17
MUSTAQIL SO‘Z TURKUMLARI
HAQIDA MA’LUMOT
OLMOSH SO‘Z TURKUMI VA
UNING TASNIFI
1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z-
larning qaysi so‘z o‘rnida qo‘llanilganini aniqlang.
1. Qizchaga biror narsa bo‘lganini payqagan Alisher bor kuchi
bilan
unga qarab yugurdi. (
L. Bat) 2. Hamid Olimjon o‘z she’riyatida
shunday kamolot darajasiga erishadiki,
u so‘zdan tanbur torlaridek
turli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi. (
N. Ka-
rimov) 3. Olim musobaqada g‘olib chiqdi.
Bu hammamizni qu-
vontirdi.
2-topshiriq. Berilgan gaplarda takrorlangan so‘zlar nimaga olib
kelyapti? Ularni qaysi so‘zlar bilan almashtirsa, to‘g‘ri bo‘ladi? O‘z
nutqingizda shu kabi so‘zlardan foydalanasizmi?
Lirika
shoir qalbining yilnomasidir.
Shoir o‘z qalbida kechgan
jarayonlarni aks ettirish orqali
o‘z qalbining tarixini yaratadi. Shoir
zukko va zakiy inson bo‘lganligi sababli hatto
shoirning shaxsiy
tuyg‘ulari harakatida ham keng kitobxonlar uchun ahamiyatli
allaqanday nurli qirralar bo‘ladi.
Shoir lirikasidagi ana shu qirralar
hali ham porloqdir. (
N. Karimov)
Dostları ilə paylaş: