21
ngizga g‘ubor tushmasin. (
Mirtemir) 7. Qishloq allaqachon
uyg‘ongan. Har qaysi hovlining burchagida tunning baxmal
pardasini parchalab o‘t yaltiraydi. (
O‘. Hoshimov) 8. O‘sha
iliq bahor kuni mavlono Qozizoda Rumiy uning peshanasi-
dan o‘pgan edi. (
O. Yoqubov)
47-mashq.
Matnda qo‘llangan ko‘rsatish olmoshlarini izohlang.
Kitoblar – insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki, mislsiz
xazinasi. Undan har birimiz foydalanishimiz, aqlimizni
xohlaganimizcha uning dur-u javohirlari bilan to‘ldirishimiz
mumkin. Undan kuch-quvvat olish, ma’naviyatimizni boyitish
imkoniga egamiz. U shunday mo‘jizaviy xazinaki, qancha
olsangiz ham bir qatrasi kamaymaydi. Bu xazinaning kaliti qo‘l
yetmas joyga ilingan emas. Uning kaliti – mutolaa. Bu kalit
doimo sizning ixtiyoringizda. Faqat kutubxonaga kirishga xo-
hish bo‘lsa bas. (
D. Matkarimova)
48-mashq.
Ajratib ko‘rsatilgan olmoshlarni izohlang, ko‘rsatish ol-
moshlarini aniqlab, ular ishtirokida qayta gaplar tuzing va yozing. Tagiga
chizilgan gapni davom ettiring.
Dostları ilə paylaş: