49
!
4 –
Ona tili, 7-sinf
99-mashq.
Quyidagi birikmalarda III shaxs egalik qo‘shimchalarining
vazifasi haqida fikr yuriting. O‘zingiz ham shu kabi misollar keltiring.
Alisher Navoiy bog‘i, o‘qish kitobi, Toshkent shahri, Do‘stlik
tumani,
Jizzax viloyati, Mustaqillik bayrami.
Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nom-
larida qo‘llangan III shaxs egalik qo‘shimchasi shaxsga
qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan
ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday
birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanil-
maydi. Masalan: Bobur bog‘
i; Orol dengizi.
100-mashq.
Ko‘chiring. Egalik qo‘shimchalarining tagiga chizing.
1. Ena buvining xayoli allaqayoqlarga borib keldi. (
G‘afur
G‘ulom) 2. Kimyogar ba’zi ilmlar haqida
suhbatlashgandan keyin
uning zehniga, ma’lumotining kengligiga taajjublanganini
yashirmadi. (
Oybek) 3. Oradan ikki kun o‘tgandan keyin
kechqurun Tesha Saidiyning hujrasiga keldi. (
Abdulla Qahhor)
4. To‘ra ko‘zidan
tilla oynagini olib, stol ustiga qo‘ydi va stol
o‘rtasida yoyilib yotgan gazetaga qaradi. (
Cho‘lpon) 5. Yuzim-
dagi yomg‘ir tomchilarini
yengim bilan sidirib, tepamga
qaradim. (
O‘. Umarbekov)
-i, -si egalik qo‘shimchasi bir qator so‘zlarda qa-
ratqich kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanmaydi. Bunday
Dostları ilə paylaş: