Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti


Germaniya birinchi jahon urushi davrida



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/22
tarix13.03.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#87604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti

Germaniya birinchi jahon urushi davrida. 20-asr boshlariga kelganda sanoat 
rivoji boʻyicha Germaniya Yevropada birinchi oʻrinni egalladi. Birinchi jahon uru-
shiga tayyorgarlik koʻrayotgan Germaniya hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini 
buzib, Fransiyani yakkalab qoʻymoqchi boʻldi. Bu narsa amalga oshmadi, aksincha, 
1907-yil Fransiya, Rossiya va Angliya birlashib, Antanta deb ataladigan ittifoq 
tuzishdi. Oʻz harbiy qudratiga ishongan hamda Angliya Rossiyani qoʻllamaydi deb 
oʻylagan Germaniya birinchi jahon urushini boshlab yubordi. 1914-yil 1-avgustda 
Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4-avgustda esa An-
gliya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1917-yil AQSh Antanta tomonida turib 
Germaniyaga qarshi urushdi. 1918-yilning bahorida Germaniya armiyasi gʻarbga 
yurish qildi, biroq magʻlubiyatga uchradi. Sentyabrda esa ingliz-fransuz qoʻshinlari 
tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918-yil 5-oktyabrda sulh soʻrab, Antantaga 
murojaat qiddi. 1918-yil 11-noyabrda Kompyenda yarash ahdi tuzildi. 9-noyabrda 
Berlinda qoʻzgʻolon koʻtarilib, monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Germaniya 
respublika boʻldi. 1919-yil fevralda Veymar shahrida chaqirilgan taʼsis majlisida 
ishlab chiqilgan Germaniya Respublikasi (Veymar respublikasi) konstitutsiyasi 31-
iyulda qabul qilindi. Germaniya burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. 
Chet el, ayniqsa AQSh sarmoyasi Germaniyaning harbiy va sanoat iqtisodiyotini 
qayta tiklash imkonini berdi. Veymar respublikasi reaksion tusga kira bordi. 1929-
yilda boshlangan jahon iqtisodiy boʻhroni Germaniya iqtisodiyotiga katta taʼsir 
qildi. Bu sharoitda natsionalsotsialistik partiya (1919-yil tuzilgan) faollasha bordi. 
1932-yil mart—apreldagi prezident saylovida Adolf Hitler 13 mln .dan ortiq ovoz 
oldi. Oʻsha yil noyabr oyida hokimiyat natsional-sotsialistlar qoʻliga oʻtdi. 1933-
yilda fashistlar diktaturasi oʻrnatildi. A. Hitler reyxskansler, keyinchalik esa davlat 
boshligʻi boʻlib oldi. Shu davrdan boshlab mamlakatda terror rejimi oʻrnatiddi. An-
tifashistlar qattiq taʼqib ostiga olindi. 1935-yil umumiy harbiy xizmatjoriyqilindi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin