kunlarda nechta 
ko‘ylak tayyorlangan? 
26. Ikki tikuvchi bir hil vaqt iishladi. Shu vaqt ichida birinchisi soatiga 3 tadan 12 
ta yostiq jildi tikdi. Agar ikkinchi tikuvchi soatiga 2 tadan ko‘rpa jildi tikkan 
bo‘lsa, u Shu vaqt ichida nechta ko‘rpa jildi tikan? 
27. Ikki duradgor baravaridan stul remont qilishdi. Birinchi duradgor 6 kun ishlab, 
kuniga 10 tadan stul remont qildi. Ikkinchisi 5 kun ishladi. Ikkinchi duradgor 
kuniga nechtadan stul remont qilgan? 
28. Tegirmonga 472 ts suli, undan 236 ts. Ortiq javdar keltirildi, suli bilan javdar 
qancha bo‘lsa, Shundan 4 marta ko‘p bo‘g‘doy keltirildi. Tegirmonga qancha 
bug‘doy keltirilgan? 
29.Oyoq kiyim korhonsi bir oyda 10 000 juft 'erkaklar, ayollar va bolalar oyoq 
kiyimi tayyorladi. E'rkaklar oyoq kiyimi 2680 juft, ayollar oyoq kiyimi 'erkaklar 
oyoq kiyimidan ikki marta ko‘p. Korhona necha juft bolalar oyoq kiyimi 
tayyorlagan? 
30. Suv osti kemasi 30 km/ soat tezlik bilan yurib, ikki shahar orasidagi masofani 
4 soatda o‘tdi. qaytishda Shu masofani 5 soatda o‘tdi. Kema qaytishda qanday 
tezlik bilan yurgan? 
31. Geologlar 420 km. yo‘l bosmishdi. Ular avval 60 km/ soat tezlik bilan 3 soat 
mashinada yurishdi, keyin qolgan yo‘lni 8 km/soat tezlik bilan otda bosib 
o‘tishdi. Ular qancha vaqt otda yurishgan? 
32.Mototsiklchi belgilangan joyga borguncha 370 km. yo‘l bosdi, yo‘lda u bir 
martagina to‘htadi. To‘htash joyigacha 70 km/ soat tezlikda 3 soat yurdi, qolgan 
yo‘lni 2 soatda o‘tdi. Mototsiklchi qolgan yo‘lni qanday tezlik bilan o‘tdi? 


75 
33. Tikuvchi har kuni baravardan ishlab, 6 kunda 96 ta yostiq jildi tikdi. U
Shunday ish unumi bilan ishlasa, 64 ta yostiq jildini necha kunda tikib bo‘ladi? 
34. Velosipedchi Olmazor qishlog‘idan Bodomzor qishlog‘igacha bo‘lgan 60 km
yo‘lni bir hil tezlikda o‘tdi. U Tolariq qishlog‘igacha bo‘lgan 36 km yo‘lni 3 
soatda o‘tdi. Velosipedchi qolgan yo‘lni qancha vaqtda o‘tgan? 
35. Burgutning uchish tezligi 30 m.s gacha, lochinni uchish tezligi 23 m.s gacha 
etadi. 10 s.da burgut lochindan necha metr ortiq ucha oladi? 
36. Samalyot Moskvadan Vladivostokka 750 km/soat tezlik bilan uchdi. 
Moskvadan Vladivostokkacha 9160 km. Samolyot uchganidan 8 soat keyin
Vladivostokkacha necha kilometr qolgan? 
37. Sayohatchi poezdda 56 km/soat tezlik bilan 6 soat yurdi. Shundan keyin
o‘tganidan 4 marta ortiq yo‘l qoldi . U hammasi bo‘lib qancha yo‘l bosishi kerak 
bo‘lgan? 
38. Sayohatchilar velosipedda 15 km/soat tezlik bilan yo‘l yurishdi. 10 soat 
yurganlaridan keyin ularda o‘tgan yo‘lning uchdan bir qismiga teng masofa 
qolganligi ma'lum bo‘ldi. Sayohatchilar qancha masofani bosib o‘tishlari kerak
'edi? 
39. Il- 86 samalyoti o‘z bortiga 350 yo‘lovchi, Yak-42 samolyoti 'esa faqat 120 
yo‘lovchi olishi mumkin. 5 qatnov davomida Il-86 samolyoti Yak-42 
samolyotidan qancha ortiq yo‘lovchi tashishi mumkin? 
40.Shirkat ho‘jaligi uch oy davomida oyiga 258 ts.dan silos sarfladi. Agar qolgan 
silos oyiga 245 tsentnerdan sarf qilinsa , yana 4 oyga etadi. Shirkat ho‘jaligida 
qancha silos tayyorlangan? 
41. Omborda 340 ts. kartoshka bor 'edi. Ombordan 7 ta mashinada baravardan 
ortib kartoshka olib ketilgandan keyin unda 160 ts. kartoshka qoldi. Har bir 
mashinada qanchadan kartoshka ortib olib ketilgan? 
42. Tikuvchilik ustahonasida bir kunda 320 m gazlamadan ayollar ko‘ylagi va 120 
metr gazlamadan 'erkaklar ko‘ylagi tikildi. Har bir ayollar ko‘ylagiga 4 metrdan, 
har bir 'erkaklar ko‘ylagiga 3 metrdan gazlama ketdi. qaysi biridan ko‘p tikilgan. 
Ayollar ko‘ylagidanmi yoki 'erkaklar ko‘ylagidanmi va necha marta ko‘p?
43. Dam olish bog‘iga o‘quvchilar kuniga 246 tupdan 2 kun va kuniga 336 tupdan 
3 kun ko‘chat o‘tqazishdi. Shundan keyin yana o‘tqazishganidan 5 marta kam 
ko‘chat o‘tqazish qoldi. O‘quvchilar yana qancha tup ko‘chat o‘tqazishlari kerak? 
44. Dushanba kuni 278 ts. meva yig‘ildi, seshanba kuni undan 2 marta kam , 
chorshanba kuni 'esa dushanba kunidagidan 44 ts. ortiq meva yig‘ildi. Shu uch 
kunda necha tsentner meva yig‘ilgan? 
45 Ikki qishloqdan ikki otliq bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi. Uchrashguncha 
birinchi otliq 2 soat, ikkinchi otliq 3 soat yo‘lda bo‘ldi. Birinchi otliq 13 km/soat 


