3-topshiriq. Berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning
qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlang. Ularning ma’nolarini
izohlang.
1. Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. 2. Toshkentning qayeriga qa-
ramang, hashamatli binolar qad rostlamoqda. 3. Kim nayzani uzukdan
o‘tkazsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. (Ertakdan) 4. Bu yer sherlar makoni.
(Izzat Sulton) 5. Shuncha qalamni nima qilasan?
2 – Ona tili, 7-sinf
18
!
Kishilik olmoshlari
men, sen, u; biz, siz (sizlar), ular
O‘zlik olmoshi
o‘z
Ko‘rsatish olmoshlari
bu, shu, u, o‘sha, ana, mana, ma-
na bu, mana shu, manavi, anovi
So‘roq olmoshlari
kim? nima? qayer? qanaqa? qaysi?
qalay? qancha? necha? nega?
Belgilash olmoshlari
hamma, barcha, bari, har bir, har
nima, har narsa, har qanday, har
qaysi, ba’zi
Bo‘lishsizlik olmoshlari
hech kim, hech narsa, hech qachon,
hech qanaqa, hech qaysi
Gumon olmoshlari
kimdir, nimadir, allakim, allaqan-
day, qaysidir, allanarsa, allaqan-
cha, allaqaysi
Olmoshlar
Turlari
Barcha mustaqil so‘z turkumlari, so‘z birikmasi va
gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishora
qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh hisob-
lanadi. Masalan: Kitobni ko‘ p o‘ qisangiz, undan ko‘ p
hikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin.
Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‘zi (ot) o‘rnida,
ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo‘ lsin gapi
o‘rnida qo‘llanilgan.
Dostları ilə paylaş: |