«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Nazariya va
amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Qoldi ko’ngullardin ketib, har qanchakim ranju alam.
Gul-gul yonib, ruxsor ochib, guftoridin durlar sochib,
Kelmas Muqim emdi qochib, ketti qilib chun vahshi ram.
Ushbu g’azalda qo’llangan musajja’ usuli g’azal ohangdorligini g’oyatda kuchaytirib, unga
ayricha joziba va latofat bag’ishlagan. Chuqur mazmun va go’zal badiiy shakl uyg’unligini
ta’minlashga xizmat qilgan.
“Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” darsligi mualliflari fikricha: “Muqimiyning juda ko’p
g’azallari uning tirikligidayoq qo’shiq qilib kuylangan… Bu she’rlarning mavzusi an’anaviy yor
haqida. Uning husni, ya’ni qoshi, ko’zi, yuzi, sochi, qaddi-qomati ta’rifiga bag’ishlangan”.
Muqimiyning ko’proq aynan shu mavzudagi g’azallari qo’shiq qilib kuylangani ma’lum.
Shoirning ana shunday qo’shiqqa aylangan she’rlarining aksariyati musajja’ g’azallar bo’lgan.
U musajja’ g’azallar yozishda kata mahorat egasi bo’lgan. Bu borada u mumtoz she’riy
an’analarni munosib davom ettirgan, takomillashtirgan. Muqimiy g’azallarida badiiy
san’atlardan mahorart bilan foydalanadi. Takrir- mazmunni kuchaytirish, ta’kidlash
maqsadlariga xizmat qiladigan, badiiy so’zning ta’sir kuchini oshiradigan badiiy san’at turi.
Muqimiy devonida boshdan – oxir ushbu san’at asosiga qurilgan g’azallar ham uchraydi.
Takrir san’ati, birinchidan, shoir urg’u bermoqchi bo’lgan fikrni ta’kidlab ko’rsatishga xizmat
qilsa, ikkinchidan, o’quvchining diqqat-e’tiborini muallif ko’zda tutgan asosiy mazmunga
qaratishda alohida ahamiyatga ega. Uchinchidan, bu san’at g’azalda o’ziga xos ohangdorlikni
ta’minlaydi:
Ey yaxshilar, kelayluk bir joyga yig’ilaylik,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
Bu umr ekan baqosiz, dunyoyi dun vafosiz,
O’ynaylik kulaylik, omon bo’laylik.
Xush kechgan dam g’animat, ko’p chekma ranji zaxmat,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
G’amdin qurib majolim, yo’q emdi zarra holim,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
Xalloq bandaparvar, qo’y qilma vahmi mahshar,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
Jo’sh ursa bahri rahmat, jurming tamomi tuhmat,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
Gulbog’larda xurram, borib tur emdi biz ham
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
Ol pardani yuzingdin, yur o’rgulay ko’zingdin,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
|