76 
bilan, ikkinchi otliq 12 km/soat tezlik bilan yurdi. qishloqlar orasidagi masofani 
toping? 
46. Temir yo‘l orqali uch kunda stantsiyadan 480 t yuk jo‘natish kerak.Birinchi 
kuni 200 t yuk jo‘natildi, bu ikkinchi kuni jo‘natilgandan 2 marta ko‘p. Uchinchi 
kuni necha tonna yuk jo‘natilgan? 
47. Bir maydondan har biri 50 kg.dan 4 qop kartoshka yig‘ib olindi. Bu 
kartoshkalar har biriga 20 kg.dan qilib yashiklarga joylandi. Nechta yashik kerak 
bo‘lgan? 
48. qishloqdan va shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab velosipedchi va 
mototsiklchi yo‘lga chiqdi. Velosipedchi 14 km/soat tezlik bilan yurdi, 
mototsiklchi 58 km/soat tezlik bilan yurdi. Uchrashguncha velosipedchi 28 km. 
yurdi. Mototsiklchi uchrashguncha qancha yo‘l bosgan? 
49. Oralaridagi masofa 520 km. bulgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab 
ikki poezd yo‘lga chiqdi va 4 soatdan keyin uchrashdi. Bir poezd 60 km/soat tezlik 
bilan yurdi. Ikkkinchi poezd qanday tezlik bilan yurgan? 
50. Oralaridagi masofa 96 km bo‘lgan ikki qirg‘oqdan bir vaqtda bir-biriga qarab 
ikki kema yo‘lga chiqdi. Bulardan biri 26 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 22 
km/soat tezlik bilan yurdi. Kemalar necha soatdan keyin uchrashgan? 
51. qand zavodiga birinchi kuni 633 t, 600 kg, lavlagi, ikkinchi kuni undan 2 marta 
kam lavlagi keltirildi. Agar shakar lavlagining 1/6 qismini tashkil 'etsa, hamma 
lavlagidan qancha shakar olingan? (Lavlagilar massasini kilogramm bilan 
ifodalang) 
52. Oralaridagi mapsofa 846 km bo‘lgan ikki shahardan bir-biriga qarab ikki 
poezd jo‘nadi. Poezdlarning biri 324 km. ikkinchisi 2 marta kam yurgandan keyin 
ular orasida qancha masofa qoladi? 
53. Bul'dozer 10 soat ishlab, 2 km. yo‘lni tekisladi. Bunda u har soatda baravardan 
yo‘l tekisladi. U 3 soatda necha metr yo‘lni tekislagan? 
54. Mashinachi ayol har 10 metr chitdan 3 ta ko‘ylak chiqardi. 50 metr chitdan u 
nechta Shunda ko‘ylak tikishi mumkin? 
55.Ishchi 10 soatda 30 ta mashina qismi yasashi kerak. Lekin ishchi vaqtni tejab, 
bitta mashina qismini 15 minutda yasashga ulgurda . Ishchi tejalgan vaqt hisobiga
rejadan tashqari nechta mashina qismi yasagan? 
56. Bir maydonga 304 ts. ikkinchi maydonga undan 29 ts.ortiq bug‘doy sepildi. 
Birinchi maydonda sepilganiga qaraganda 21 marta ko‘p , ikkinchi maydondan 
'esa sepilganiga qaraganda 24 marta ko‘p hosil yig‘ildi. Ikkala maydondan qancha 
bug‘doy hosili olingan? 
57. Bir haftada taraktor 60 soat , ikkinchisi 55 soat ishladi. Ikkinchi taraktorda
bir hil normada birinchi traktorga qaraganda 35 l.kam yoqilg‘i sarflandi. Har qaysi 
traktorda bir haftada necha litr yoqilg‘i sarflandi? 


77 
58.O‘tqazish uchun 600 tup qo‘yrag‘och va 400 tup chinor ko‘chati keltirildi. Ular 
qatorlarga baravardan o‘tqazildi. Bunda qayrag‘och chinorga qaraganda 5 qator 
ortiq bo‘ldi. Necha qator qayrag‘och va necha qator chinor o‘tqazilgan? 
59. 
Uy qurilishiga 1680 t qurilish materiallari kltirildi. Bu yukning 1/10 qismi 
ohak, 1/12 qismi tsement, qolgani temir. qurilishga necha tonna temir keltirilgan? 
60. 
Parandachilik fermasida 728 ta tovuq , tovuqlarga qaraganda 4 marta kam 
kurka, kurkalarga qaraganda 3 marta ortiq o‘rdak bor. Fermada qancha o‘rdak bor? 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin