51
104-mashq.
Maqollarni o‘qing. Egalik qo‘shimchalarini topib,
vazifasini tushuntiring. Mehnat haqidagi maqolni izohlang.
1. Bo‘zchi bilganin to‘qir, Baxshi bilganin o‘qir. 2. Boqqaning
ikki echki, O‘shqirganing yer tebratar. 3. Mulla bilganin o‘qir, To-
vuq ko‘rganin cho‘qir. 4.
Mehnat qilib topganing – Qand-u
asal totganing. 5. Bilganingni eldan ayama. 6. To‘g‘ri gap tug‘-
ganingga yoqmaydi. 7. Chin do‘st tug‘ishganingdan afzal.
105-mashq.
Nuqtalar o‘rniga egalik qo‘shimchalaridan mosini qo‘ying
va ularning gapda tutgan o‘rnini izohlang.
1. Ahyon-ahyonda polizdan qovunlarning tars-turs yorilgan...
eshitilyapti. (
Murod Xidir) 2. Hammadan ham qizig‘i qaytish...da
bo‘ldi. Dadam bizni «Bir dengiz sayri qilinglar» deb,
havorang
kemaga tushirdi. Qaytayotgan...da tol novdalariga ikkitadan
baliqni ildi-da, sovg‘a qildi. (
Hakim Nazir) 3.
Xolida maktab
kiyimi kiygan...dan so‘ng, chindan ham bo‘yi cho‘zilib qolganga
o‘xshab ko‘rindi. (
S. Anorboyev) 4. Turnalar uzoqlashib ko‘zga
ko‘rinmay ketgan...dan so‘ng o‘zicha hayron bo‘ldi. «Ularning
dam arqondek cho‘zilib, dam g‘alvirdek yoyilib uchish...ning
sababi nimada ekan-a?» deb o‘yladi. (
O. Husanov) 5. Haqi-
qiy inson o‘zidan boshqalarning tashvishi bilan yashash... ke-
rak. (
Gazetadan)
Dostları ilə paylaş: