G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


PREDLOGSIZ VOSITALI TO‘LDIRUVCHI



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   263
xorijiy t

PREDLOGSIZ VOSITALI TO‘LDIRUVCHI
 (THE INDIRECT OBJECT)
Ba’zi o‘timli fe’llardan keyin ish-harakat yo‘naltirilgan to whom? 
kimga? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ot yoki olmosh keladi. Bunday ot yoki 
olmoshlar predlogsiz vositali to‘ldiruvchilar bo‘lib keladi. Bu predlog-
siz vositali to‘ldiruvchilar bosh kelishikdagi ot yoki obyektiv kelishikdagi 
kishilik olmoshidan yasaladi va fe’l bilan vositasiz to‘ldiruvchining orasida 
joylashadi:
He gave the boy a book.
U bolaga kitob berdi.
I showed him the letter.
Men unga xatni ko‘rsatdim.
Izoh: Ish-harakat yo‘naltirilgan shaxs vositasiz to‘ldiruvchidan keyin predlogli vositali 
to‘ldiruvchi yordamida ham berilishi mumkin: He gave a book to the boy. I showed the letter 
to him.
PREDLOGLI VOSITALI TO‘LDIRUVCHI
(THE PREPOSITIONAL OBJECT)
Predlogli vositali to‘ldiruvchilar ko‘pgina fe’l va sifatlardan keyin ish-
latiladi.
1. Predlogli vositali to‘ldiruvchilar otdan yasaladi:
We spoke about our work.
Biz ishimiz haqida gaplashdik.
He lives with his parents.
U ota-onasi bilan yashaydi.
2. Predlogli vositali to‘ldiruvchi predlogli olmoshdan yasaladi:
He spoke to me yesterday.
U kecha men bilan gaplashdi.
I agree with you.
Men sizning fi kringizga qo‘shi-
laman.
3. Predlogli vositali to‘ldiruvchilar predlogli gerunddan yasaladi:
I am fond of reading.
Men o‘qishni sevaman.
He insists on doing it himself.
U buni o‘zim qilaman deb turib ol-
gan.
Gapda vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lganda, predlogli vositali to‘ldiruvchi, 
vositasiz to‘ldiruvchidan keyin keladi:
I have received a letter 
from my sister.
Men opamdan xat oldim.
I spent a lot of money on books.
Men kitoblarga ko‘p pul sarfl a dim.


269

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin