261
Qo‘shma fe’l-kesim quyidagicha yasaladi:
1. Modal fe’llar va infi nitivdan:
He
may return soon.
U tezda qaytib kelishi mumkin.
You
must read this book.
Siz bu kitobni o‘qishingiz kerak.
The conference
is to open
tomorrow.
Konferensiya ertaga ochilishi kerak.
I
have to go there.
Men u yerga borishim kerak.
He
can do it.
U buni qila oladi.
2. Infi nitiv yoki gerund va yakka o‘zi to‘liq ma’no bermaydigan
to
begin boshlamoq, to continue davom ettirmoq, to fi nish tugatmoq, to like
yoqtirmoq, to want istamoq, to intend niyat qilmoq, to try harakat qil moq,
to avoid qochmoq, to hope umid qilmoq, to promise va‘da bermoq kabi
fe’llardan yasaladi:
She
began to translate the article.
U maqolani tarjima qila boshladi.
I
have fi nished writing the exercise.
Men mashqni yozishni tugatdim.
He
avoided sitting in the sun.
U quyoshda o‘tirishdan qochdi.
3. Qo‘shma fe’l-kesim oldidan bog‘lovchi fe’l kelgan sifat va infi nitiv-
dan, ba’zan gerunddan yasaladi:
I
am glad to see you.
Men sizni ko‘rishdan xursand-
man.
He
is ready to help her.
U unga yordam berishga tayyor.
This book
is worth reading.
Bu kitob o‘qishga arziydi.
THERE IS BIRIKMASIDA KESIM
1. O‘quvchiga hali noma’lum bo‘lgan shaxs yoki buyumning biror joy da
yoki biror vaqtda mavjudligini ifodalash uchun
bor, mavjud degan ma’noni
beruvchi
there is (are) birikmasi ishlatiladi.
There is (are) birik masi gapning
boshida keladi. Undan keyin ega, undan keyin o‘rin va payt hollari keladi.
Bunday gaplar o‘zbek tilida o‘rin yoki payt hollar bilan boshlanadi va
bor
deb tugaydi:
Dostları ilə paylaş: