To‘ldiruvchi (The object) Vositali va vositasiz to‘ldiruvchilar mavjud. Vositali to‘ldiruvchilar
predlogli va predlogsiz vositali to‘ldiruvchilarga bo‘linadi:
I have written a letter (vositasiz
to‘ldiruvchi).
Men xat yozdim.
She gave the student a book (pred-
logsiz vositasiz to‘ldiruvchi).
U talabaga kitob berdi.
I have received a telegram from my brother (predlogli vositali
to‘ldiruvchi).
Men akamdan telegramma ol-
dim.
VOSITASIZ TO‘LDIRUVCHI (THE DIRECT OBJECT) 1. Vositasiz to‘ldiruvchi o‘timli fe’ldagi ish-harakat bevosita o‘tuvchi
shaxs yoki buyumdir. Vositasiz to‘ldiruvchi fe’ldan keyin keladi:
I received a letter yesterday.
Men kecha xat oldim.
2. Vositasiz to‘ldiruvchi otdan yasalgan bo‘ladi:
I have bought a book. Men kitob sotib oldim.
This plant produces tractors. Bu zavod traktorlar ishlab chi-
qaradi.
3. Vositasiz to‘ldiruvchi olmoshlardan yasalgan bo‘ladi:
I met him yesterday.
Men uni kecha uchratdim.
I didn’t see anybody there.
Men u yerda hech kimni ko‘r-
madim.
4. Vositasiz to‘ldiruvchi sondan yasalgan bo‘ladi:
How many books did you
take from the library?
— I took three. Kutubxonadan nechta kitob
oldin giz?
— Uchta.
I have read both books.
I like the fi rst better
than the second. Men har ikkala kitobni o‘qib
chiqdim. Menga birinchisi ik-
kinchisiga qaraganda ko‘proq
yoqdi.
5. Vositasiz to‘ldiruvchi infi nitivdan yasalgan bo‘ladi:
He asked me to do it.
U mendan buni qilishni so‘radi.
6. Vositasiz to‘ldiruvchi gerunddan yasalgan bo‘ladi:
I remember reading about
it before.
Men bu haqda ilgari o‘qi-
ganimni eslayman.