bo‗lishi bilan zaruriy aloqada bo‗lgan belgilardan) farq qiladi. Predmet to‗xtovsiz harakatda,
taraqqiyotda bo‗lganligi uchun vaqt o‗tishi bilan uning muhim bo‗lgan belgisi nomuhim bo‗lgan
belgiga yoki aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim ahamiyatga ega bo‗lsa,
nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmet o‗zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar
predmetning umumiy va individual belgilari bo‗lishi mumkin. Masalan, «G‗afur G‗ulom»
tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, shoir) bilan bir qatorda, individual muhim
belgilari (xususan, «Sen etim emassan» she‘rining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e‘tibor berish zarur. Sezgi,
idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan,
o‗zimiz yozib o‗tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lishimiz
mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo‗lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol
obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o‗zida konkret qalamlarning barchasini
qamrab
olgani holda, ularning har biriga xos bo‗lgan individual belgilarni tashlab yuborib,
umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan,
masalan, kitobdan farq qildirib turadigan maxsus belgilar bo‗lib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak, uni to‗laligicha aks ettira
olmaydi. Bu ma‘noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin,
tushuncha predmetning muhim belgilarini in‘ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy
bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to‗laroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o‗laroq, inson miyasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri aks
etmaydi. U ma‘lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar
taqqoslash, tahlil, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.
Taqqoslash yordamida predmetlar o‗zaro solishtirilib, ularning o‗xshash,
umumiy tomonlari va
bir-biridan farq qiluvchi individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash tahlilni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo‗lmaydi. Ular u
yoki bu xossasiga ko‗ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. Tahlil
yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida
o‗rganiladi.
Sintez tahlilga teskari usul bo‗lib, u tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran
birlashtirib, predmetni bir butun holga keltirishdan iborat. Sintez bo‗lmasa predmet haqida yaxlit
fikr hosil qilib bo‗lmaydi. Tahlil va sintez uzviy bog‗liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va
individual belgilarining
muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa
abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‗ra sinflarga
birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish
imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so‗z bilan uzviy bog‗liq. Ular o‗rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til
o‗rtasidagi bog‗lanishning konkret tarzda namoyon bo‗lishidir.
Tushunchalar so‗z va so‗z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan, «talaba», «falsafa
fakulteti», «O‗zbekiston milliy universiteti» va shu kabilar so‗zlardan iborat. Lekin bundan
tushuncha va so‗z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil
tillarda, ba‘zan bir tilda ham turli xil so‗zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim
hodisalari so‗z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi. Shuni ham
aytish lozimki, so‗zning ko‗p ma‘noga ega bo‗lishi ba‘zan fikr yuritish
jarayonida tushunchalarni
aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va texnikada ko‗proq terminlardan
foydalaniladi. Termin qat‘iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‗z bo‗lib, muayyan ilmiy bilish
sohasida bir xil ma‘noda ishlatiladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi
Tushuncha o‗zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan
predmetning muhim belgilari to‗g‗risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining
mazmunini fanning muhim belgilari, ya‘ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi,
predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi ob‘ektiv chin
(haqiqiy) bilimlar tizimidan iborat bo‗lishi, dunyoqarashning shakllanishida
ishtirok qilishi va
shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi esa, unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‗indisini aks ettiradi. Masalan,
yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni:
matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‗zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‗liq bo‗lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi
o‗rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning
hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha,
hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi.
Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»qa oid bo‗lish belgisini qo‗shish bilan
hajm jihatidan undan torroq bo‗lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‗tiladi.
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq
bo‗lgan «ijtimoiy ong shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‗lib, boshqa
ijtimoiy ong shakllarida, masalan, huquqiy ongda bo‗lmagan spetsifik belgilar tushuncha
mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
Dostları ilə paylaş: