Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini aniqlash va tasniflash
usullari
Qurbonqul Mavlanqulovich Karimqulov
karimkulov@mail.ru
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti
Ikromjon Esanboevich Uzoqov
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Madraim Xasanovich Sarikulov
Munira Yusupovna Xursanova
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti Olmaliq filiali
Annotatsiya: Maqolada oziq-ovqat mahsulotlarini ekspertiza qilish usullari
tahlil etilgan hamda bojxona ekspertizasini amalga oshirishning sodda usullari
yaratilgan. Orgonaleptika va fizik- kimyoviy usullar bilan oziq-ovqat mahsulotlarini
bir-biridan farqlash usullari hamda TIF TN bo‘yicha tasniflash me’zonlari ishlab
chiqilgan va bojxona amaliyotiga tavsiya etilgan.
Kalit so‘zlar: Bojxona ekspertizasi, oziq-ovqat turlari, oziq-ovqat xavfsizligi,
orgonaleptika va fizik-kimyoviy usullar, TIF TN, kod raqamlari.
Methods of detection and classification of food quality
Kurkulkul Mavluda Karkulov
Karimkulov@mail.ru
Customs Institute of State Customs Committee
Ikromjon Esanbaevich Uzokov
Tashkent Institute of Chemical Technology
Madraim Hasanovich Sarikulov
Munira Yusupovna Hursnova
Almalyk branch of Tashkent State Technical Universities named after Islam
Karimov
Abstract: The article describes methods for examination of food products and
simple methods of customs examination have been created. Methods of
differentiation of orergepticeps and physicochemical methods and classification
criteria for TIF TN have been developed and recommended to customs practices.
Keywords: Customs medicine, food security, food security, orgonomers and
physicochemical methods, TIF TN, code numbers.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
157
O‘zbekiston Respublikasining eksport xajmi yildan yilga oshib bormoqda. Meva
sabzavotlarni etishtirish bo‘yicha mamlakatimizda so‘ngi yillarda bir qancha ijobiy
ishlar amalga oshirildi. Natijada, TIF TNning 07-guruh (sabzavotlar va ildiz mevalar)
tovarlarining eksport hajmi ortdi. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston bu guruh
tovarlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda 7 o‘ringa ko‘tarildi. 2017 yilda
O‘zbekistonning 07- guruh tovarlari eksporti 3,4 mlrd.
AQSH dollarni, 2018 yilda 3,2 mlrd.. AQSH dollarni tashkil etgan. Bu
mahsulotlarni O‘zbekiston asosan Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Afg‘oniston
davlatlariga eksport qiladi. Eksport va import qilingan oziq - ovqat mahsulotlarini
ekspertiza qilish va ularni sifatini aniqlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ekspertiza qilish quyidagi usullar yordamida amalga
oshiriladi: 1. Organoleptika usuli. 2. Laboratoriya (tajriba) usuli. Oziq-ovqat
mahsulotlarining sifatini tekshirishda organoleptik usul katta rol o‘ynaydi. Bu usul
bilan ularning ta’mi, hidi, rangi, konsistensiyasi, tashqi ko‘rinishlari odamning sezgi
organlari yordamida baholanadi. Organoleptik usulning qulaylik tomonlari shundan
iboratki, u ko‘p xarajatlar, kimyoviy reaktivlar, laboratoryaiya asboblarini talab
qilmaydi hamda mahsulotning sifati to‘g‘risida tezda xulosa chiqarish imkonini
beradi. Uning kamchiligi esa, bu usulning sub’ektivligida. Demak, bu mahsulot
sifatiga turli kishilar har xil baho berishlari mumkin. Bundan tashqari organoleptik
usul bilan tovarlarning sifati tekshirilganda ularning sifat ko‘rsatkichlarini raqamlar
bilan ifodalab bo‘lmaydi yoki mahsulotlarning sifati to‘g‘risida butunlay atroflicha
ma’lumot ham olish qiyin. M-n, bu usul bilan mahsulotning biologik qiymatini yoki
uning bezararligini aytish mumkin emas. Biroq mahsulotning sifatiga organoleptik
usul bilan baho berish yuqori malakali, tajribali degustatorlar ishtirokida olib boriladi,
natijada yo‘l qo‘yiladigan xatolar ham shuncha kam bo‘ladi. Ammo shuni nazarda
to‘tish kerakki, sezgi organlarimiz mahsulotning boshqa tekshirish usullari bilan
aniqlash qiyin bo‘lgan va aniqlab bo‘lmaydigan o‘ziga xos xushbo‘y ta’m
xususiyatlarini tezda seza oladi. M-n, choy, kofe va vino mahsulotlari tarkibiga
kiruvchi xushbo‘y hid beruvchi murakkab moddalarni aniqlash juda qiyinligi uchun
organoleptik usul yagona usul hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga organoleptik
baho berishda ta’m bilish xususiyatlari ularning sifatini belgilaydigan asosiy
ko‘rsatkichlardan biridir. Inson organizmida ta’mni sezadigan asosiy a’zo tildir Oziq-
ovqat mahsulotlarining sifatini organoleptik usulda baholash standart talablarida olib
boriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining hidi esa ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Hamma oziq-ovqat mahsulotlari ham ma’lum darajada o‘ziga xos hidga ega.
Ularning hidiga qarab qanday mahsulot, buzilgan-buzilmagan, tozaligi to‘g‘risidagi
ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Mahsulotlarda turli xil hid beruvchi moddalar
aralashmasi murakkab bir xil hid berishi mumkin, m-n, vino, konyak, kofe, choy va
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
158
pishloqlarning xushbo‘y hidi bunga misol bo‘la oladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining
sifatini organoleptik usulda aniqlanganda va davlat standartlari talablari bo‘yicha ham
ularning ta’m va hid ko‘rsatkichlari inobatga olinadi. Bundan tashqari, oziq-ovqat
mahsulotlarining organoleptik usulda aniqlanadigan organoleptik ko‘rsatkichlariga
ularning rangi, tashqi ko‘rinishi, konsistensiyasi ham kiradi. Bu ko‘rsatkichlar
ko‘rish, eshitish va sezish a’zolari yordamida aniqlanadi. Insonning ko‘rish a’zosi
bo‘lgan ko‘z yordamida oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, katta-
kichikligi, rangi, shakli, idishlarga qanday joylashganligi, tiniqligi va shu kabilar
baholanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining konsistensiyasi, tuzilishi hamda harorati
barmoqlar uchida hamda og‘iz boshlig‘i shilimshiq pardasida joylashgan sezgi
orgonlari orqali aniqlanadi. Mahsulotni qo‘l bilan ushlab, uning qattiq yoki
yumshoqligini aytish mumkin yoki mahsulot iste’mol qilinganda til uchi yordamida
darrov ularning harorati haqida xulosa chiqarish mumkin. Ba’zi oziq-ovqat
mahsulotlarining sirtiga biror buyum bilan urib va shundan chiqqan tovushni eshitib
ham shu mahsulotning sifati to‘g‘risida ma’lum bir xulosa qilsa bo‘ladi.
Hozirgi kunda organoleptik usulning aniqlik darajasini oshirish va uni
takomillashtirish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Mahsulotlarga organoleptik
usul bilan baho berishning bir necha usullarya’ni - ball bilan baholash va taqqoslab
baho berish usullari keng qo‘llaniladi. Ball ko‘rsatkichi bilan baho berish, oziq-ovqat
mahsulotlarining sifati asosan 5, 10, 30 va 100 ballik baho bilan tekshiriladi.
Mahsulot sifatini ball orqali baholashda ularning umumiy yig‘indisi sifat
ko‘rsatkichlar bo‘yicha ajratiladi. Misol sifatida sariyog‘ning sifatini 100 balli baho
bilan tekshirishni ko‘rib chiqamiz. Bu usul bo‘yicha sariyog‘ning asosiy
ko‘rsatkichlariga quyidagicha ballar beriladi: Ta’mi va hidi - 50, Konsistensiyasi - 25,
Rangi - 5, To‘zlanishi - 10, O‘rab-joylanishi - 10, jami -100 ball. Agar sariyog‘ning
umumiy ball ko‘rsatkichi 88 dan 100 ballgacha bo‘lsa - oliy navga, 80 dan 87 gacha
bo‘lsa - 1 navga va nihoyat, 80 dan kam bo‘lsa - davlat standart talablariga javob
bermaydi. Lekin umumiy balldan tashqari sariyog‘ning oliy navi ta’mi va hidi
bo‘yicha 41 balldan, 1 navi esa 37 balldan kam baho olmasligi talab etiladi. Oziq-
ovqat mahsulotlarini ball berish tartibining qulayligi shundan iboratki, mahsulotdagi
har bir kamchilik tegishli ball bilan baholanadi. Ko‘rsatkich uchun belgilangan
umumiy ball sonidan olib tashlanadi. So‘ngra davlat standartidagi maxsus jadvaldan
qancha ballni olib tashlash kerakligi topiladi. Bundan tashqari, tovarlar sifatini
baholashning sotsiologik (so‘rovnoma o‘tkazish) usuli ham mavjud. Sotsiologik usul
deb oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini xaridorlar fikriga ko‘ra
aniqlashga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |