GULNOZA ESHANKULOVANING
“Boshlang'ich ta'lim tabiiy fanlarning tamoyillari va qonuniyati.Boshlangich sinf o'quvchilarida biologiya,geografiya,fizikaga,oid tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari” mavzusida --- da ochiq
Mavzu: Boshlang'ich ta'lim tabiiy fanlarning tamoyillari va qonuniyati.Boshlangich sinf o'quvchilarida biologiya,geografiya,fizikaga,oid tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni yangi atamalar va tushunchalar,tabiatda geografiya,biologiya,fiziaga oid tassavvurlarni shakllantirish,undagi o’zgarishlar,fasllarning asosiy belgilari bilan tanishtirish,qushlar,hasharotlar ustida kuzatish ishlari olib borishga o’rgatish,har bir faslning oz’gacha tarovati borligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Ona Vatan ,ona tabiat haqidagi tushunchalarini kengaytirish,go’zallikni his etishga,uni asrab-avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning og’zaki nutqini,fikrlash qobiliyatini o’stirish,dunyoqarashini kengaytirish,ularning lug’at boyligini oshirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Suhbat, savol-javob, tushuntirish.
Darsning jihozlari: mavzu boyicha tarqatma rasmlar, darslik, AKT
Dars shiori: Tabiat – o'z onamiz,
Uni doim sevamiz.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy davr.
a) salomlashish
b) o’quvchilar davomatini aniqlash.
d) she’riy daqiqa o’tkaziladi
O’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish.Guruh nomlari tabiat hodisalari nomi bilan nomlanadi.Sinf doskasida kuz manzarasi hosil qilinadi.
-Ayting- chi,bolalar,hozir o’lkamizda qaysi fasl?
-Hozir o’lkamizda kuz fasli.
-Keling,kuz fasli haqida suhbat tashkil etamiz.
-Hozir o’lkamizda kuz fasli.Kuzda kunlar asta-sekin soviy boshlaydi.Bog’larda mevalar g’arq pishadi.Qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadi.Daraxlarning barglari sarg’ayib asta to’kila boshlaydi.Tez-tez yomg’ir yog’adi. Dalalarda paxtalar ochiladi.Ertalab –kechqurun shudring tushadi.Polizlarda qovun-tarvuzlar pishib yetiladi.
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O'tilgan mavzular yuzasidan guruhlarga “Tezkor savollar” beraman.
Yomg’ir guruhiga:
2023–yil qanday yil deb e’lon qilindi?
Jonli tabiatga misollar keltiring.
Moddalar qanday holatda bo’ladi?
Shudring guruhiga:
1.Harakatlar strategiyasi necha yo’nalishdan iborat?
2. Jismlar nimalardan iborat?
3. Kuz fasli qaysi oylardan iborat?
Shamol guruhiga:
Kuz faslida qanday bayramlar nishonlanadi?
Jonsiz tabiatga misollar ayting.
Mis,oltin,tuz,suv,shakar bular …………..
Tabiiy jismlarga misollar keltiring.
O’quvchilar tezkor savollarga javob beradilar.
O’tgan mavzu bo’yicha guruhlarga topshiriqlar beriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Boshlang'ich ta'lim tabiiy fanlarning tamoyillari va qonuniyati.Boshlangich sinf o'quvchilarida biologiya,geografiya,fizikaga,oid tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari.
Geografiya fani, uning tarmoqlari, rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari bilan tanishadilar, geografik kashfiyotlar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu bo‘limda o‘quvchilar e’tiborini geografiyani rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan O‘rta Osiyolik olimlarga, xususan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Boburlarning ishlariga qaratish lozim. Shu bilan birga geografiyaning, geografik bilimlarning xalq xo‘jaligini yuritishda, ekologik sharoitni yaxshilashdagi, tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyatini o‘quvchilar tushunib olishlari lozim. O‘quvchilar geografik bilimlar qanday to‘planishi to‘g‘risida, hozirgi zamondagi tadqiqotlar to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishlari kerak
Biologiya fani boyicha uni tabiatni organishi tabiatdagi jonli mavjudotlarni yil fasllarini odam organizimini organishi haqida tasavvurga ega boladilar fizika orqali esa tabitdagi jismlarni harakatlari shuningdek bu 3 ta fan bir biriga bog'liqligini organishadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’lkamizda har yili qaysi fasllar almashinib
Quyoshning bizga qanday ahamiyati bor?
Fasllarning almashinib turishiga nima sabab bo’ladi?
O’quvchilar bergan javoblari umumlashtiriladi.
V.O’quvchilarni rag’batlantirish.
Guruh sardorlari guruhlari to’plagan rag’batlarini hisoblab,jamlaydilar.G’olib guruh aniqlanadi.
VI. Uyga vazifa:
Tabiatdagi o'zgarishlar haqida yozib kelish.
Dostları ilə paylaş: |