KISHILIK OLMOSHLARI 1-topshiriq. Men, sen, u, biz, siz, ular olmoshlarining har biri
ishtirokida gaplar tuzing.
2-topshiriq.Gap ichida keltirilgan olmoshlarning qaysi biri ma’-
nosi bilan bir xil, qaysisi ma’nolari bilan farqlanishini izohlang.
3-topshiriq.Keltirgan misollaringizda olmoshlarning qanday gap
bo‘lagi vazifasida kelayotganini aniqlang.
?
24
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u, ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular ko‘plik ma’nosini bildiradi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi. Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda, kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan: Mening uyim o‘rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdim o‘rniga Biz g‘olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi. Masalan: Sen kelding o‘rniga Siz keldingiz, U keldi o‘rniga Ular keldilar. Siz hurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha ko‘plik ma’no- sini ifodalash uchun unga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: Sizlarga doimo baxt yor bo‘lsin. 52-mashq. Berilgan jadvalni kataklarga mos olmoshlarni qo‘yib,