27
3. O‘zni
sezib pahlavonday, ulg‘ayib zo‘r kuchga to‘ldim, o‘zim
xohlab, askar bo‘ldim. (
Dilshod Rajab) 4. Rostini aytsam, o‘zim
ham unchalik yomon bola emasman. (
X. To‘xtaboyev) 5. O‘zi
dumaloq, Qor kabi oq (tuxum). 6. Baxtsizliging sirini bosh-
qalardan emas, o‘zingdan izla. Hammadan avval o‘zingga
hisob ber. 7. O‘zini hurmat
qilmagan odamdan yaxshilik
kutma. (
«Otalar so‘zi») 8. Ko‘rmagaysiz o‘zini, Eshitasiz so‘-
zini (
radio).
♦
♦
♦
♦
♦
58-mashq.
O‘zlik olmoshini qatnashtirib gaplar tuzing. Tuzgan
gaplaringizdagi o‘zlik olmoshlari o‘rniga kishilik olmoshlarini qo‘yib
ko‘ring.
59-mashq.
Tarkibida o‘zlik olmoshi qo‘llangan topishmoqlarga misol-
lar ayting.
N a m u n a: O‘zi pishiq,
Burni
qiyshiq (no‘xat
).
Savol va topshiriqlar
1. O‘zlik olmoshi deb nimaga aytiladi?
2. O‘zlik olmoshi ishtirokida gaplar tuzing.
3. O‘zlik olmoshini qaysi olmoshlar o‘rnida ishlatish mumkin?
60-mashq.
Uyga vazifa. O‘qing. Gaplarda qo‘llangan o‘zlik olmoshining
ma’nolarini izohlab bering.
1. O‘zining ovozi o‘ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi.
(
Abdulla Qahhor) 2. O‘zim ham hayronman. (
Cho‘lpon)
3. Qimirlamang, biroz o‘zingizga keling, –
dedi yigit mehri-
bonlik bilan, – uyingizga o‘zim kuzatib qo‘yaman. (
S. Zun-
nunova) 4. Qurvonbibi fotiha to‘yidan keyin biroz o‘ziga kelgan
edi. 5. Bu ishlarni qilgan o‘zi. (
Cho‘lpon)
Dostları ilə paylaş: