13
SON VA RAVISH SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHA
O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Savol va topshiriqlar
1. Sonlarga egalik va kelishik qo‘shimchalarini qo‘shib ko‘ring.
2. Sodda, qo‘shma va juft sonlarga misollar ayting.
3. Sonlarning imlosi haqida so‘zlang.
4. Ravishning qanday ma’no turlari bor?
5. Ravishlarning yasalishi haqida so‘zlang.
6. Sodda, qo‘shma, juft va takroriy ravishlarga misollar keltiring.
29-mashq.
Matnni o‘qing. Sonlarning ma’no turlarini aniqlang.
Muhammad al-Xorazmiy 873-yilda Xorazmda tavallud
topgan. U algebra va geometriya, geografiya kabi fanlarning
rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Muhammad al-Xorazmiyning «Al-jabr» kitobi uch bo‘lim-
dan iborat. Unda oltmishdan ortiq murakkab masalalarni
tenglama yordamida yechish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Asar 1145-yili R. Chester tomonidan lotin tiliga tarjima
qilingan. «Al-jabr» so‘zi «algebra», Al-Xorazmiy esa «algoritm»
deb atalgan.
(S. Ahmedov)
Dostları ilə paylaş: