3
K I R I S H
TIL VA NUTQ
Savol va topshiriqlar
1. Til deb nimaga aytiladi?
2. Nutq haqida bilganlaringizni gapirib bering.
3. O‘zbek tili nima uchun bizga ona tili sanaladi? Shu haqda bahs-
lashing.
1-mashq.
Matnni o‘qing. Dunyodagi tillar va ular orasida o‘zbek tilining
tutgan o‘rni haqida bahslashing.
Alisherning qalbiga kirmoqchiday, tikilib qarardi tog‘asi.
Fors shoirlari yuksak tuyg‘ular, teran fikrlar ila to‘la ajib she’rlar
yaratmishlar. Bizning turkigo‘y
shoirlar ham ularga ergashib,
forsiy she’rlar ijod qilishni odat qilib olmishlar. Turkiston o‘lka-
miz vodiylari, sahrolari keng, tog‘lari buyuk, aholisi turk –
o‘zbekdur. O‘zimizga xos odatlarimiz, an’analarimiz, qo‘shiq-
larimiz, kuylarimiz, dostonlarimiz, ertaklarimiz bor. Bular –
cheksiz boyligimiz. Ayniqsa, tilimiz go‘zal, shirin va rangli.
Jiyan, o‘z yo‘lingni topsang bas! (
Oybek)
♦
♦
♦
♦
♦
2-mashq.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobidan olingan
parchani o‘qing. Undagi asosiy g‘oya haqida so‘zlang.
... Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning O‘rta
Osiyo sha-
roitida jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyat
kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini
qo‘llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘diradi. Shu
ma’noda, xalqimizning turmush
va tafakkur tarziga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming
yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki
hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir
qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz.
?
4
Misol uchun tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat,
mehr-shafqat,
qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-
mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan
tarjima qilishning o‘zi mushkul bir muammo.
Shuni aytish lozimki, bu tushunchalar
kimdir shunchaki
o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar
emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning
dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga
kelgan, ong-u shuurimizdan
chuqur joy olgan buyuk qad-
riyatlarning amaliy ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: