sodiy, siyosiy, ma’naviy ahvolni yoritish, bu davlatda yaratilayotgan qulaylik hamda imkoniyatlarni tahlil etish, sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligi sohasidagi salohiyatini yoritib berish, bu davlatning xalqaro maydondagi o’rnini
ko’rsatib berish, shu bilan birga, bizning yurtimiz bilan o’rnatilgan o’zaro iqtisodiy,
ijtimoiy, ilmiy ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi hamkorliklarini yoritib berishga va bu
holatni tahlil qilishga harakat qildim. Bundan ko’zlangan maqsad esa, jahonning
rivojlangan davlatlarining bosib o’tgan yo’llarini tahlil etish, ulardagi innovatsiya-
larni, ilmiy-texnikaviy yutuqlarni o’zimizda joriy etishning yurtimiz rivojiga
ta’sirini ko’rsatib berish; ularning rivojlanish sohasida olib borilgan ishlarini
o’rganib, yutuqlarini o’zimizda qo’llash va kamchiliklarini chetlab o’tib yanada
yaxshiroq natijaga qisqa vaqtda erishish imkoniyatini ko’rsatib berishdan iborat.
Germaniya haqida umumiy ma’lumot Germaniya Federativ Respublikasining poytaxti Berlin shahridir. Rasmiy tili -nemis
tili. Hukumati Parlamentlik Respublikasi. Germaniya imperiyasining birlashuvi
1871-yil 18-yanvarda; G’arbiy va Sharqiy Germaniyaning birlashishi esa 1990-yil
3-oktabrda bo’lib o’tgan. Maydoni 357 021 kv. km. Aholi soni 80 mln atrofida.
YaIMsi 4.2 tln AQSH dollari atrofida(2017-yil). Aholi jon boshiga 50 800 AQSH
dollari. 2017yildagi iqtisodiy o’shish 2.5%ni tashkil etadi. Pul birligi Yevro.Ger-
maniya parlamentar respublika. Siyosiy-ma’muriy tuzilishi federatsiya shaklida
bo’lib, 16 federal yerlardan–Baden-Vyurtemberg,Bavariya Berlin, Brandenburg,
Bremen, Gamburg, Gessen,Meklenburg-OldPomeraniya,Quyi Saksoniya, SHimoliy
Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya Angalt, Tyuringiya va SHlezvig-Gol-
shteyndaniborat
.
Amaldagi konstitutsiyaga ko’ra federativ respublika. Davlatbosh-
lig’i– federal prezident. Ijro etuvchi hukumatni federal kantsler boshqaradi.Qonun
chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata:Bundesta va bun-
destratdan iborat. Har bir yerning o’z konstitutsiyasi, parlamenti vahukumati
mavjud.
2
Germaniya (nem.Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesre-
publik Deutschland)— Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari
sohilida joylashadi. Quruqlikda u Niderlandiya, Belgiya, Luksemburg, Fransiya,
Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh.