Verska(1 128) 2017 yil p65


Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu
olmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan bu olmoshlar og‘zaki
nutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinishi va shunday
yozilishi mumkin.
Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish,
o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda,
«n» tovushi orttiriladi: shu+n+ga, bu+n+da, bu+n+
imosha+n+ga kabi.
50-mashq.
 Quyidagi olmoshlar ishtirokida gaplar tuzing.
Bu, shu, o‘sha, mana bu, mana shu, ana u, ana shu.
!


23
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rsatish olmoshlari deb qanday olmoshlarga aytiladi?
2. -cha qo‘shimchasini u, bu, shu olmoshlariga qo‘shing va sodir
bo‘layotgan tovush o‘zgarishi haqida so‘zlab bering.
3. Ana shu, mana shu olmoshlarining talaffuzi va imlosi haqida
so‘zlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
51-mashq.
 Uyga vazifa. O‘qing. Ko‘rsatish olmoshlarini topib, ma’nosini
aytib bering. Ular tarkibidagi tovush o‘zgarishlarini tushuntiring. Ajratilgan
gap bo‘yicha bahslashing.
1. Siz bolalik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang.
(Abdulla Qahhor) 2. Men xalq oldida sizning iltimosingizga
shunday javob bermoqqa majbur bo‘ldim. (Oybek) 3. U bun-
day jur’atni va hayotiy tasavvurni eng avval ota-onasining
muhabbatidan olishi kerak edi. (P. Qodirov) 4. – Bunaqa narsa
menga ta’sir qilmaydi, – dedi Mastura. (Abdulla Qahhor)
5. Shunaqa gaplardan qachon qutulamiz? (Abdulla Qahhor)
6. Kitobi bor uyning oftobi bor. Bunday uyning ostonasidan
jaholat hatlamaydi. (Qo‘chqor Norqobil) 7. O‘sha-o‘sha bujur
tol. Shoxchalarida hanuz qushlar chug‘urlashyapti. (Isajon
Sulton)
8. Tinchlik deya yurak-bag‘ri kuyuk eldir bu,
Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu,
O‘tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu,
Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagil sen!
(Iqbol Mirzo)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin